Мавзу: Куръони Каримдаги дуо


Duoning qabul bo’lish shartlari va odoblari


Download 402.5 Kb.
bet5/14
Sana17.06.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1530462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Duo haqida nusxa

Duoning qabul bo’lish shartlari va odoblari.

Imom Jaziriy (rohmatullohi alayh) o’z asarlarida duolar qabul bo’lishining quyidagi shartlarini zikr qilganlar:



  1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo’lmasligi lozim.

  2. Duo paytida ixlosli bo’lishi zarur.

  3. musulmonlarga qarshi bo’lmasligi kerak.

  4. kiyimlari g’oyat toza bo’lishi darkor.

  5. tahoratli bo’lishi lozim.

  6. qiblaga yuzlangan holda qilishi zarur,

  7. tiz cho’kib o’tirgan holda duo qilsin.

  8. avval nafl namozi o’qimog’i darkor.

  9. xayr-ehsonlar qilishi kerak.

  10. kambag’allar va ilm toliblarini xursand qilsin.

  11. duoni Alloh taologa hamd-sanolar bilan boshlamog’i lozim.

  12. Hazrati payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ga, barcha nabiylarga, as’hobi kiromga salovot-durudlar aytmog’i zarur.

  13. Eng afzal salovot – namozdagi “Allohumma solli”, “Allohumma barik” ni qancha ko’p o’qisa, duosi shuncha tez qabul bo’ladi.

  14. qo’llarini ko’ksi barobar ko’tarib, hovuchlarini ochib, kaftlarini birlashtirib duo qilmog’i darkor.

  15. duo odobiga rioya qilmog’i kerak.

  16. Alloh taologa xushu’ va xuzu’ bilan yolbormog’i lozim.

  17. Alloh taoloning go’zal ismlari (Asmai husna)ni o’qib, tilagini tilamog’i zarur.

  18. Xafif (muloyim) ovoz bilan Alloh taologa yolbormog’i kerak.

  19. gunohlarni e’tirof etib, Allohdan afv va mag’firat so’rashi darkor.

  20. payg’ambarlardan vorid bo’lgan sahih duolarni o’qimog’i lozim.

  21. Duolarni takror-takror aytmog’i lozim.

  22. tilagini qalb huzuri bilan so’rasin.

  23. Duosini hamd-u sano va salovotu durudlar bilan yakunlamog’i kerak.

  24. qo’llarini duodan so’ng yuziga surtsin.

  25. va duosini qabul bo’lishini umid qilmog’i darkor.

Fasl. G’azzoliy: “Agar qazo-qadar bitib qo’yilgan bo’lsa-yu, duoning foydasi nima?” deb aytilsa, bunga javob quyidagichadir: “Bilingki, duo bilan qaytarish qazoning jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo’lishiga sababdir. Xuddi qalqon qurolni qaytarishga sabab bo’lgani yoki suv yerdan o’simlik chiqarish uchun sabab bo’lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni ko’tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso surasining 102-oyatida: “Ular ham ehtiyoj choralarini ko’rib, qurollanib olsinlar”, deb aytgan”, dedilar.


Alloh taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo’lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmanligini bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohmatullohi alayh) esa “Hadis va Hayot” kitoblarida duoning odoblariga quyidagilarni keltirganlar:
1. Qiblaga qarab duo qilish.
2. Ikki qo'lni ko'tarib duo qilish.
3. Ikki qo'lni ko'tarib duo qilgandan keyin qo'llarni yuzga surtish.
4. Ikki qo'lni ko'tarib, kaftning ichini o'ziga qaratib duo qilish. So'ngra ularni yuzga surtish.
5. Duoning avvalida Alloh taologa hamdu sano aytish.
6. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish.
7. Azmi qaror bilan ikkilanmay, bo'shashmay so'rash.
8. Duoning ijobat bo'lishiga shoshilmaslik va nima uchun duoim qabul bo'lmayapti, demaslik.
9. Ijobatga aniq ishongan holda duo qilish.
10. O'ziga va o'ziga tobe' bo'lgan shaxs va narsalarga duoi bad qilmaslik.
11. Gunoh aralashtirmasdan duo qilish.
12. Qarindoshlik aloqasini uzmasdan turib, duo qilish.
13. Duoda mubolag'aga ketib, haddan oshmaslik.
14. Duoni uch marta takrorlash.
15. Duo qiluvchi taomi, sharobi va kiyimining halol-pok bo'lishi uchun harakat qilmog'i. Bo'lmasa, duo qabul bo'lmasligi aniq.
16. Duo qiluvchining ozuqasi, maskani, libosi va barcha narsalari haloldan bo'lishi kerak.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Bir kishi uzoq safar qiladi. Horib, charchaydi. Changu g'uborga burkanadi. Ikki qo'lini cho'zib, ey Robbim, ey Robbim, deydi. Holbuki, taomi haromdir, sharobi haromdir, libosi haromdir, haromdan g'izolangandir. Bas, qandoq ham unga ijobat qilinsin», deganlar.
17. Duo qilish uchun sharafli vaqtlarni ixtiyor qilish lozim. Yilning eng sharafli vaqti Arafa kunidir. Oylarning eng sharaflisi Ramazondir. Haftaning eng sharafli kuni Juma kunidir. Sahar chog'i har bir kunning eng sharafli vaqtidir.
18. Duo qilish uchun sharafli holatlarni ixtiyor qilish lozim. Yomg'ir yog'ishni boshlagan vaqt, azon va iqomadan keyin, farz namozdan keyin, iftor paytida, sajdadagi holda, ko'ngil erigan paytlar duo qilish uchun munosib holatlar bo'ladi.
19. Ovozni juda ko'tarib ham, juda pastlatib ham yubormay duo qilish kerak.
20. Tazarru', xushu', xuzu', rag'bat va iltijo ila duo qilish lozim.
21. Yolvorgan holda duo qilish.
22. Oldin astoydil tavba qilib, zulm qilgan bo'lsa, uni o'rniga qaytarib turib, duo qilish lozim.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling