Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
Har bir ishi ayni hikmat bo‘lgan va har bir ishga qodir bo‘lgan Hakiymu Qodir Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- U kishining hadislarini va qilgan duolarini islom ummatiga yetkazgan oli baytlari va ashoblariga Allohning roziligi bo‘lsin!
- اياك نعبد و ايك نستعين «Sengagina ibodat qilamiz va sendangina yordam so‘raymiz
- اللهم صلعم إني ظلمت نفسي ظلما كثيرا ولا يغفر الذ نوب الا ا نت فاغفرلي مغفرة من عندك و ارحمني انك انت الغفورالرحيمل 1
Har bir ishi ayni hikmat bo‘lgan va har bir ishga qodir bo‘lgan Hakiymu Qodir Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!
O’z ummatlariga Rabbisi amri ila hikmatni, qanday duo qilishni o‘rgatgan Payg‘ambar Muhammad alayxissalotu vassalomga mukammal va batamom salovatu salomlar bo‘lsin! U kishining hadislarini va qilgan duolarini islom ummatiga yetkazgan oli baytlari va ashoblariga Allohning roziligi bo‘lsin! Payg‘ambar allayxissalomning hadislarini va duolarini bizlarga yetkazish va anglatishda beqiyos xizmatlar qilgan ulamolarimizga Allohning rahmati bo‘lsin! Banda Qur’oni Karimda yoki hadisi sharifda kelgan duolarni o‘rganar ekan, o‘zi uchun olam-olam ma’no va ma’rifat xosil qiladi. Inson oziq-ovqat tanavvul qilganda, biror yangi kiyim kiyganda, safarga otlanganda, birovning uyiga kirganda, biror kimsa bilan uchrashganda va umuman har qanday holda duoga qo‘l ochadi. Shu duo bilan o‘tganlarni eslaydi. Namozxon inson bir kunda bir necha marotaba اياك نعبد و ايك نستعين «Sengagina ibodat qilamiz va sendangina yordam so‘raymiz» deb yolvoradi. عن ابي بكر رضي الله عنه انه قا ل لرسول الله علمني دعاء ادعو به في الصلاة ؛ قا ل " قل : اللهم صلعم إني ظلمت نفسي ظلما كثيرا ولا يغفر الذ نوب الا ا نت فاغفرلي مغفرة من عندك و ارحمني انك انت الغفورالرحيمل 1" Imom Buxoriy va imom Muslim (r.x.) Abu Bakr (r.a.) dan qilingan rivoyatda, Abu Bakr (r.a.) Rasululloh((s.a.v.)) ga dedilar: Menga bir duoni o‘rgating u bilan namozda duo qilay. Rasululloh aytdilar: “Ey Allohim! Albatta men o‘z nafsimga ko‘p zulmlar qildim. Gunohlarni yolgiz sengina kechiruvchisan. Meni O’z marhamating - O’z tamoningdan bo‘ladigan mag‘firat bilan kechirgin, rahm etgin! Albatta sen kechiruvchi va rahmli zotdirsan”, degin.» Darhaqiqat Rasululloh qaysi payt, qanday duo qilishni o‘rgatganlar. Shu qatorda kimlarning duosi qabul, kimlarning duosi qabul bo‘lmasligini aytganlar. Buxoriydan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh shunday deydilar: « Uch xil duo bordirki, ular shaksiz mustajob bo‘lgay: Ota-onaning farzand haqqiga qilgan duosi. Musofirning duosi. Mazlum kishining duosi.» Rasululloh aytdilar: « Uch hil odam bordirki, Alloh taolo ularni xush ko‘rmaydi va qilgan duolarini ijobat qilmaydi: Harobaga aylangan uyda o‘tirib panoh tilovchi. Yo‘l o‘rtasiga o‘tirib salomatlik so‘rovchi. Ot-ulovlarini bo‘sh qo‘yib yuborib, so‘ng Allohdan uni saqlashni so‘ragan odamning.» « Duo yomonliklarni daf bo‘lishiga va maqsadning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan eng quvvatli narsadir. Lekin, ko‘pincha duoning natijasi ruyobga chiqmaydi, bO’nga sabab, duoning shartlari to‘la ado qilinmaganidadir. Xususan, qalbdagi ishonchning zaif bo‘lishi, harom yeyish, zulm qilish, qalbni gunohlar qoplab, nafrat va nafsu havo egallab olgan bo‘lishi kabilar duoni to‘suvchi sabablardir.» Rasululloh((s.a.v.)) dedilar: «Allohga duo qilinglar va duoning qabul bo‘lishiga ishoning! Bilinglarki, Alloh g‘ofil qalbning duosini qabul qilmaydi 1 Mishkotul Masobiyh 295-bet 28 hadis 2 ming bir hadis 204 bet 365 hadis 3 Mishkotul Masobiyh 694-bet 19 hadis «Dunyoning turishi 4 narsa bilan: 1.Olimlarning ilmi. 2.Amirlarning odilligi. 3.Boylarning saxovati. 4.Faqirning duosi. Agar olimlar bo‘lmaganda, johillar aniq halok bo‘lishardi. Amirning adolati bo‘lmaganda, insonlar bir-birini hudi bo‘ri qo‘yni yeb ko‘yganidek yer edi. Boylarning saxovati bo‘lmaganda, faqirlar halok bo‘lardi. Agar faqirning duosi bo‘lmaganda, yeru - osmon halokatga yuz to‘tgan bo‘lar edi.» Rasululloh Abu Hurayradan qilingan rivoyatda aytdilar: «Uch kishining duosi qaytarilmaydi: 1. Ro‘zador iftorlik qilayotgan vaqtda; 2.Odil podshohning ; 3.Mazlumning duosi. Alloh taolo uni bulutlar tapasidan ko‘tarib, duoga osmon eshiklarini ochadi va Izzotimga qasamki, senga yordam beraman, garchi bir zamondan keyin bo‘lsa ham, deydi». Duoning fazilati haqida Mansur ibn Ammar va’z-nasihat qilar edi. Bir kuni bir odam o‘rnidan turib, undan to‘rt dirham so‘radi. Mansur ibn Ammar boshqalarga aytdiki: «Bu kishiga so‘rayotgan narsasini kim beradi? Men ana o‘sha hojatbarorni to‘rt narsa bilan duo qilgayman». Masjidning bir tomonida qora qul o‘tirgan edi, uning xo‘jayini yahudiy edi. Uning o‘zi yiqqan to‘rt dirham puli bor edi. Turib aytdiki: « Ey shayx! Men O’nga to‘rt dirham beraman. Shu shart bilanki, men aytganimdek va men xohlaganimdek haqqimga to‘rt narsa bilan duo qilasiz.» Mansur ibn Ammar rozi bo‘ldi. Qora qul to‘rt dirhamni berib aytdi: «Ey shayx! Men bir qulman, avvalo, duo qiling men ozod bo‘lay. Ikkinchisi, mening xo‘jayinim yahudiy, duo qilingki, u musulmon __________________________ 1 Mishkotul Masobiyh 695-bet 27 hadis bo‘lsin. Uchunchisi, men faqirman, duo qilingki men boy bo‘lay. Va yana duo qilingki, Alloh taolo O’z fazli bilan meni boshqalardan behojat qilsin. Va nihoyat mening gunohlarimni Alloh taolo kechirsin ». Mansur ibn Ammar u kishini duo qildi. Qul uyiga qaytdi va xo‘jayini undan qayerda bo‘lganini so‘radi. Qul bo‘lgan vokeani aytib berdi. Yahudiy quldan bunday mardlikni kutmagan edi. Qalbi yumshab aytdiki: Men seni bugundan boshlab ozod qildim. BugO’ngacha sen mening qulim eding, endi sen mening do‘stimsan. So‘ng iymon kalimasini aytdi va musulmon bo‘ldi. Keyin esa «Men seni hamma molimga sherik qildim. Ammo, senning to‘rtinchi hojating mening qo‘limda emas. Agar mening qo‘limda bo‘lganda edi, hamma gunohingni kechirgan bo‘lar edim», - dedi. Shu payt uyning burchagida, osmondan aytilgan nido eshitildi: «Sizlar do‘zax o‘tidan ozod qilindingizlar, sizlar va sizlar bilan birgalikda Mansur ham mag‘firat qilindi ».1 Hasandan rivoyat qilindi, deydi: Rasulullohning sahobalari so‘radilar: Rabbimiz qayerda? Alloh bu oyatni nozil qildi: «Sizdan (ey, Muhammad!) bandalarim Men haqimda so‘rasalar, (ayting) Men ularning yaqinidaman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat etarman. Bas, ular ham Meni (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga iymon keltirsinlar, shoyad (shunda) to‘g‘ri yo‘lga tushib ketsalar».3 «Bu oyatda Alloh taolo o‘z bandalariga yaqin ekanligini bayon qilmoqda. Hadis imomlari Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) ning rivoyat qilgan hadisi sharifida ham shu ma’no bor. U kishi aytadiki, «Payg‘ambar Muhammad alayhissalotu vassalom bilan g‘azotda edik. Tepalikka chiqsak ham, pastlikka tushsak ham baland ovoz bilan takbir aytib borar edik. U zot bizga yaqinlashib2 keldilarda: «Ey odamlar, o‘zingizga rahm qiling. Siz karga yoki g‘oibga duo qilayotganingiz yo‘q, balki eshituvchi, ko‘ruvchi zotga duo qilayapsiz. Siz duo qilayotgan zot Sizga mingan otingizning bo‘ynidan ham yaqin » - dedilar ».»1 Anas (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy (a.s.v.) : «Alloh taolo aytadiki Men bandam gumon qilgan joydaman va agar menga duo qilsa Men u bilan birgaman.». Salmon Forsiyning rivoyat qilgan hadisi sharifida Rasululloh((s.a.v.)) « Agar banda ikki qo‘lini ko‘tarib yaxshilikni Allohdan so‘rasa, Alloh taolo ikki qo‘lini bo‘sh qaytarishdan hayo qiladi»,- deydilar. «Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Said raziyallohu anhuning rivoyat qilgan hadisida u zot: «Musulmon odam gunoh va qarindoshlariga yomonlik qilmay turib duo qilsa, O’nga Alloh taolo uch hislatdan birini beradi. So‘ragan narsasini tezda beradi, yoki oxiratga saqlab qo‘yadi, yoki undan so‘ralgan narsa miqdoridagi yomonlikni undan qaytaradi.»,- deganlar.»1 Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisi muborakda Rasululloh((s.a.v.)) dedilar: « Kimni qiyinchilik vaqtlarida Alloh uning duosini qabul qilishi xursand qilsa, bo‘sh vaqtlarda duoni ko‘p qilsin».2 «Hikoya qilishlaricha, solihlardan bir kishining holi tor, yeb ichish va nafaqadan juda qiynalar edi. Uning xotini bir kuni eriga qarab aytdiki: ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 1 tafsiri hilol fotiha va baqara surasi 209 bet , 2 Mishkotul Masobiyh 694 bet 18 hadis «Alloh taologa duo qiling bizga mol-dunyoni ko‘prok bersin». U kishi duo qildi. Xotini xovliga chiqib qarasa, burchakda tilla bir g‘isht turibdi. Xotin sevina-sevina uni oldi. Haligi kishi xotiniga dedi: «Ey Xotin! Xohlaganingcha o‘zinga ishlat ». Haligi kishi o‘sha kuni tush ko‘rdi. Tushida jannatdagi bir qasrga qirdi. Qarasa, uning bir yerida g‘isht yo‘q. Bu qasr kimniki ekanligini so‘ragan edi, O’nga bunday deb javob berishdi: «Bu qasr seniki », «Bu yerdagi g‘isht qayerda?» Aytishdiki: «Bu g‘ishtni senga yubordik» Kishi uyg‘onib darrov xotiniga: «Tillo g‘ishtni keltir» dedi. Uni olib oldiga qo‘ydi va aytdiki «Allohim, buni senga qaytarayapman» Bir muddat o‘tib g‘isht g‘oyib bo‘ldi. Ul zot bildiki, Alloh taolo g‘ishtni o‘z o‘rniga quydi. Nabiy ((s.a.v.)) aytdilar:”Biror kishi bu dunyodan bir luqma olsa,albatta,Alloh taolo shu luqmaning hissasini oxiratda kamaytiradi. Insonlar harom luqma yesa, ichini haromdan tozalamasa qancha duo qilsa ham qabul bo‘lmaydi. «Anas (r.a.) Rasululloh (s.a.v)dan «Yo Rasululloh, men duolarim qabul bo‘lishini istayman, buning chorasi nimada?» - so‘rabdilar. Rasulilloh (a.a.v.) u kishiga: «Ey Anas, halol luqma yegin, haromga aslo yaqinlashma. Chunki harom qorindan qirk kun chiqmaydi» - dedilar. Duo qilayotgan inson Rabbisidan faqatgina xayrli ishlarini so‘rashi kerak. Duoning asosiy shartlaridan biri harom narsa so‘ramaslik. Duo Alloh nazdida ibodatdir. Shuning uchun undan xayrli ishlar so‘raladi. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling