Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
«Qaysi bir odam gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmay turib duo qilsa, albatta Alloh taolo unga buning sababidan uch xislatdan birini beradi
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shunda odamlar: «Ey Allohning Rasuli, undoq bolsa (duoni) kopaytiramiz», dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam
- «Kim Allohdan soramasa, U Zot undan gazablanadi»
«Qaysi bir odam gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmay turib duo qilsa, albatta Alloh taolo unga buning sababidan uch xislatdan birini beradi:
Uning so'raganini tezda beradi. So'ralgan narsaning mislicha yaxshilikni uning uchun saqlab qo'yadi. So'ralgan narsaning mislicha yomonlikni undan burib qo'yadi», deganlar. Shunda odamlar: «Ey Allohning Rasuli, undoq bo'lsa (duoni) ko'paytiramiz», dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh ko'paytiruvchiroqdir», dedilar». (Ahmad, Hokim rivoyat qilishgan. Zahabiy sahih, degan). Uchinchidan: Albatta, duo talab qilingan narsaga erishishni taqozo qiluvchi sababdir. Sababning esa, o'z shartlari va man qiluvchi omillari bor. Qachon shartlar hosil bo'lib, man qiluvchi omillar yo'q bo'lsa, talab qilingan narsaga erishiladi. Agar undoq bo'lmasa, maqsadga erishilmaydi. Ba'zan esa, duo qiluvchi uchun xayrliroq bo'lgan boshqa natija hosil bo'lishi ham mumkin. Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi. Jumhuri musulmonlar va boshqa din ahllari ham duo manfaatni jalb va zararni daf qilish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga so'raganini berishi, rizq va yordam berishi shu jumladandir. Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan so'ramasa, U Zot undan g'azablanadi», deganlar. Alloh taolo O'zining olti sifatiga dalolat qilgani sababidan duo qilishga amr qilgandir: 1. Vujud (borligi). Chunki yo'qqa duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 2. G'aniyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 3. Eshituvchiligi. Chunki karga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 4. Karamliligi (saxiyligi). Chunki baxilga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 5. Rahmat. Chunki rahmsizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 6. Qudrat. Chunki ojizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. Duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatni inkor qiluvchidir. Undan g'ofil bo'lgan, olti sifatdan g'ofildir. Bilingki, sabablarga suyanib, duo qilmasliq tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik akddagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz o'girish esa, ishlarni sabablarga bog'lab qo'ygan shariatga ayb qo'yishdir. Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Mo'min banda sabablarga tavakkul qilib (suyanib) ham qolmaydi, ularni behudaga ham chiqarmaydi. Balki Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni bilan natijali bo'ladi, deb harakat qiladi. «Duo – u tinchlik so‘rash jihatidan pasdagi yuqoridagidan bir narsani so‘z bilan talab qilish». Duo ulamolar nazdida ikki xil: « 1. Duoi ibodat: Namoz, ro‘za, hajga o‘xshash. 2. Duoi mas’ala. Arafa kunida qilingan duo Qur’on tilovat qilishdan afzal, farz namozlaridan keyin vorid bo‘lgan zikr va duo bilan mashg‘ul bo‘lish Qur’onni tilovat qilishdan avlodir.» «Fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamalar, salafu halaflarning barchasi duo mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi: «Parvardig‘oringiz: «Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) mustajob qilay!» deydi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban halatda jahannamga kirurlar!» «Oyatda «duo» so‘zi «ibodat» ma’nosida keladi. Bu yerda ham u «iltijo», «tavhid» va «ibodat» kabi ma’nolarni ifoda etishi aytilgan.» ____________________ 1 Mirqotul Mafotih, Kitobi davlat 5 bet 2 G’ofir surasi 60 oyat «Alloh taolo aytadi: «Rabbingizga zorlanib va xufyona (avozsiz) duo qilingiz! Zero, U (duoda va boshqa narsada) haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi». Rasululloh ((s.a.v.)) aytadilar: «Duo u ibodatdir.» «Alloh taolo o‘zining olti sifatiga dalolat qilgani sababida duo qilishga amr qilgandir.» Vujud (borligi). Chunki yo‘qqa duo qilinmaydi. Yo‘qdan biror narsa so‘ralmaydi. G’aniyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi. Faqirdan biror narsa so‘ralmaydi. Eshituvchiligi. Chunki karga duo qilinmaydi. Kardan biror narsa so‘ralmaydi. Karam (Saxiylik). Chunki baxilga duo qilinmaydi. Baxildan biror narsa so‘ralmaydi. Rahmat. Chunki rahmsizga duo qilinmaydi. Rahmsizdan biror bir narsa so‘ralmaydi. Qudrat. Chunki ojizga duo qilinmaydi. Ojizdan biror narsa so‘ralmaydi. Duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatli inkor qiluvchidir. Undan g‘ofil bo‘lgan olti sifatdan g‘ofildir. Sabablarga suyanib, duo qilmaslik, tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik aqldagi nuqsodir. Sabablarni ishlatishdan yuz o‘girish esa, ishlarni, sabablarga bog‘lab qo‘ygan, shariatga ayb taqashdir. Jumhur musulmonlar va boshqa dinlar ahillari ham duo manfaatni jalb ___________________________________________ 1 A’rof surasi 55 oyat, 2 Mishkotul Masobiyh kitobud da’vat 693 bet qilish va zararni daf etish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bandasining duosini ijobat qilib, O’nga so‘raganini berishi, risq va yordam berishi oyat va hadislardan ma’lum. Alloh taoloning muborak ismlaridan biri Rahmondir. Rahmon barcha qullarga mehribon demakdir. Bu ism orqali Allohdan panoh tilaganlarga Alloh panoh beradi, duo qilganlarning duosini qabul qiladi va hojatmand insonlarning hojatini chiqaradi. Rasululloh ((s.a.v.))ning ozod qilgan qullardan bo‘lmish Zayd ibn Horis munofiq bir inson bilan safarga chiqadi. Kimsasiz bir yerga kelganda munofiq uni qatiq bog‘laydi. Zayd undan so‘radi. – Nima sababdan meni bog‘lab qo‘yding? –Seni yo‘q qilishni xohlayman. – Nima uchun? – Chunki sen Muhammad ((s.a.v.)) yo‘lidasan va uni sevasan. Zayd munofiqning qarori qat’iy ekanligini tushunadi va Allohga ixlos bilan shunday duo qiladi. “Ya Rahmon ag‘isniy”, ya’ni «Musulmonu kofir barcha-barcha qullarning mehriboni bo‘lmish Rahmon Robbim menga yordam ber». Shu vaqt munofiqqa “uni kuyib yubor. Nima uchun uni o‘ldirmoqchisan?”, degan ovoz eshitiladi. Munofiq hamma tarafga qaraydi, lekin hech kimni topmaydi. Zaydga yaqinlashadi, yana shunday ovoz eshitiladi. U hayron bo‘ladi, atrofda bu gal ham hech kimni topmaydi. Zaydni uchinchi bor o‘ldirmoqchi bo‘lganda «qo‘yib yubor uni» – degan, avvalgidan ham baland va shiddatli ovoz keladi. Zayd ibn Horis: __Sen kimsan?- deb so‘raydi. __ Men Jabroilman. Ilk bor duo qilgan vaqtingda Sidratul muntahoda edim. Ikkinchi marta duo qilgan vaqtingda birinchi qavat osmonda edim. Uchinchisida esa yoningga keldim va seni qutqardim. «Ibn Umardan (r.a.) rivoat qilinadi. Rasululloh ((s.a.v.)) aytadilar » Sizlardan oldingilardan uch kishi bor edi. Ular boshpana qilib g‘orga kirishganida tog‘dan bir harsang siljib g‘orni to‘sib qo‘ydi shunda ular o‘zaro «Sizlar bu harsangdan faqatgina solih amallaringiz bilan Allohga iltijo qilmogingizgina najod beradi, xolos» deyishdi. Ularning biri mening qari ota-onam bor. Men bolalirim va ahlimdan ham oldin ularni (taom, sharob) ila siylar edim. Kunlarning birida giyoh izlab uzoqroqqa ketib qoldim. Qaytib kelsam, ota-onam uxlab qolibdilar. Ularni uyg‘otishni va xotinim hamda bolalarimga ulardan oldin sut berishni karih ko‘rdim. Qadaxni qo‘limga ushlab, ota-onam uyg‘onishini kutib turdim, hattoki, tong o‘z nurini taratdi. Bolalar uyg‘onib ochlikdan oyog‘imga yopishib baqirishardi. Oxiri ota-onam uyg‘onib, sutlarini ichishdi. Allohim, buni sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu tashvishlarni bizlardan aritgin», deganida harsang tosh biroz ochildi-yu, lekin, undan chiqib bo‘lmas edi. Ikkinchisi: «Allohim, bilasan, bir amakimning qizi bor edi. U menga barcha insonlardan sevimli edi. (Boshqa bir rivoyatda: «Kishi o‘z xotinini yaxshi ko‘rgandan ham ko‘ra uni qattiqroq yaxshi ko‘rar edim.” deyiladi.) Bir men uni o‘zimga chaqirdim (ya’ni, qo‘shilish niyatida) U qabul qilmadi. Qachonki, qahatchilik bo‘lgan yillarning birida uning o‘zi xuzurimga keldi. Men o‘zi bilan mening oramni xoli qoldirish (ya’ni, xohlaganimni qilaverish) sharti bilan bir yuz yigirma tillo berdim. Ushbu shartga ko‘ndi. Men undan xohlagan narsamni xosil qilishga qodir bo‘lganimda (boshqa bir rivoyatda: «ikki oyog‘i orasiga o‘tirganimda» deyiladi), u menga «Allohdan qo‘rq. Bokiraligimni haq bilan (ya’ni, nikoh bilan) buz!» eshitib, u menga odamlarning eng mahbubi ______________________________________ 1 Muqadas oylar va mustajob duolar 103 bet bo‘lishga qaramasdan, o‘zimni undan tortdim va bergan tillolarimni unda qoldirdim». Allohim, agar buni sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu kulfatni bizdan aritgin», deganda harsang tosh biroz ochildi-yu, lekin undan chiqib bo‘lmasdi. Uchinchi odam: «Allohim, men bir qancha mardikorlarni yollab ishlatdim. Ularning hammalariga haqlarini berdim. Faqatgina bir kishi haqqini olmay tashlab ketdi. U qoldirgan haq samara berib, ko‘p mol davlat keltirdi. Bir muncha vaqt o‘tgandan keyin u kelib: «Ey Allohning quli, meni mahara qilma dedi « Men seni ustingdan mashara qiliyapman», dedim. U biror narsani qoldirmay barcha narsani oldi. Allohim agar buni sening roziliging uchun qilgan bo‘lsam, bu balodan bizni ko‘targin, deganida harsang tosh butullay ochilib hammalari g‘ordan chikishdi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling