Мавзу: Куръони Каримдаги дуо


Ibrohim alayhissalomning duolari


Download 402.5 Kb.
bet8/14
Sana17.06.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1530462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Duo haqida nusxa

Ibrohim alayhissalomning duolari
Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo'lgan edi” (“Maryam”, 41). Hozirgi kunda milliardlab odamlar haj ibodatini ado etishlari uchun ziyorat qilayotgan Ka'bani bunyod etgan Ibrohim alayhissalom Qur'onda nomi eng ko'p zikr qilingan Payg'ambarlardan biridir. Ibrohim alayhissalom o'g'li Ismoil alayhissalom bilan birga bir necha asrlar avval bino qilgan Ka'ba hozirgi kundan butun dunyo musulmon ummati jamlanadigan maskanga aylangan. Ota-bola payg'ambarlar Allohning amriga bo'ysunib Baytul-lohning poydevorini ko'tarayotib shunday duo qilganlar: “Ibrohim bilan Ismoil: “Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening o'zing eshitguvi, bilguvchi Zotsan”, deb baytning poydevorlarini ko'tarayotganini esla” (“Baqara”, 127). Baytulloh bunyod qilingan yer vaqti kelib butun dunyo musulmonlari ziyoratgohi–diniy markaziga aylangani ma'lum. Buning uchun Ibrohim alayhissalom shunday duo qilganlar: “...Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin” (“Ibrohim”, 35). “...Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga vaqiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin” (“Baqara”,126). Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar faqat o'zlari uchun emas, balki o'zlaridan keyin keladigan zurriyotlari uchun ham duo qilganlar: “Robbimiz, ikkovimizni O'zingga musulmon bo'lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O'zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko'rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen o'zing tavbalarni ko'plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan. Robbimiz, ularga o'zlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, itobni va hikmatni o'rgatadigan, ularni poklaydigan Payg'ambar yubor. Albatta, Sening O'zing aziz va hikmatli Zotsan” (“Baqara”, 128-129). Ibrohim alayhissalomning boshqa duolari esa Allohga yaqinlashishi uchun qilingan: “Esla, Ibrohim: “Ey Robbim, menga o'liklarni qanday tirilti-rishingni ko'rsat”, deganda, U Zot: “Ishonmadingni?” - dedi. U: “Qalbim xotirjam bo'lishi uchun”, -dedi. U Zot: “Qushdan to'rtta olgin-da, o'zingga tortib, kesib may-dala, so'ngra, ulardan har bir toqqa bo'laklarini qo'ygin, keyin ularni o'zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar”, -dedi. “Va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim Zotdir” (“Baqara”, 260) Oyatda Ibrohim alayhissalomning Allohdan o'liklarni qanday tiriltirishini ko'rsatishini istashi, u kishining iymonidagi zaif-lik, Allohning qudratiga bo'lgan ishonchidagi sustlik emas. Aksincha u chin dildan Allohning mo''jizasini ko'rishni, uni ko'rib iymonlari yanada ziyodalashuvini istaganlar. Shu sababli Alloh u zotning duosini ijobat qilgan. Ibrohim alayhissalomning otasi butparast edi. U otasini Rahmonga osiy bo'lgan shaytonni do'st tutishdan qaytargan. Allohning azobi tutishidan ogohlantirgan. Lekin otasi qabul qilmay, Ibrohim alayhissalomga toshbo'ron qilaman deb tahdid solgan. Shunday bo'lsa ham Ibrohim alayhisssalom otalariga shunday deganlar: “…Omon bo'l. Endi Robbimdan seni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir. Men sizlardan ham, Allohdan o'zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo'l-masam” (“Maryam”, 47-48) Ibrohim alayhissalomning otasi iymon keltirmagan bo'lsa ham o'g'lining uni haqqiga duo qilishining asl sababi Qur'onda shunday bayon qilingan:
Payg'ambarlar va mo'minlar uchun do'zax egalari ekanligi ayon bo'l-gan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo'lsa ham, istig'for aytishlari durust emasdir. Ibrohimning otasi uchun aytgan istig'fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo'lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir ” (“Tavba”, 113-114). Bugun millionlab insonlar tavof etayotgan Masjidi Harom ya'ni Ka'baga dastlab joylashgan Ibrohim alayhissalom duolarini davomida shunday deganlar: “Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to'kis ado etishlari uchun. Bas, O'zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. Ey Robbimiz, albatta, Sening O'zing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas. Keksalik paytimda menga Ismoil va Is'hoqni ato qilgan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to'kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin. Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo'minlarni hisob qilinadigan kuni mag'firat aylagin” (“Ibrohim”, 37-41). Ko'rib turganimizdek Ibrohim alayhissalom duoda ham Allohning sifatlarini yodga olyaptilar, ham shukr qilayaptilar. Allohdan istayotgan narsalari U Zotga yaqinlashtiradigan va oxiratda mag'firatga sabab bo'ladigan narsalardir.


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling