Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Gozal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz” (“Yusuf”, 22).
- “U: “Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u ozini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor bolguvchilardan bolur”, dedi. (“Yusuf”, 32)
- “Bas, Robbi uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, uning Ozi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir” (“Yusuf”, 34).
Yusuf alayhissalom duosi
Duo xususida Yusuf alayhissalom qissasi mo'minlar uchun go'zal ibratlarga to'la. Yusuf alayhissalom har bir holatda Allohga bo'lgan mustahkam ishonch, tavakkul va sadoqat bilanchin mo'minning barcha alomatlarini o'zlarida ko'rsatganlar. U zot va otalari Yoqub alayhissalomga keladigan mashaqqatlar kichik yoshdagi Yusuf alayhissalomning akalari tomonidan quduqqa tashla-nishidan boshlangan. Yoqub alayhissalom eng sevgan o'g'lidan ajralsada, Allohga bo'lgan mustahkam ishonchni saqlaganlar: “Va uning yolg'on qonga bo'yalgan ko'ylagini keltirdilar. U: “Yo'q! Sizga havoyi nafsmiz biror ishni ziynatlab ko'rsatadi. Endi chiroyli sabrdan boshqa choram yo'q. Siz vasf qilayotgan narsada yordam so'raladigan Zot yolg'iz Allohning O'zi”,-dedi. (“Yusuf”, 18). Oyatga ko'ra o'g'lining qonli ko'ylagini ko'rgan ota, haqiqiy mo'min tutadigan holat-sabr, tavakkul va duo ekanligi ko'rinib turibdi. Quduqqa tashlanib o'limga hukm qilingan Yusuf alayhissalom dam olish uchun to'xtagan yo'lovchi savdo karvoni tomonidan topib olinadi. Quduqdan suv olishga kelgan odam Yusuf alayhisslomni ko'rib sotib yuborishni o'ylaydi. Misrga kelgach u o'zining niyatini amalgam oshirib Yusuf alayhissalomni arzon narxga sotib yuboradi. Uni sotib olgan odam Yusuf alayhisslomni oddiy odam emasligini his qiladi va uni yaxshilab joylashlarini tayinlab, farzand qilib olishni niyat qiladi. Shunday qilib har narsaga qodir Alloh Misrga qul bo'lib kelgan Yusuf alayhisslomga tushlarni ta'bir qilishni o'rgatadi. Bu haqda Qur'onda shunday deyilgan: “Va uni Misrda sotib olgan odam o'z xotiniga: “Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak”, dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta'birini o'rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo'ydik. Alloh o'z ishida g'olibdir. Lekin odamlarning ko'pi bilmaslar” (“Yusuf”, 21). Yusuf alayhisslom voyaga yetgach Alloh U zotga to'g'ri hukm chiqarish va ilm fazlini berdi. “Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Go'zal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz” (“Yusuf”, 22). Yusuf alayhissalom husnda lol qoladigan darajada voyaga yetdilar. Shu sababli u zotni sotib olgan kishining xotini Yusuf alayhisslomni fahsh ishga chorlaydi. Ammo Yusuf alayhissalom Allohdan qo'rqib bu ishga qo'l urmaydilar. Lekin shahar ayollari o'rtasida u ayolning o'z xizmatkorini xohlab qolganligi haqida mish-mish tarqaladi. Xaligi ayol uyiga shahar ayollarining barchasini mehmon qilib chaqiradi. Ularning har birining qo'liga pichoq beradi hamda Yusuf alayhissalomga ularning oldilariga chiqishni buyuradi. Yusuf ularning huzuriga chiqqanlarida ayollarning barchasi u kishining husnu jamoliga mahliyo bo'lib qo'llarini pichoq bilan kesib olishadi. Shunda ayol: “U: “Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o'zini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor bo'lguvchilardan bo'lur”, dedi. (“Yusuf”, 32) Yusuf alayhissalom bu gaplarni eshitib harom ishdan ko'ra qamoqni afzal biladilar va shunday duo qiladilar: “U: “Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko'ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu ayollarning makrini mendan o'zing nari qilmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolaman”, dedi. (“Yusuf”, 33). Alloh taolo O'z Payg'am-barining duosini qabul qiladi: “Bas, Robbi uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, uning O'zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir” (“Yusuf”, 34). Fahshdan ko'ra zindonni afzal bilib, qalban Allohga duo qilgan Yusuf alayhissalomning duosi qabul bo'lib, Alloh ularni ayollarning makridan nari qiladi. Lekin beayb ekanligi ma'lum bo'lgani holda Yusuf alayhissalom qamoqqa tashlanadilar. Qamoqda odamlar Yusuf alayhissalomni taqvoli, insofli odam deb bilib, u zotdan maslahat so'raydigan bo'li-shadi. Yusuf alayhissalom Allohning yo'liga da'vat qilish uchun qulay fursat kelganini fahmlaydilar. “Ey hamzindon do'stlarim, turli-tuman robblar yaxshimi yoki Yolg'izu Qahhor Allohmi? Sizlar undan o'zga, o'zmiz va ota-bobolarmiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O'ziga xosdir. U faqat O'zigagina ibodat qilishmizni amr etdi. Ana o'sha to'g'ri dindir. Lekin odamlarning ko'pi bilmaslar” (“Yusuf”, 40). Yusuf alayhissalom hamzindon bo'lgan ikki yigitga ularning tushlarini ta'bir qilib beradi. Yusuf alayhisslom yigitlardan biriga o'zini qamashga amr etgan kishiga u zotni eslatishini tayinlaydi. Haligi yigit qamoqdan chiqqach Yusuf alayhissalomning gapini unutadi. Shunday qilib Yusuf alayhissalom yana bir necha yil qamoqda qoladilar. Bu orada Misrning podshohi qayta-qayta alg'ov-dalg'ov tushlar ko'radi. U o'z a'yonlaridan tushining ta'birini so'raydi. Shunda zindonda yotgan, ozod bo'lgach esa podshohga soqiylik qilyotgan haligi yigit Yusuf alayhissalomning gaplarini eslaydi. Haligi yigit podshohdan izn olib Yusuf alayhissalom yoniga boradilar. Yusuf alayhissalom unga tushning ta'birini aytadilar. Tushning ta'birini eshitgan podshoh Yusuf alayhissalomni huzurlariga olib kelishni amr etadi. Lekin Yusuf alayhissalom podshohga ham, boshqalarga ham o'zlarining beayb ekanliklarini bildirishni xohlaydilar. Shu sababli qamalishlariga sabab bo'lgan voqeani qayta tekshirtirishni so'raydilar. Podshoh u kishining talablarini bajaradilar. Ketma-ket kelgan mashaqqatlardan so'ng Yusuf alayhissalomning beayb ekanligi isbot etiladi. Alloh iymonli, taqvodor bandalarini, ayniqsa O'z Payg'ambarlarini hech qachon xor qilmaydi. Go'zal amallari uchun chiroyli mukofotlar beradi. Yusuf alayhissalom ham yillar davomida ko'rgan mashaqqatlari oldida bo'yin egmay, Allohga mustahkam e'tiqodda bo'lganlari uchun Alloh u zotni mukofotlaydi. “Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o'zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O'z rahmatimizni, kimni xohlasak, o'shanga muyassar eturmiz va go'zal amal qiluvchilarning ajrini zoe qilmasmiz” (“Yusuf”, 56). Alloh tomonidan ne'mat berilgan Yusuf alayhissalom O'z Robbisiga shukr aytib shunday duo qiladilar: “Ey Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning ta'birini o'rgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo'shgin” (“Yusuf”, 101). Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling