Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
Qur’oni Karimda vorid bo‘lgan duo oyatlari va ularning tafsiri
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
Qur’oni Karimda vorid bo‘lgan duo oyatlari va ularning tafsiri.
«Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima! Ey, Robbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni avf et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g‘oliblik ato et!» «Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin». Mo‘minlar Allohning amri qanchalik bo‘lsa ham, bajarishga doim tayyorlar. Lekin, Allohning rahmati kengligidan umidvor bulib, uzlarini kichik fahmlab, bu duoni qilmokdalar.3 «Bizni avf et, mag‘firat va rahm et». Mo‘min banda har qancha harakat qilsa ham, bandalik burchini to‘liq ado eta olmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun doimo o‘ziga Allohning avfi, mag‘firati va rahmatini so‘rab turadi. «Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlardan bizni g‘olib et.» Haqiqatda Mo‘min bandaga Allohning uzidan boshqa xoja yo‘q. Yordamchi yo‘q. Shuning uchun ham Mo‘minlarning hayotlaridagi eng muxim narsalardan biri – kofir qavmlar bilan bo‘ladigan kurashda uning uzidan g‘oliblikka yordam surashmokda. ________________________________ 1 Baqara surasi 286 oyat 2 Abdulaziz Mansur 49 bet Baqara surasining oxiridagi ikki oyat haqida bir qancha rivoyatlar kelgan. Jumladan: Imom Nasoiy ibn Abbosdan qilgan rivoyatda kuyidagilar aytiladi. «Rasululloh (s.a.v.) Jabroil a.s. bilan o‘tirgan edilar. Yuqoridan bir ovoz eshitildi. Jabroil osmonga burilib, qaradi-da: «Bu osmonning eshiklaridan biri, xech ochilmagan edi, bugun ochildi», dedi. Undan bir farishta tushdi va Payg‘ambar (s.a.v.) ning xuzurlariga kelib: «Suyunchi, sendan avvalgi Payg‘ambarga berilmagan ikki nur senga berildi, surai Fotiha va Baqara surasining oxiri. Ulardan o‘qigan har bir harfingga albatta (savol va javob) berilasan», dedi. Imom Ahmad Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar (s.a.v.) «Surai Baqaraning oxirgi ikki oyatini o‘qi, ular menga arshning ostidagi xazinadan berilgan», deganlar. «Ey Robbimiz! Bizni hidoyat yo‘liga solganingdan keyin dillarimizni (to‘g‘ri yo‘ldan) og‘dirma va bizga xuzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen (barcha ne’matlarni) ato etguvchi Zotdirsan.»
«Ey Robbimiz! Kimni sen do‘zaxga kirgizsang, albatta uni xor qilgan bulasan. Zolimlarga esa yordamchilar yo‘qdir.» «Ey, Robbimiz! Biz «Robingizga imon keltiring!», deb iymonga chorlagan jarchi (Muhammad)ni eshitdik va darxol O’nga imon keltirdik. Ey, robbimiz! Bizning Gunohlarimizni kechir, xatolarimizni o‘chir va bizlarni solih kishilar qatorida vafot ettir!» 4 «Ey Robbimiz! Yana bizlarga (barcha o‘tgan) Payg‘ambarlaringga (ularning vositasi) ila va’da qilgan narsalaringni (savob va yordamingni) ato et va bizlarni Qiyomat kunida sharmisor qilmagin! Albatta Sen va’daga xilof qilmagaysan» 1 Oli Imron surasi 9 oyat, 2 Abdulaziz Mansur 50 bet Ushbu oyati kalimalardan ko‘rinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini to‘la anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri bo‘lib, ikkinchisi bo‘lmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan xollarda eslash darajasi ulug‘ daraja bulib, inson ibodatga oliy makomga erishgandagina Ushbu darajaga ko‘tariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof xolga keladi va duo qilsa, ijobat bo‘ladigan makomga yetadi. «Robbingiz buni bekorga yaratgani yo‘q». Ibodat qilib, osmon-u yerning yaratilishi haqida fikr yuritgan odam, albatta Alloh taolo bu narsalarni bekorga yaratmaganini tushunib yetadi va uni «Uzing poksan», deb tasbeh aytib yodga oladi. Ushbu borlikning yaratilishi, undagi narsalarning hikmat va maqsad borligini anglab yetishga olib boradi shunday bo‘lsa-da, bu dunyoda yashayotgan kishilar uchun adolat ham zarurligini tushunib yetadi. Demak, odamlar qilgan ishlarning hisob-kitobi ham bo‘ladi. Bu ish bu dunyoda emas, u dunyoda amalga oshiriladi. Shu boisdan oxirat umidida duo qilish boshlanadi: «… bizni o‘t azobidan sAqlagin». Do‘zaxda kuyishdan hamma ham qo‘rqadi. Xususan, ibodatli, iymonli tafakkurli kishilar bu haqikatni tulik xis etadilar. Shuning uchun ham: «Robbimiz, albatta, Sen kimni do‘zaxga kiritsang, bataxqiq, uni sharmanda qilursan», - deydilar. Demak do‘zaxda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqkanlari uchun Allohdan yordam surashadi. «va zolimlarga yordam beruvchilar yo‘q». Faqat zolimlargina, do‘zaxga sazovordirlar. Aql egasi bo‘lgan kishilarningqalblari ham ochiq bo‘lsa, darov uz natijasini beradi. «Robbimiz, biz nido qiluvchining, Robbingizga iymon keltiring, deb nido qilayotganlarni eshitdik va imon keltirdik». «Nido qiluvchi»dan murod – Muhammad alayxissalomdir. Aqli va qalbi ochiqlar u kishining da’vatini eshitganlari bilan darov iymonga kelganlar. Aqli va qalbi ochiq kishilar iymonga kirishishlari bilan eng avvalo, o‘z Payg‘ambarlari haqida o‘ylay boshlaydilar. Gunohlari va yomonliklaridan qutulish haqida qayg‘uradilar va ularni kechishini so‘rab, Allohga tazarru’ qiladilar: «Robbimiz, bizning Gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o‘chirgin hamda yaxshiliklar bilan birga o‘ldirgin.» Duoning oxirida Allohdan umidvorlik va uning va’daga xilof qilmasligiga ishonch ta’kidlanadi: «Robbimiz, bizga Payg‘ambarlaringga va’da qilgan narsalaringni bergin.» Alloh uz Payg‘ambarlari tili bilan Mo‘min bandalarga savob, nusrat, jannat va boshqa narsalarni va’da qilgan edi. «… va bizni Qiyomat kuni sharmanda qilmagin. » Ya’ni, kofirlarni Qiyomat kuni, xaloyikning oldiga qilganingdek, bizni ham sharmanda qilmagin. 1 Tafsiri hilol 3-5 pora 198-199 bet «Bunga ishonchimiz komil» Bas, Parvardig‘orlari ularni (duolarini) ijobat etib, (dedi:) «Albatta, Men sizlardan amal qiluvchidan – xoh erkak bo‘lsin va xoh ayol bo‘lsin, amalini zoye qilmasman. Ba’zingiz ba’zingizdan». 3 Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafakkuringizni, hayolingizni, tilagingizni yoki gap-u so‘zingizni zoye qilmayman, degani yo‘q. Balki, amalingizni zoye qilmayman, demoqda. Demak, Allohning o‘lchovida eng e’tiborga sazovor narsa amaldir. Yaxshilik yo‘lida qilingan amal, Islom dini nazarida, ibodat darajasiga ko‘tariladi. Amal qiluvchi iymonli bo‘lsa bo‘ldi. Uning kimligidan kat’iy nazar, amali zoye bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo: «Men sizlardan erkak-u ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmayman», demoqda. Chunki erkak ham, ayol ham Allohning bandasi. Asllari bir. Erkaksiz ayol bo‘lmaydi. Ayolsiz erkak bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo: «… Ba’zingiz ba’zingizdandir», demoqda.» 1 «Ey Robbimiz! Uzing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat etgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan. » Qiyomat kuni Alloh Payg‘ambar (a.s.v.) ni va u kishiga ergashgan mo‘minlarni sharmanda qilmaydi. Demak, boshqalarni sharmanda qiladi. Usha kunda Payg‘ambar (s.a.v.) va u kishiga ergashgan mo‘minlarning oldida va O’ng tarafida yo‘llarini yoritib turadigan nur qilib kuyadi. «Ular esa, Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, Gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan,» - deydilar. Qiyomat kunida Mo‘minlardan boshqalar zulmatda qoladilar. Mo‘minlar yo‘lini esa nur yoritib turadi. Ular zulmatda adashmaydilar, qoqilib – surilmaydilar ham. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar (s.a.v.) «Ey parvardigor! Qiyomat kuni sharmanda qilmagin», deb duo qilganliklari keltirilgan. Muhammad ibn Nasr Marvaziy Abu Dardo va abu Zarrlardan rivoyat qilgan hadisda shu oyatdagi ma’no bor. Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qilib aytadilarki: «Qiyomat kuni sajda qilishga birinchi izn berilgan shaxs men bo‘laman. Sajdadan bosh ko‘tarish uchun izn berilgan birinchi shaxs ham men bo‘laman. Boshimni ko‘tarib, oldimga nazar solib, ummutlar ichiga uz ummatimni taniyman. O’ng tarafimga nazar solib, ummatlar ichidan uz ummatimni taniyman. Chap tomonimga nazar solib ummatlar ichidan uz ummatimni taniyman», dedilar. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Ummatlar ichidan uz ummatingizni qandoq taniysiz?» deb so‘radi. U zot: «Tahoratining sababidan peshonalari va oyok-qo‘llari yarqirab turganidan, ulardan boshqa xech bir ummat bundoq bo‘lmaydi. Yana nomai amallari o‘ng qo‘llaridan berilayotganidan taniyman. Sajda tufayli yuzlaridagi nurdan taniyman va oldilarida yo‘l kursatib ketayotgan nurlaridan taniyman», dedilar. Alloh taolo barchamizni Ushbu belgilar bilan uzgalardan ajratib turadiganlaridan qilsin! ___________________________ 1 A’rof surasi 23 oyat 2 Abdulaziz Mansur 153 bet Shayton Odam Ato va Momo Havoni aldab, uz yo‘liga soldi va nixoyat ularni gunohkor qilib, martabasini pastlatdi. To usha damgacha ularning avratlari berk yaratilgani uchun kurinmas edi. «Ikkovlari daraxtdan totib kurishganda, avratlari uzlariga kurinib qoldi. » Bu uning aybdolik gunohkorlik belgisi bulib qoldi. Ularning nigohilari bir-birlarining avratlariga tushdi. Buni sezishlari bilan darol: «uzlariga jannat barglaridan to‘siq to‘qiy boshladilar». Ya’ni barglarni bir-biriga ulab avtini tusdi. Ana shunday xijolatli va sharamandali xolda turganarida: «Robbisi uga nido qildi» Sizni ana usha daraxtdan kaytargan emasmidim va albatta, shaytan ikkovingizni ochiq-oydin dushman demaganmidim?! dedi? Alloh taolo odam va xavoga taqqiqlangan ishni qilib gunohlar bulganini bildirib, itob etdi. Burun iblis alayxi la’naga ham amrini bajarmaganini eslatib, itob qilgan» edi. Ammo odam bilan xavo uzini iblis alayxi la’na kabi tutmadi, ya’ni darxol gunohiga ikror bo‘ldilar va: «ey Rabbimiz! Biz uzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon kurgan bulamiz,» dedi!. Ular iblis alayxi la’na kabi, gunoh qilib yana takabburlik bilan baxona axtarib, uzini oqlash va da’vo qilishga zur bermadilar! Balki, najot yo‘lini ixtiyor qildi. Darxol aybini buyniga oldi, Alloh uzi gunohini kechmasa, uchga rpaxm qilmasa, axvoli chatoq bo‘lishini ochiq-oydin aytdilar. Aslida insonning najot topishiga omil bo‘lgan xodisaning uzi shu. Chunki shayton alayxi la’na ham, inson ham dastavval xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo okibat natija ikki xil bulib chikdi. Shayton la’natga giriftor bo‘ldi. Inson rahmatga erishdi. Uning bu martabaga gunohdan keyinchi xolati sabab bo‘ldi. Gunohkor shayton keyin ham kibru xavoni tark etmadi. Gunohiga ikror bulib, tavba qilmadi. Boz ustiga, uz qilmishini to‘g‘ri deb da’vo qildi. Odam esa, darxol tavba qildi va Alloh taoladan madad suradi. Shunday qilib har ikkovini ham haqikiy tabiati yuzaga chikdi. Xususiyati namoyon bo‘ldi. «keksalik paytida menga Ismoil va Ishoqni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Albatta, robbim duoni eshituvchidir» « Ibrohim (a.s) uzoq vaqt farzand kurmagan. To‘qson yoshida Ismoil (a.s.), so‘ngra Ibrohim (a.s.) dunyoga kelgan. Keksa kishiga Allohning ne’matidur. Shuning uchun Ibrohim (a.s) o‘g‘illari Ismoil (a. s.) yordamida baytullohni qurib , bo‘lganlarida ham bu ne’matni yodga olib, uzlariga keksalik chogida farzand bergan Allohga hamdu sanolar aytmokdalar. Alloh taoloning duolarini kabul etuvchi eot ekanini zikr qilmokda! «Albatta, Rabbim duoni eshitguvchidir». «Ey Rabbim! Meni va zuriyotlarimni namozni to‘kis ado etadigan qilgin. Ey Rabbimiz , duoni kabul etgin ».1 Ibodat paytida Yana ibodat uchun Allohdan yordam surash ibodatning bardavom bo‘lishida Allohning uzidan yordam so‘rashni anglatadi. Allohning duolarini kabul etguvchi zot ekanini zikr qila turib, Yana duoni kabul etishini surash biror to‘siq bulib kolmasin, degan xavfni anglatadi. 1 Ibrohim surasi 39-40 oyat, 2 Abdulaziz Mansur 260 bet «Ey Rabbimiz! Meni, ota-onamni va Mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin» Hisob qilinadigan kun deganda Qiyomat tushuniladi, albatta. Usha kunda Allohning mag‘firati bo‘lmasa, xech kim najot topmaydi. «Ey Robbimiz, bizga uz xuzuringdan rahmat bergin va ishimizni uzing to‘g‘rilagin.» «Musulmonlar! Robbilari kalomi bulmish Kur’oni karim oyatlari ularga eslatilganda yaxshilab eshitadilar, anglab tushunadilar va amal qilishga utadilar.» «Ular «Ey Robbimiz! Uzingiz bizga jufti halolimizdan va zurriyotlarimizdan kuzimiz kuvonadigan narsa hadiya et, hamda bizlarni taqvodorlarga yo‘lboshchi et», deydiganlardir.» Doimo ahli ayollari va farzandlari ham Islom yo‘lida yurishining payida bo‘lish hamda taqvodorlarning peshvosi bo‘lishga urinish. Rahmonning suyukli bandalari doimo jufti halollaridan ham, bola-chaqalaridan ham ko‘zlarini quvonchga to‘ldiradigan narsalarni ko‘rishni Alloh taolodan surash bilan birga, unga harakat ham qilishadi. Uz shaxslarining esa taqvoda boshqalarga o‘rnak bo‘lishga tirishadilar. 1 Kahf surasi 10 oyat , 2 Tafsiri ibn Kasir 409 bet Imom Muslim Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh (s.a.v.) «Agar odam farzandi ulsa, uning amallari kesiladi magaram uch narsaning savobi yetib turadi: Solih farzandi, uning haqkiga duo qiladi. Ilm qodirgan bo‘lsa, sadaqai joriya chiqargan bo‘lsa», dedilar. «Ana ushalar sabr qilganlari uchun «g‘urfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar.» Arab tilida oliy maqom xos xona «g‘urfa» deyiladi. Tafsirchi olimlarimizdan ba’zilari ushbu oyatdagi «g‘urfa» so‘ziga, «oliy daraja», «jannat», «jannatdagi alohida xona» ma’nolarini berishgan. Aslida, hammasini qo‘shib, “jannatdagi oliy maqom xos xona”, desak maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. Rahmonning suyukli bandalari: «… unda tabrik va salomlar bilan qarshilanurlar.» Ya’ni, yuksak hurmat va ehtirom bilan kutib olinadilar. «Ular unda abadiy qolurlar. U qanday ham go‘zal qarorgoh va manzildir». Ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari usha «g‘urfa» da abadiy qoladilar. Ularning «g‘urfa» bilan mukofotlanishlari vaqtinchalik emas. U eng guzal turar joy va eng guzal maskandir. 1 Tafsiri ibn Kasir 2 juz 642 bet, Mishkotul Masobiyh 1 juz 2 Furqon surasi 74 oyat XULOSA Barchaga ma’lumki inson boshiga mushkul ish tushganda, hayotning achchiq va og‘ir zarbalariga dosh berolmay qolganda, dunyo sinovlariga toqati yetmay qolganda, uylagan orzu-umidlari ro‘shno topmay hatto yurishga yo‘l topolmay boshi berk ko‘chaga kirib qolgan vaqtda, albatta, yaratguvchisiga iltijo qiladi, Undan o‘z xojatlarini, orzularini amalga oshishini so‘raydi. Inson har qanday holda ham Allohga duo qiladi, inson o‘lim vaqtida yo‘qotadigan ne’matlarining oxirgisi ham duo bo‘ladi. Faxr etib, manmansirab yurmoqdim Olloh saqlasin, Oqibatli, mehribon ko‘ngil shikasta aylasin. Zohiri siliq bo‘lib, qalbi qora dildordan, Ikki tillik bevafo, oshnoyu yordan saqlagin. Olimu donolarning suhbatida qil mudom, Nokasu nodonlarning suhbatidan saqlagin. Ikki dunyoni yaratgan qodir Ollohim manim, Ne’mating sonsiz biza, kufronalikdan saqlagin. O’zbekiston ahliga hech bermagin dardu alam G’ayrilarning o‘zbegimga bosh bo‘lishdan saqlagin. Duo faqatgina butun olamlarni yaratgan Zotga qilinadi. Unga sig’iniladi. Unga ibodat qilinadi. Unga suyaniladi. Unga iltijo qilinadi. Undan boshqa biror shaxs yoki narsaga hech qachon iltijo qilinmaydi. Duo qilib, so’ralishlikka eng loyiq bo’lgan zot Alloh taolodir. Buni banda doimo yodida saqlamog’i darkordir. Chunki insonning boshiga turli xil holat, vaziyatlar tushadi. Ana shunday paytlarda kishi o’zini yo’qotmasdan, darhol o’z rabbisiga iltijo qilishligi, rabbisidan mushkulini yengillatishini so’rashligi lozimdir. Boshqa birovlarning ostonasiga bosh urib borish esa ulkan xatodir. Chunki, Alloh taolo o’zining oxirgi va haq kalomida: “Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yo'qsa, azoblanganlardan bo'lasan” (“Shuaro”, 213), deya marhamat qilib qo’ydi. Boshqa oyatlarda Allohdan o'zgaga duo qiluvchilarning holati haqida shunday deylilgan: “Ularning Allohdan o'zga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, o'zlari yaratilurlar. O'liklardir, tirik emaslar va qachon qayta irilishlarini bilmaslar” (“Nahl”, 20-21). Bularni bilgan mo'min aslo va aslo Allohdan boshqasiga duo qilmaydi. Faqat Unga ltijo qilib, faqat Undan istaydi. Shu sababli “Fotiha” surasida iymon keltirganlarga qyidagi oyatlar duo tarzida ta'lim berilgan: “Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so'raymiz. Bizni to'g'ri y'lga hidoyat qilgin. O'zing ne'mat berganlarning yo'liga boshlagin, g'azabga duchor b'lganlarning yo'liga emas, adashganlarnikiga ham emas” (1-4 oyatlar). Allhdan boshqasini iloh tutganlar, ya'ni mushriklar ham vaqti-vaqti bilan duo qiladilar, lekin ularning duosi mo'minlarnikidan tubdan farq qiladi. Avvalo bu farq ularning hamma narsani eshituvchi va biluvchi Zotga emas, balki hech narsadan bexabar soxta iohlarga duo qilishda aks etadi. Keyingisi esa ularning faqat qiyin vaqtlarda bir yaratuvchiga ehtiyoj sezib, bu vaziyatdan chiqish uchun duo qilishlaridir. Aslini olganda inson hayotida Allohga muhtoj bo'lmagan hech bir on yo'q. Mushriklar esa bu ulkan haqiqatdan yiroq bo'lganlari bois soxta ilohlari ularning iltijolariga javob bermagandagina, asl yaratuvchiga ehtiyoj sezadilar. Mushrik va mo'min duosidagi asosiy farq mana shularda o'z ifodasini topadi. Mo'minlar eng avvalo duolarini faqatgina Allohga qiladilar. Qolaversa, ularning duosi hamma vaqt davom etadi. Duodan murod – uning ijobat bo’lishidir. Kimniki tilidan, dilidan Allohning zikri bir soniya ham tushmasa, uning duosi tezda qabul bo’ladi. Agarda Allohning zikri ora-chora bo’lsa, duosi ham ora-chora qabul bo’ladi. Ilohi Yaratganning zikri bilan yashashni barchamizga nasib qilsin. Duoga qo’l ochaylik, mustajob bo’lsin. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling