Мавзу: Куръони Каримдаги дуо


Ayyub alayhissalomning duolari


Download 402.5 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1530462
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Duo haqida nusxa

Ayyub alayhissalomning duolari
Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik” (“Niso”, 163) Qur'onning to'rt surasida nomlari tilgan olingan Ayyub alayhissalomning sabri barchaga ibrat qilib ko'rsatilgan. Allohning tanlangan bandasi sifatida vahiy yuborilgan Ayyub alayhissalom og'ir sinovga uchraydilar. Lekin Allohga bo'lgan mustahkam e'tiqod, ibodatlarda sobitlik va eng muhimi go'zal sabr bilan bu sinovdan juda go'zal o'tganlar. Ayyub alayhissalomning duosi, U zotning go'zal sabri odamlarga eslatma sifatida Qur'onda maqtab vasf etilgan. “Va Ayyubning O'z Robbisiga nido qilib: “Albatta, meni zarar tutdi. Sening O'zing rahmlilarning rahmligisan!” deganini esla. Bas, Biz uning duosini istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O'z rahmatimiz ila va obidlarga eslatma bo'lsin, deb qildik” (“Anbiyo”,83-84). “Sod” surasida Ayyub alayhissalom qissasi shunday bayon qilingan: “Bizning bandamiz Ayyubni esla. O'shanda u Robbiga nido qilib: “Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi”, dedi. “Oyog'ing ila tepgin! Bu cho'miladigan va ichiladigan sovuq suv. Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu Bizdan rahmat o'laroq va aql egalariga eslatma uchun bo'ldi. Qo'lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma” dedi. Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o'ta qaytguvchidir” (“Sod”, 41-44). Albatta, olamlarning Robbisi Alloh bandalarini turli yo'llar bilan imtihon qiladi. Ayyub alayhissalomni ham O'ziga ma'lum sinov bilan imtihon qilgan. Shunga o'xshash sinovlar hammaning boshidan o'tishi mumkin. Shunday holatda qolgan mo'min Ayyub alayhissalomdan ibrat olib, boshiga tushgan mashaqqatlar bir sinov ekanligi va Alloh hech kimga toqatidan ortiq narsani yuklamasligini eslab sabr qilishi lozim.

Muso alayhissalomning duolari
Bani Isroil qavmiga Payg'ambar qilib yuborilgan Muso alayhissalom, Fir'avnning zulmidan najot topish uchun onasiga kelgan vahiyga ko'ra go'dakligidayoq daryoga tashlangan edi. Uni ushlab olgan Fir'avn oilasi o'zlariga farzand qilib asrab olishdi. “Va Musoning onasiga: “Uni emizaver. Bas, unga yomonlik yetishidan qo'rqqan chog'ingda uni daryoga tashla, qo'rqma, xafa bo'lma, Biz, albatta, uni senga aytarguvchimiz va Payg'ambarlardan qilguvchimiz”, deb vahiy qildik. Bas, Fr’avnning oilasi uni o'zlariga dushman g'am-g'ussa bo'lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avni, Homon va ikkovlarining askarlari xafirtokorlardan bo'lgan edilar” (“Qosos”, 7-8). Bolasini oqizib yuborgan onaning ko'ngli huvillab qoladi. Ammo Alloh unga mustahkam iroda berib, bu sir oshkor bo'lmasligini iroda qiladi. Ona chaqaloqning opasiga uning izidan borishni tayinlaydi. Opasi chaqaloq solingan sandiqni Fir'avn bog'iga oqib kirganini, ular bolani sandiqdan olish-ganini ko'radi. Bolani ko'rgan Fir'avnning oilasi uni yaxshi ko'rib qoladi. Ular bolani emizadigan ayol qidiradilar. Ammo Allohning irodasi bilan bola hech kimni emmaydi. Buni bilgan Musoning opasi ularga chaqaloqni emiza oladigan odam topib kelishini aytadi. “Bas, Biz uni onasiga ko'zi quvonchga to'lishi, xafa bo'lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko'plari buni bilmaslar” (“Qosos”, 13).
Muso alayhissalom Fir'avn saroyida voyaga yetdi. Boshqa Payg'ambarlar kabi Alloh unga ham ilm va hikmat berdi. Qur'onda Muso alayhissalomning Allohga yuzlanib duo qilishiga sabab bo'lgan voqea shunday bayon qilingan: “Va u shaharga uning aholisi g'aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko'rdi. Bunisi o'z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o'z guruhidan bo'lgan dushman bo'lganga qarshi unday yordam so'radi. Shunda Muso uni bir musht tushirib o'ldirib qo'ydi. U: “Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo'ldan ozdirguvchidir”, dedi. (“Qosos”, 15). Bu voqeadan so'ng Muso alayhissalom Allohdan mag'firat tiladi va jinoyatchilarga yordam ko'rsatmaslikka va'da berdi. “U: Ey Robbim, albatta, men o'zimga zulm qildim. Bas, meni mag'firat qil”, dedi. Shunda U Zot uni mag'firat qildi. Albatta, Uning O'zi mag'firat qilguvchi, mehribondir. U: “Ey Robbim, menga bergan ne'matingning haqqi-hurmati hargiz jinoyatchilarga yordamchi bo'lmasman”, dedi. (“Qosos”, 16). Ertasi kuni bir kun oldin Fir'avn qavmidan bo'lgan kishi bilan urushayotgan kechagi kishini ko'rib qoladilar. Bugun u boshqa odam bilan urushayotganining guvohi bo'ladilar. Kechagi kishi yana Muso alayhissalomni yordamga chaqiradi. Ammo kechagi ishidan qattiq nadomatlangan va boshqa bunday qilmaslik uchun Allohga va'da bergan Muso alayhissalom unga: “Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan”, dedi. (“Qosos”, 18). Bu orada fir'avn va uning a'yonlari Muso alayhissalomni o'ldirish uchun til biriktirayotgan edi. Bundan xabari bo'lgan bir mo'min odam Muso alayhis-salomni ogohlantirib qo'yadi. Buni eshitgan Muso alayhissalom shunday duo qiladilar: “Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin” (“Qosos”, 21).
Alloh Muso alayhissalomning duosini qabul qildi. O'z marhamati bilan Muso alayhissalomning yo'lini Madyan tomonga burib qo'ydi. Muso alayhissalom notanish taraflarga ketar ekan, Allohdan umid qilib: “Shoyadki, Robbim meni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsa”, (“Qosos”, 22) deb iltijo qildilar. “Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to'p odamlarning hayvonlarini sug'orayotganini ko'rdi va ulardan boshqa qo'ylarini suvdan qaytarayotgan ikki ayolni ko'rdi. U: “Sizlarga nima bo'ldi?” dedi. Ular Cho'ponlar qaytmagunlaricha sug'ora olmaymiz, otamiz qari chol”, dedilar. Bas, ikkovlariga hayvonlarni sug'orib berdi. So'ngra soyaga qaytdi va “Ey Robbim, albatta menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman”, dedi. Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam senga bizlarga sug'orib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqda”, dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: “Qo'rqma, zolim qavmlardan najot topding”, dedi. (“Qosos”, 23-25) Qariya qizlarining taklifiga ko'ra Muso alayhissalomni ishga yollamoqchi bo'ladi. U Muso alayhissalomga buni quyidagi tarzda bildirdi: “... Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birisini senga nikohlab bermoqchiman, agar o'n yilni tamom-lasang, bu sening ishing. Men senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshaalloh, meni solih kishilardan ekanimni ko'rasan” (“Qosos”, 27). Kelishilgan muddat tugagach Muso alayhissalom ahli ayollarini olib yo'lga tushadilar. Tur tog'iga yaqinlashganda, uzoqdan olov yonib turganini ko'radilar. Ahli ayollarini o'sha yerda qoldirib, olov ko'ringan tarafga qarab ketadilar. U yerga yaqinlashgach Alloh tomonidan: “Ey Muso” degan nido keldi. So'ngra Alloh taolo: “Albatta, Men, O'zim olamlarning Robbi Allohdirman” deydi. (“Qosos”, 30). So'ng Alloh O'z Payg'ambariga ikki mo''jiza-hujjat ato etadi. Tashlaganda katta ilonga aylanadigan hassa va qo'lini qo'ltig'iga tiqqanda uning oppoq bo'lib chiqishi. Bu ikki mo''jiza Fir'avn va uning a'yonlarini Allohning diniga chaqirishda qo'llaniladigan hujjat edi. Muso alayhissalom bunday mas'uliyatli ishni bajarishdan avval bir oz mulohazaga borib shunday deydilar: “Ey Robbim, men ulardan bir jonni o'ldirganman, ular meni o'ldirishlaridan qo'rqaman. Birodarim Horun mendan ko'ra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydilar. Zero, ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqurman” (“Qosos”, 33).
Alloh Muso alayhissalomni Horun alayhissalom bilan quvvatlashini aytib, Fir'avnning yoniga borishni buyurdi. Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday duo qildilar: “Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin, so'zimni anglasinlar. Menga o'z ahlimdan bir vazir qilib ber. Og'am Horunni. U bilan belimni quvvatla. Uni ishimga sherik ayla. Senga ko'p tasbeh aytishimiz uchun. Va Seni ko'p zikr qilishimiz uchun. Albatta, Sen O'zing bizni ko'rib turuvchi eding” (“Toha”, 24-35). Muso alayhissalomning duosini qabul qilgan Alloh: “Ey Muso, senga so'raganing berildi”, deb marhamat qildi. (“Toha”, 36). Muso alayhissalom Fir'avn va uning qavmiga ko'rsatayotgan mo'jizalari ularni iymon keltirishlariga sabab bo'lishi o'rniga uydirma va sehr deb baholanadi. Muso alayhissalom Fir'avn va uning qavmini Haq yo'liga chaqirishda har tomonlama qattiq harakat qildilar. Ammo tug'yonga ketgan qavm botil yo'ldan chekinishni istamadi. Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday iltijo qildilar: “Ey Robbimiz, Sen Fir'avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yo'lingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yo'q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko'rmagunlaricha iymonga kelmasinlar” (“Yunus”, 88). Alloh taolo bu duoni qabul qilganini quyidagi tarzda bildirdi: U: “Batahqiq, ikkovmizning duomiz qabul bo'ldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yo'liga ergash-manglar”, dedi” (“Yunus”, 89). Muso va Horun alayhissalom Allohning: “Batahqiq, Biz Musoga: “Sen bandalarim ila kechasi yo'lga tush, ularga dengizdan quruq yo'l och, yetib olishlaridan xavf qilma va qo'rqma” (“Toha”, 77) amriga ko'ra Bani Isroil qavmini Fir'avn zulmidan qutqarish uchun Misrni tashlab ketishadi. Ularning orqasidan Fir'avn va uning askarlari quvib kela boshlaydi. Yo'ldan dengiz chiqadi. Muso alayhissalom dahshatga tushmasdan, Allohning amriga ko'ra qo'llaridagi hassa bilan dengizga uradilar. Dengiz ikkiga bo'linib, yo'l ochiladi. Hammalari shu yo'ldan o'tib oladilar. Shunda Alloh O'z Payg'ambarining duosini qabul bo'lganini ko'rsatadi: “Va Bani Isroilni dengizdan o'tkazdik. Bas, Fir'avn va uning askarlari haddan oshgan va tug'yon qilgan holda ularni ta'qib qildilar. Toki unga dengizga g'arq bo'lish yetganida Fir'avn: “Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman”, dedi. (“Yunus”, 90). Shunda Alloh: “Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg'unchilardan bo'lgan eding-ku?! Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o'zingdan keyingilarga ibrat bo'lgin. Albatta, ko'p odamlar Bizning oyatlarimizdan g'ofildirlar” dedi. (“Yunus”, 91-92).
Fir'avnning o'limidan so'ng nima bo'lgani haqida Qur'onda shunday deyilgan: “Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylash-tirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to o'zlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar...” (“Yunus”, 93). Allohning va'dasiga muvofiq Fir'avn va uning a'yonlari halok bo'lganidan so'ng Muso alayhissalomga kitob berishi kerak edi. Muso alayhissalom bu haqda Allohdan so'raganlarida, U Zot o'ttiz kun ro'za tutishni amr qiladi. Muso alayhissalom o'ttiz kun ro'za tutadilar. Uchrashuv belgilangan vaqtga tayyorgarlik ko'rayotganlarida Allohdan yana o'n kun ro'za tutish amri keladi. Muso alayhissalom Alloh buyurgan amrni to'la bajaradilar. So'ngra Tur tog'i tomon yo'l olib, o'rnilariga og'alari Horun alayhissalomni qoldiradilar. Muso alayhissalom ketishlari bilan Bani Isroil Horun alayhissalomning gapiga kirmay tilla taqinchoqlardan yasalgan buzoqni iloh tutadi. Muso alayhissalom qavm yoniga darg'azab holda qaytadilar. O'rnilariga tayinlab ketgan akalari Horun alayhissalomni sochidan tortadilar. Horun alayhissalom Muso alayhissalomga bo'layotgan voqealarga bepisand qarab turmaganini, qavm uni xo'rlaganini, hatto o'ldirib qo'yishlariga oz qolganini aytadi. Shunda Muso alayhissalom Allohga iltijo qiladilar: “Robbim, meni va akamni mag'firat qilgin va bizlarni O'z rahmatingga kiritgin. Sening O'zing rahim qilguvchilarning rahimlirog'isan” (“A'rof”, 151) Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini o'z miyqotiga olib kelishni amr qiladi. Bu yetmish kishi Bani Isroilliklar nomidan Allohga uzr aytib, duo qilishlari kerak edi. Ular esa, Muso alayhissalomga, bizga Xudoning o'zini ko'rsat, deb turib oladilar. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan so'ng, ularni dahshatli zilzila tutib, o'zlaridan ketadilar. Shu payt Muso alayhissalom Alloh taologa iltijo qilib: “Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo'lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa”, dedilar. Iltijoda davom etgan Muso alayhissalom: “Sen valiyimizsan, bas, bizni mag'firat qil, bizlarga rahim et. Sen O'zing mag'firat qiluvchilarning eng yaxshisisan. Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo'y. Biz Sening O'zingga tavba qildik”, deb, duo qildilar. (“A'rof”, 155-156). Qur'onda Muso alayhissalom bilan bog'liq oyatlarga nazar solsak u zotning duolarida ixlos, ishonchni ko'rish mumkin. Alloh taolo Muso alayhissalomni vaqt hamda turli hodisalar orqali tarbiyalab ulug' Payg'ambar qildi.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling