Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
Lut alayhissalomning duolari
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ey Lut, agar gaping rost bolsa, Allohning azobini keltir”
Lut alayhissalomning duolari
“Albatta, Lut ham yuborilgan Payg'ambarlardandir” (“Soffat”, 133). Qur'onda hukm va ilm berilgan payg'ambar deb ta'rif etilgan Lut alayhissalom Nuh alayhissalom kabi qavmini uzoq yillar haq dinga da'vat qilganlar. U zot qavmidagi erkaklar noto'g'ri jinsiy aloqa, erkak bilan erkak jinsiy yaqinlik qilardi. Lut alayhissalomning asosiy vaziflaridan bir ularni bu qabih ishdan qaytarish edi. Ammo tug'yonga ketgan qavm Lut alayhissalomning o'gitlarini tinglamay, qilayotgan gunohlari uchun keladigan azoblardan ham qo'rqmay qo'ygandi. “Va Lutni yubordik . Uning o'z qavmiga: “Sizdan oldin olamlarda hech Kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?! Albatta, sizlar ayollarni qo'yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yo'q! Sizlar isrofchi qavmsiz!” deganini esla. Qavmning javobi: “Ularni qishlog'mizdan chiqarib yuboring, ular juda ham pokiza bo'laveradigan odamlar ekan”, deyishlaridan boshqa narsa bo'lmadi” (“A'rof”, 80-82). Lut alayhissalomning barcha urinishlari zoe keta-yotgan edi. Buzg'unchi qavm o'z Payg'ambariga: “Ey Lut, agar gaping rost bo'lsa, Allohning azobini keltir”, deyishadi. Ulardan umidini uzgan Lut alayhis-salom Allohga shunday duo qiladilar. “U Ey Robbim, menga buzg'unchi qavmlarga qarshi O'zing nusrat ber”, dedi. (“Ankabut”, 30). Alloh Lut alayhissalomning duosini qabul qiladi. U zotning uyiga kelishgan, chiroyli yigitlar qiyofasidagi uchta farishtani yuboradi. Qavmining buzug'ligini bilgan Lut alayhissalom mehmonlarning tashrifidan xavotirga tusha boshlaydilar. Lekin ular juda xotirjam, sokin holda o'tirishar edi. Mehmonlar kelganini Lut alayhissalom va uning xotinidan boshqa hech kim ko'rmagandi. Xotini bu xabarni qavm erkaklariga yetkazadi. Tun cho'kkan bo'lishiga qaramay ular Lut alayhissalom uylariga yetib kelishadi. U zot ularning yo'lini to'sib mehmonlar oldida sharmanda qilmasliklarini so'raydilar. Tabiiyki ular bunga quloq tutmadilar. Nihoyatda og'ir vaziyatda qolgan Lut alayhissalomga xaligi mehmonlar: “...Sen xavfsirama va mahzun ham bo'lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo'lguvchi-lardan bo'lgandir. Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga fosiqlik qil-ganlari tufayli osmondan azob tushirguvchimiz, dedilar” (“Ankabut”, 34). Shu vaqt eshik parchalanib uy ichiga qattiq shamol kiradi. Jabroil alayhis-salom qo'llari bilan ishora qilganlaridan so'ng qavmning ko'zlari ko'r bo'lib qoladi. Ular bir-birlarini urib yiqitib qocha boshlaydilar. Farishtalar Lut alayhissalomga kechasi o'z ahli bilan bu yerdan chiqib ketishni, shiddatli ovoz kelsa hxam orqaga qaramaslikni buyuradilar. Orqaga qaraganlar azobga duchor bo'lshini ta'kidla-ydilar. Erta saharda Jabroil alayhissalom qanotlari bilan Lut alayhissalom qavmi yashayotgan barcha shaharni osmonga ko'tarib, to'ntarib tashlaydi. Robbisi va Payg'ambariga qarshi chiqqan qavm halok bo'ldi. Bu misolda ko'rganimizdek duo faqat odamlarning yaxshiligi, dunyo va oxirat saodati uchun bo'lmasligi ham mumkin. Allohning hadlaridan chiqqan, mo'minlarga zulm qilgan qavmining halokati uchun bir qancha Payg'ambarlar duo qilishgan. Lut alayhissalomning duosi ham bunga bir misoldir. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling