Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
III. Qur`onda kelgan Payg’ambarlarning duolari
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuh alayhissalomning duolari “Biz Nuhni oz qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Paygambar qilib yubordik” (“Nuh”, 1)
- “Robbim, albatta, oglim ahlimdandir, albatta, vadang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan” (“Hud”,45).
- “Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir ozingning ilming bolmagan narsani zinhor soramagin. Men senga johillardan bolmasligingni nasihat qilaman”, dedi. (“Hud”, 46).
III. Qur`onda kelgan Payg’ambarlarning duolari
Qur'onda tilga olingan Payg'ambarlarning har biri, ma'lum xususiyatlari bilan diqqatni tortgan qavmlarga yuborilgan. Bu qavmlar o'zlariga yuborilgan elchilarni yolg'onchiga chiqarishgan, ularga nisbatan turli axloqsizliklar ko'rsatishgan. Payg'ambarlarning vazifasi esa dinni bilmagan yoki bilgani holda to'g'ri yo'ldan og'ib ketgan bunday qavmlarga haq dinni tanitish, ularni Allohga iymon keltirishga da'vat etishdir. Bu esa o'ta mas'uliyatli hamda mashaqqatli ish edi. Ammo Alloh Payg'ambarlarining barchasi bunday mas'uliyatli ishda o'zlariga Allohni vakil, madadkor deb bilishgan. Hamma vaqt, har onda faqat U Zotga suyanishgan. Alloh ularning bu axloqiy fazilatlarini Qur'onda takror-takror vasf etgan. Albatta, Alloh hamma vaqt iymon keltirganlarga madadkor bo'lgan. U Zot bu xususda Qur'onda shunday marhamat qilgan: “Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo'lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g'orda turgan-larida, u sherigiga, xafa bo'lma, Alloh, albatta, biz bilan, dedi. Bas, Alloh uning ustidan O'z sokinligini nozil qildi va siz ko'rmagan lashkarlar bilan qo'lladi. Kufr keltirganlarning kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o'zi yuqori. Alloh g'olib va hikmatli Zotdir” (“Tavba”, 40). Payg'ambarlar o'zlariga bu mas'uliyatli vazifa topshirilgan vaqtdan boshlab yagona maqsadlari uni go'zal holda, mukammal ado etish bo'lgan. Ular bu vazifani bajarish chog'ida faqat va faqat Allohga suyanishgan, U Zotdan yordam, quvvat so'rab duo qilishgan. Shu sababli risolamizning bundan keyingi bo'limlari Qur'onda Payg'ambarlar tilidan qilingan duolarni o'rganish bo’ladi. Nuh alayhissalomning duolari “Biz Nuhni o'z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg'ambar qilib yubordik” (“Nuh”, 1). Qur'onda, uzoq yillar davomida mustahkam azmu qaror bilan qavmini Allohga iymon keltirishga chaqirgan Nuh alayhissalomning to'g'riso'zligi, halimligi, marhamati, sabri maqtab vasf qilingan. U zotning har qanday vaziyatda Allohga suyanishi, Undan madad so'rab duo qilishi mo'minlarga ibrat qilib ko'rsatilgan. Ma'lumki, Nuh alayhissalom Allohni qo'yib loydan, toshdan yasab olingan soxta ilohlarga ibodat qilinadigan qavmni dinu diyonatga chaqirish uchun Payg'ambar qilib yuborilgan. Nuh alayhissalom Allohning amriga bo'ysunib qavmlarni soxta ilohlarni qo'yib, olamlarning Robbisi Allohga iymonga keltirishga chaqiradi. Nuh alayhissalom qavmlarining asosiy qismini boy kishilar tashkil etardi. Shu sababli o'z mehnati bilan kun ko'rayotgan oddiy odamdan Payg'ambar chiqqani ularniajablantirardi. Ular o'zlaridan “past” turadigan odamga itoat qilmaslikni afzal bilishdi. Nuh alayhissalom qavmlaridan faqat sanoqli kishilargina iymon keltirdi. U ham bo'lsa o'zlariga o'xshash oddiy mehnatkashlar edi. Shunday qilib Nuh alayhissalom jami to'qqiz yuz ellik yil odamlarni kechayu kunduz ham maxfiy, ham oshkora Allohning diniga da'vat qildilar. U zot odamlarni qancha ko'p iymonga chorlasalar, shuncha ko'p Nuh alayhissalomdan qochishdi. Allohdan qavmdagi iymon keltirgan kishilardan boshqalari iymon keltirmaydi degan xabar kelgandan so'ng ham Nuh alayhissalom yana bir bor urinib ko'rdilar. Lekin foydasi bo'lmadi. Nuh alayhis-salom g'azablanib Allohga shunday duo qildilar: “Va Nuh: “Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo'ymagin. Albatta, Sen ularni tek qo'ysang, bandalaringni adashtirurlar va fojiru kofirdan boshqa tug'maslar. Robbim, meni mag'firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo'min bo'lib kirganlarni va mo'minlaru mo'minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o'zga narsani ziyoda qilma”, dedi” (“Nuh”, 26-28). Alloh Nuh alayhissalomning bu duosini qabul qilib ro'y beradigan to'fonga qarshi tayyorgarlik ko'rib kema qurishni amr etgan. Nuh alayhissalom atrofida hech qanday dengiz bo'lmasligiga qaramay Allohga so'zsiz itoat etib kema yasashga tushdi. U zotning qavmidagilar Nuh alayhissalomning bu harakatlarini masxara qildilar. “U kema yasamoqda. O'z qavmidan bo'lgan zodagonlar qachon oldidan o'tsalar, uni masxara qildilar: U Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganmizdek sizni masxara qilurmiz. Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz”, dedi. (“Hud”, 38-39). Nuh alayhissalom qavmining barcha bu harakatlariga qaramay kema qurishda davom etadilar. Oxir oqibat Allohning va'dasi oshib tinimsiz yomg'ir quya boshlaydi. Suv ko'pay-gandan–ko'payib borardi. Alloh Nuh alayhissalomga o'zi, ahli va mo'minlarni, hamda barcha hayvonlardan bir juftdan olib kemaga chiqishni buyuradi. Dunyoni to'fon bosib qavm halok bo'ladi. Ular orasida farzandlari bo'lgani bois otalik mehri jo'shib ketgan Nuh alayhissalom Allohga shunday nido qiladilar: “Robbim, albatta, o'g'lim ahlimdandir, albatta, va'dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan” (“Hud”,45). Bu nido orqali Nuh alayhissalom ey Robbim, Sen menga ahlingni qutqaraman, deb va'da berganding, o'g'lim ahlimdan-ku, o'sha bolamni menga bergin, o'zing hikmat ila hukm chiqarguvchi Zotsan, demoqchi bo'lganlar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu nidolariga quyidagicha javob beradi: “Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir o'zingning ilming bo'lmagan narsani zinhor so'ramagin. Men senga johillardan bo'lmasligingni nasihat qilaman”, dedi. (“Hud”, 46). Shundan so'ng Nuh alayhissalom Allohdan quyidagicha duo qilib panoh so'radilar: “Robbim, men o'zimning ilmim bo'lma-gan narsani Sendan so'ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag'firat qilmasang va rahim ko'rsatmasang, ziyon ko'rguvchilardan bo'lurman” (“Hud”, 47). Qur'onning boshqa surasida Nuh alayhissalom duosining qabul bo'lishi quyidagicha bayon qilingan: “Va Robbisiga duo qilib: “Albatta, men mag'lub bo'ldim, yordam ber”, dedi. Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik. Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar. Va u Nuhni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga kemaga ko'tardik. U kemani inkor qilingan shaxs Nuhga mukofot bo'lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir” (“Qamar”, 10-14). Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling