Мавзу: Куръони Каримдаги дуо
Duoga solih amalni vasiyla qilish
Download 402.5 Kb.
|
Duo haqida nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duoda haddan oshish.
- Rivoyat qilingan va qilinmagan narsalarla duo qilish.
Duoga solih amalni vasiyla qilish.
Shiddatli holatga tushgan odam o'zi qilgan yaxshi amalni vasiyla qilib duo aylashi mustahabdir. Bunga g'orga kirganlarida chiqish yo'lini xarsang to'sib qolgan uch kishining duolari hujjatdir. Duoni umumiy qilish. Duo qiluvchi faqat o'zi uchun duo qilmay, umumiylashtirib duo qilishi mastahabdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Ali roziyallohu anhuga: «Ey Ali! Umumiy duo qil», deganlar. Boshqa dalillar ham bor. Duoda haddan oshish. Duodan haddan oshmaslik lozim. Duoda haddan oshish bir necha xil bo'ladi. 1. Haddan tashqari ovozni ko'tarib duo qilish. 2. Payg'ambarning martabasini so'rash. 3. Amri mahol narsani so'rab duo qilish. 4. Gunoh ishni so'rab duo qilish. Bu hakda mashhur hanafiy faqih Muhammad Amin ibn Obidiyn rahmatullohi alayhi quyidagilarni yozgan: «Dunyo turguncha ofiyatni so'rash haromdir. Shuningdek, osmondan bezatilgan dasturxon tushishi, havodan nafas olmaydigan bo'lishi, daraxtsiz meva bo'lishi kabi amri mahol narsalarni so'rab duo qilish ham haromdir. Kofirga mag'firat so'rab duo qilish ham haromdir». Rivoyat qilingan va qilinmagan narsalarla duo qilish. Albatta, rivoyatlarda kelgan duolarni qilish afzaldir. Ammo ulamolarimiz barcha dunyoviy va uxraviy duolar joizdir, deganlar. Namozdagi duo. Hanafiy mazhabi bo'yicha namozning salom berishdan oldingi tashahhudida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytgandan keyin Qur'oni Karim va Sunnatdagi lafzlarga o'xshash lafzlar bilan duo qilish sunnatdir. Odamlarning lafziga o'xshash, ey Allohim, menga falonchini xotin qilgin, menga buncha tillo, buncha pul bergin kabi duolarni qilish joiz emas. Ahli fazllardan duo so'rash. Ahli fazl kishilardan duo so'rash mustahabdir. «Allohga duo qilgan va O’nga o‘zini topshirgan banda albatta, uning panohidadir. Faqat banda bandalik vazifasini uddalay olsa, kifoya». Salmon Forsiyning rivoyatlarida Rasululloh ((s.a.v.)) «Qazoi qadarni faqatgina duo kaytaradi, umrni faqat yaxshilik uzaytiradi, deydilar (Imom Termiziy rivoyati) _______________________________________________________ 1 Riyozus Solihiyn, Ixlos bobi 21 bet 5 hadis, 2 Mishkotul Masobiyh 693 bet 2233 hadis Rasululloh ((s.a.v.)) Ibn Umar (r.a.) qilingan rivoyatda aydilar. «Albatta, duo boshga tushgan va tushmagan narsalarga foyda beradi. Duoni o‘zingizga lozim tuting. Ey Allohning bandalari» (Imom Termiziy rivoyati) «Sahobalardan rivoyat qilinishicha Qiyomatda bandaga o‘zi bilmagan yaxshiliklari ro‘para qilinadi. Banda: «Bu yaxshiliklar kaysi amallarim uchun?» deb xayron bo‘ladi. «Ijobat qilinmagan duolaring uchun» deyiladi O’nga. Shunda banda: «Kaniydi, dunyoda bitta ham duoyim ijobat bo‘lmaganda» deb qoladi. Demak, duo uchun vaqtni va qalbni xech qizg‘onish kerak emas.» Anas (r.a.)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ning ko‘p (qilib yuradigan) duolari. «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohim, Senda hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman», der edilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Toriq ibn Ashim al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar kishi Islomga kiradigan bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) O’nga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra mana bu kalimalar ila duo qilishni buyurdilar: _________________________ 1 Mishkotul Masobiyh 766 bet 2487 hadis 2 Riyozus Solihiyn 431 bet 1468 hadis Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar) ning yomoni va dushmanning ichqoraligidan panoh tilang» deb aytdilar, ya’ni: deb duo qilinglar dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
«Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, munqillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan, tirik va o‘liklar fitnasidan panoh tilayman» 2 Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh (s.a.v.) duolaridan edi. «Allohim, bergan ne’mating zavol bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishidan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki g‘azabingdan panoh tilayman.» (Imom Muslim rivoyatlari) «Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ning xuzurlariga bir a’robiy kelib, «Ey Allohning rasuli, menga bir kalom o‘rgatingki, uni aytib yurayin», deganda, u zot: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Alloh ______________________________ 1 Al – Azkor min kalomi sayyidil abror 337 bet ulug‘larning ulug‘idir. Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Robbi Allohdan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham, quvvatli ham yo‘q», deb ayt, dedilar. A’robiy: «Bular Robbim uchundir. Men uchun esa nima?» deganda, Rasululloh (s.a.v.): deb ayt, dedilar. «Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyat et, meni rizqlantir va ofiyatda qil» (Imom Muslim rivoyatlari) 1 abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohim, ishlarimni saqlovchi dinimni isloh qil. Qaytishim O’nga bo‘lgan oxiratimni isloh et. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rog‘at qil», deb aytardilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Burayda (r.a.) dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) bir kishining «Allohim, Sendan so‘rayman. Guvohlik beramanki, albatta, Sen Allohdirsan. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen yakka va xojat tushadi zotdirsan. U zot tug‘magan va tug‘ilmadi. Va xech kim u Zotga teng emasdir», deb aytganini etishib O’nga, «sen Allohdan Uning ismi ila shunday narsa so‘radinki, agar o‘sha ism bilan so‘ralsa o‘sha so‘ralgan narsani beradi. Agar u bilar duo qilinsa ijobat etiladi, dedilar. (Abu Dovud rivoyati) _________________________________ 1 Riyozus Solihiyn 432 bet 1472 hadis Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a) rivoyatda Rasululloh (s.a.v). «Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istAqlarning bema’nisidan Sening noming ila panoh tilayman», deb aytardilar. (Imom Termiziy rivoyati). Shakal ibn Humayddan (r.a) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh menga duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh (s.a.v). Allohim, eshtganimning yomonidan, ko‘rganimning yomonidan, tilimning yomonidan qalbimning yomonidan va maniyimning yomanidan Sening noming ila panoh tilayman, deb aytgin, dedi. (Abu Dovud rivoyati). Abu Hurayraning(r.a) rivoyat vqilinadi. Rasululloh (s.a.v) «Allohim, buzg‘unlikdan, nifoqdan va yomon axloqdan Sening noming ila panoh tilayman» , deb aytardi. (Termiziy rivoyati) Abdurrahmon ibn Abu Bakra u kishi otalaridan Rasululloh (s.a.v) «Ey
Rasululloh (s.a.v) «Allohim, Sen Robbimsan va sendan o‘zga iloh yo‘q. Men Sening qulingman. Men qurbim yetgancha Sening ahd paymoning va va’dangda turibman. O’zim qilgan narsalar yomonligidan sendan panoh tilayman. Sening menga bergan ne’matlaringni ham qilgan Gunohlarimni ham e’tirof etaman. Meni mag‘firat qil. Albatta, faqat Sengina Gunohlarni kechirguvchidirsan.» (Kech kirganida ushbu duoni chin dildan ishonib aytgan kishi, shu kechasida vafot etsa, jannatga kiradi, kunduzi ham shunday) Rasululloh (s.a.v) «Allohim! Men Sendan dunyo va oxiratda avfu-ofiyat so‘rayman. Allohim, men Senidan dilimda, dunyoimda, ahlimda va molimda avfu-ofiyat tilayman. Allohim! Avratimni berkitgin. Qo‘rquvimdan omonlik bergin-ketkazgin. Allohim! Meni oldimdan ham, ortimdan ham, o‘ngimdan ham, chapimdan ham, tepamdanham O’zing saqlagin! Qadamim ostidan xiyonatga uchrashdan Sening ulug‘liging bilan panoh so‘rayman», dedilar. (AbuDovud rivoyati) Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uning ismi bilan birga bo‘lganda na yerdagi, na osmondagi biron narsa zarar bera oladi. Alloh ismi bilan. U eshituvchi, bilguvchi Zotdir.» (Tongda va kechda shu duoni uch martadan aytadigan kishiga ________________________________________ 1 Sahihi Termiziy 5 tom 465 bet, Sahihi Abu Dovud 4 tom 323 bet xech narsa zarar yetkazmaydi). (Termiziy rivoyati) Rasululloh (s.a.v) aytdilar: «Allohni Parvardigor deb, Islomni din deb va Muhammad (s.a.v.) ni nabiy deb rozi bo‘ldim.» (Tongda va kechda bu duoni uch martadan aytib yurguvchi kishini Qiyomat kunida rozi etishlik Allohga haq bo‘ladi.) (imom Ahmad rivoyati) Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Ey mangu hayot va abadiy turguvchi Zot. Sening rahmating bilan madad so‘rayman. Mening butun sha’nim-ishimni o‘nglagin va meni biron bir lahza ham o‘zimga topshirib qo‘ymagin.» (Hokim rivoyati) Rasululloh (s.a.v) aytdilar: «Alloh menga kifoya qilguvchidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. O’nga tavakkal etdim va U ulug‘ arshning Parvardigoridir.» (Tong va tunda bu kalimani yetti marta aytadigan kishining Dunyo va oxiratga tegishli bo‘lgan muhim ishlariga Alloh o‘zi kifoya qiladi.) (imom ibn Sunniy rivoyati)5 ____________________________________
Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling