Мавзу: Куръони Каримдаги дуо


II. Duo ibodatning mag’zidir


Download 402.5 Kb.
bet3/14
Sana17.06.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1530462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Duo haqida nusxa

II. Duo ibodatning mag’zidir
Duoning fazli

Avvalo, duoning ma'nosini bilib olaylik. «Duo» so'zi arab tilida chaqirish, so'rash ma'nolarini anglatadi. Ko'pincha duo qilish hamda bi-ron narsani talab qilish ma'nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanligini aniq bilib olish alohida ma'no kasb etadi.


Talab — so'rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir. «Menga tilagan narsamni bergin» kabi.
Duo esa, so'rovchida paydo bo'ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uyg'oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining o'zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qila boshlashi bilan bo'ladi.
Ha, duo qilinayotgan paytda qalb va hislarning uyg'oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bo'lmasa, odatga ko'ra ikki qo'lni ko'tarib tilga kelgan talab so'zlarini takrorlayotgan bo'ladi.
Bundoq vaqtlarda qalb g'ofil bo'lishi, tilda bir gap, xayolda esa, boshqa gap bo'lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb bo'lmaydi.
Bas, shundoq ekan, bu ishni qilayotgan odamni «Falonchi Alloh taolodan so'ramoqda», deyishimiz mumkin. Ammo «Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda», deya olmaymiz.
Ko'pchilik biror narsaga erishmoqchi bo'lsa, turli duolarni o'rganib, yod oladi. Ularni takror-takror o'qib, Alloh taolodan o'z tilagini so'raydi. Ammo so'ragan narsasiga yetisha olmay yuraveradi, chunki u haqiqiy duo qilgani yo'q. U so'rash bilan band. Duo deb ataladigan nafsiy holatga erishgani yo'q.
Shu bilan birga, u o'zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni
boshlagani ham yo'q. Balki gunoh qilishda davom etayotgan bo'lishi ham mumkin.
Axir biror odamdan bir narsani so'raydigan odam o'sha beruvchiga nisbatan beodoblik sodir etgan bo'lsa, avval mazkur beodoblik uchun uzr aytib turib, keyin so'rovini so'raydi-ku!? Nima uchun Alloh taologa gunoh qilgan banda U Zotdan uzr so'ramay turib, yana so'rovini so'rashi kerak? Alloh taologa osiy bo'lib turib, yana qandoq qilib U Zotdan «Menga falon narsani ber» deya talab qila oladi?!
Shuning uchun ham ba'zan o'zi haqida qilgan duosi qabul bo'lgan kishilarning ko'pchilik uchun qilgan duolari qabul bo'lmaydi. Chunki bu kishining o'zi tavbani yaxshi qilib, duoni ixlos bilan qilgan bo'ladi. Ammo ko'pchilikning ichida gunohga botib, bunga parvo ham qilmay yurgan kimsalar bo'lishi mumkin.
Ba'zilar: «Odamlar Allohdan so'raydilar, ammo Alloh ularga hech narsa bermasligi yoki so'ramagan narsalarini berishi ham mumkinmi?» deb so'raydilar.
Bu savolga uchta javob bor.
Birinchidan:
Duoni ijobat qilish haqidagi oyat so'rovchiga bir narsa berishni o'z ichiga olmagan, balki bu oyat duo qiluvchining duosi ijobat qilinishini o'z ichiga olgan. Duo qiluvchi esa so'rovchidan ko'ra umumiyroq ma'nodagi shaxsdir. Shuning uchun ham duoni ijobat qilish so'rovni berishdan ko'ra umumiyroqdir.
Ushbu farq tufayli Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Har kecha Robbimiz dunyo osmoniga tushadi va «Kim Menga duo qiladi, Men unga ijobat qilsam, kim Mendan so'raydi, Men unga ato qilsam, kim Menga istig'for aytadi, Men uni mag'firat qilsam», deydi» («Irvoul G'aliyl», 449-bet), deganlar.
Ushbu hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam duo qiluvchi bilan so'rovchining, ijobat bilan atoning orasini farqlamoqdalar.
Ikkinchidan:
Duoning ijobat qilinishi so'ralgan narsani berishdan ko'ra keng va umumiydir.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam buni imom Muslim «Sahih»ida rivoyat qilgan hadisda bunday tafsir qilganlar:

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling