Мавзу: Куръони Каримдаги дуо


Shuayb alayhissalomning duolari


Download 402.5 Kb.
bet11/14
Sana17.06.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1530462
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Duo haqida nusxa

Shuayb alayhissalomning duolari
Va Madyanga o'z birodarlari Shuaybni(yubordik). U: “Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o'zga iloh yo'q. Batahqiq, sizga Robbmizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozuni to'liq ado eting, odam-larning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin bug'zunchilik qilmang, Agar mo'min bo'lsangiz, shunday qilmog'i-miz o'zmiz uchun yaxshidir”, dedi. (“A'rof”, 85). Madyan xalqining Shuayb alayhissalomga javobi Nuh va Lut alayhissalom qavmlarining javobidan farq qilmasdi. Shuayb alayhissalomning nasihatlarini qabul qilmagan qavm, uni va iymon keltirgan boshqa kishilarni quvg'in qilamiz deb tahdid solishdi. “Uning qavmidan bo'lgan mutkaabbir zodagonlar: “Ey Shuayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o'z qishlog'imizdan chiqaramiz yoki o'z millatimizga qaytasizlar”,-dedilar. U: “Garchi yomon ko'ruvchi bo'lsak ham-a?!” dedi. (“A'rof”, 88). Shuayb alayhissalom esa qavmining itoatsizligi va tahdidlariga qarshi shunday dedilar: “Agar sizning millatmizga Alloh bizga undan najot bergandan so'ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg'on to'qigan bo'lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz Alloh xohlasagina(mumkin). Robbimiz hamma narsani o'z ilmi ila qamrab olgandir”, dedilar va shunday iltijo qildilar: “Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan” (“A'rof”,89). Shuayb alayhissalomning so'zlari zarracha ta'sir qilmagan mutakabbir zodagonlar: “...Agar Shuaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko'ruvchidirsiz”, dedilar. (“A'rof”, 90). Keyin Lut va Nuh alayhissalomlar qavmining boshiga tushgan narsalar Madyan xalqiga ham keldi. Shuayb alayhissalomning qabul bo'lgan va Allohning elchisini tan olmagan qavm halok etildi: “Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o'tirib qoldilar. Shuaybni yolg'onga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo'ldilar. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar, o'shalar ziyon ko'ruvchilar bo'ldilar” (“A'rof”, 91-92).


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling