Mavzu: mintaqalar aholisi va mehnat resurslari


O’zbekistoning asosiy demografik ko’rsatkichlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1528174
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu mintaqalar aholisi va mehnat resurslari

O’zbekistoning asosiy demografik ko’rsatkichlari 
Yil 
Ahol

soni, 
mln. 
kishi 
Aholinin
g o’rta 
yillik 
ko’payis
hi, ming 
kishi 
Aholi 
ko’payishinin
g o’rtacha 
sur’ati 
Tug’ilish 
koeffitsent
i, % 
O’lim 
koeffetsient
i, % 
Tabiiy 
ko’payish 
koeffetsient
i, % 
1897 
3,95 





1960 
8,52 
72,6 
1025 
39,9 
6,0 
33,9 
1980 
15,76 
362,0 
3,15 
33,8 
7,4 
26,4 
1999 
24,23 
445,6 
2,30 
22,3 
5,3 
17,0 
2000 
24,91 
332,2 
1,4 



2025 
33,4 
233,7 
0,75 



Manba: «Aholishunoslik» markazi ma’lumotlari. 



2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi. 
Aholining demografik rivojlanishida uning milliy, yosh-jinsiy tarkibi alohida 
o’rin egallaydi. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat etishadi. 
Jumladan, respublikaning tub joy aholisiga o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg’izlar va 
qoraqalpoqlar kiradi. O’zbeklar barcha viloyatlarda, obikor erlarda yashashadi.
Qozoqlar asosan Qozog’iston bilan bo’lgan chegara tumanlarida, xususan,
Qoraqalpog’iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo 
viloyatlarining ayrim tumanlarida istiqomat qiladi. Tojiklar esa, Namangan, Buxoro, 
Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida, qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo 
va Orol dengizi atrofidagi hududlarda yashab kelishadi.
Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, XIX asrning o’rtalaridan boshlab jiddiy 
o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyasining Turkiston hududini istilo qilishi 
natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko’payish darajasi, joylashuv 
xususiyatlari o’zgardi. XIX asrning so’nggi 35 yili davomida O’zbekiston hududiga 
Rossiyadan 70-75 ming kishi, XX asrning dastlabki 18 yilida - 229,2 ming kishi, 1926-
1939 yillarda esa 650 ming kishi ko’chib kelgan. Aholi sonida yuz bergan o’sish 
fashistlar bosib olgan hududlardan ko’chirib keltirilgan odamlar hisobiga yuz berdi. 
1940-1945 yillarda O’zbekiston aholisi 1,4 mln. kishiga kamayib ketdi. 
Mamlakat aholisi urushdan keyingi yillarda, asosan, tabiiy o’sish tufayli 
ko’paymoqda. Mamlakat aholisi 1945-1950 yillarda bir million nafarga, 1950-1960 
yillarda 2,2 mln., 1960-1970 yillarda 3,4 mln., 1970—1980 yillarda 3,7 mln. kishiga, 
1980-1990 yillarda 4,6 mln., 1990-1999 yillarda 3,7 mln. nafarga ko’paydi. Agar aholi 
soni 2000 yilda 24487,7 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 31330 ming 
kishiga etdi. Aholining yosh tarkibida hamisha yoshlar, mehnat yoshidagi aholi ko’p 
sonli ekanligi bilan xarakterlanadi.
Aholining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollar miqdori o’zaro mutanosib, ya’ni
teng (50-50). Bu tenglik ma’lum bir yosh guruhlarigacha saqlanib qolinadi,
so’ngra 50-55 yoshlardan boshlab jinsiy tarkibda ayollarning ustunligi kuzatiladi.
Aholining jinsiy tarkibida ko’p yillarda ayollarning erkaklarga nisbatan ulushi
ortiq bo’lganligi kuzatiladi, ammo oxirgi yillarda bu nomutanosiblik tenglashib 
bormoqda. 
Aholi yosh tarkibini o’rganishda uni ayrim gurularga ajratish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Demografik va iqtisodiy statistika xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar bilan 
qamrab olinadigan aholi yosh guruhlarini ajratadi. Masalan, 0-2 yoshdagi yasli 
yoshidagi bolalar, 3-6 yoshdagilar – maktabgacha yoshdagi bolalar, 6(7)-15(17) 
yoshdagilar esa maktab yoshidagi bolalar va x.k. Iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat 
qilish qobiliyati bo’yicha aholini quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin.



1. Mehnatga yaroqli yoshgacha; 
2. Mehnatga yaroqli yoshdagi; 
3. Mehnatga yaroqli yoshdan keyingi. 
O’zbekiston bugungi kunda aholining qulay yosh tarkibiga ega bo’lib, bu jihat uning 
samarali ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida muhim mezon bo’lib xizmat qiladi 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling