mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Download 26.43 Kb.
bet9/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Majburiyatlar
Majburiyatning asosiy tavsifi bо‘lib xо‘jalik yurituvchi subekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi.
Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun tо‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish kо‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xо‘jalik yurituvchi subekt kafolat muddati tugaganidan sо‘ng о‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish tо‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bо‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Hozirgi majburiyat bilan kelgusi majburiyat о‘rtasida chegara bо‘lishi kerak. Xо‘jalik yurituvchi subekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyat paydo bо‘lishiga sabab bо‘lmaydi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xо‘jalik yurituvchi subekt aktivni sotib olish tо‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bо‘ladi.
Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning e’tirozlarini qanoatlantirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xо‘jalik yurituvchi subekt resurslarini о‘ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonunchilik hujjatlarida kо‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
- Haq tо‘lash bilan;
- Boshqa aktivlarni berish bilan;
- Xizmatlarni kо‘rsatish bilan;
- Ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- Majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Majburiyat, kreditor о‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bо‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
49. Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki о‘tgan hodisalarning natijasi hisoblanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va xizmatlarni olish bilan tо‘lanishi kerak bо‘lgan (agar ular ilgari yoki yetkazib berilganda tо‘lanmagan bо‘lsa) schyotlar ham olinadi.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling