mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi


Download 26.43 Kb.
bet2/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning ta’riflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos va BHMS о‘rtasida ziddiyatlar mavjud bо‘lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun keladi, О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur konseptual asosni qо‘llaydi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini kо‘radi.
Konseptual asos buxgalteriya hisobi standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kо‘rib chiqiladi.
Konseptual asoslarning amal qilish sohasi
Quyidagilar mazkur konseptual asoslarning asosiy jihatlaridir:
- Moliyaviy hisobotning maqsadi;
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot prinsiplari;
- Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, tan olish va о‘lchash.
Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot keng doiradagi foydalanuvchilarning axborotga bо‘lgan talabini qanoatlantirish uchun tuziladi va davriy ravishda taqdim etiladi. Kо‘pchilik foydalanuvchilar uchun moliyaviy axborotning asosiy manbasi moliyaviy hisobot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bо‘lganda, moliyaviy hisobotda mavjud bо‘lgan axborotga qо‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bо‘lgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham о‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari tо‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar о‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak.
Barcha xо‘jalik yurituvchi subektlar* moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda konseptual asosga amal qiladilar.
* «Subekt» atamasi «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida ta’riflangan.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling