mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Haqqoniy va beg‘araz tasavvur etish


Download 26.43 Kb.
bet7/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Haqqoniy va beg‘araz tasavvur etish
Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda subektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablag‘larining harakati tо‘g‘risida haqqoniy va beg‘araz tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugallanganlik
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha tо‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Izchillik
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan о‘tkazilishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchilar xо‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy holatidagi о‘zgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega bо‘lishlari kerak.
О‘z vaqtidalik
Hisobot axborotining asossiz kechiktirilganda u о‘zining iqtisodiy ahamiyatliligini yо‘qotadi. Axborotni о‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa hodisaning barcha jihatlari ma’lum bо‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bо‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bо‘lgunicha kechiktirilsa, eng ishonchli axborot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldiroq qaror qabul qilishga majbur bо‘ladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik о‘rtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning talablarini qanday qilib yaxshiroq qanoatlantirishni hal etish kerak.
Moliyaviy hisobot elementlari
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xо‘jalik operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi. Aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar buxgalteriya balansida xо‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari tо‘g‘risidagi hisobotda xо‘jalik yurituvchi subektning kо‘rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan elementlar hisoblanadi. Pul mablag‘larining harakati tо‘g‘risidagi hisobot faoliyat natijalari elementlarini va buxgalteriya balansi elementlaridagi о‘zgarishlarni aks ettiradi.
Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bо‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling