mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar


Download 26.43 Kb.
bet5/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Moliyaviy hisobot qо‘shimcha axborotni — izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni (tushuntirish xati kо‘rinishida) ham о‘z ichiga oladi. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar kо‘rinishida ham, boshqacha shaklida ham taqdim etilishi mumkin.
Prinsiplar
Hisoblash
Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida tan olinadi va moliyaviy hisobotlarda ularni kelib tushishi yoki yuzaga kelishiga qarab (balki pul mablag‘larini olish yoki tо‘lash asosida emas) aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xо‘jalik yurituvchi subektlar ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini rо‘yxatga olishni yuritishi kerak. Ikkiyoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bо‘yicha bitta summaning о‘zi buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida aks ettiriladi.
Uzluksizlik
Xо‘jalik yurituvchi subekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni kelajakda ishlashni davom ettiradigan deb hisoblanadi. Uning о‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat kо‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yо‘q deb taxmin qilinadi.
4. Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash. Moliyaviy hisobot elementlari.
Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish. Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash.


Xо‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash.
Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni umumlashtirish maqsadida barcha operatsiyalar va hodisalar pulda baholanadi.
Ishonchlilik
Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bо‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bо‘lsa, ishonchli hisoblanadi.
Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Oldindan kо‘ra bilish (ehtiyotkorlik)
Qarorlar qabul qilishda oldindan kо‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipiga rioya qilish aktivlar va daromad oshirib baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa kamaytirib baholanmasligi uchun noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini tо‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot faqat uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligiga muvofiq hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling