mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja
Download 26.43 Kb.
|
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holati o‘zgarishlar. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobotning maqsadi
Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati tо‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bо‘lgan barcha axborotni о‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. - Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni о‘zida mujassam etgan: - Investitsiya qarorlarini va kreditlar berish bо‘yicha qarorlarni qabul qilish; - Xо‘jalik yurituvchi subektning kelgusi pul oqimini baholash; - Xо‘jalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslarini, majburiyatlarini baholash; - Rahbar organlarning ishini baholash. 3. Xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holati o‘zgarishlar. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holati о‘zgarishlar Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xо‘jalik yurituvchi subektning pul mablag‘larini kо‘paytirish, ularning kо‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xо‘jalik yurituvchi subekt о‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq tо‘lay olishi, foizlarni tо‘lab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi. Agar foydalanuvchilar xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi о‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlansa, ular pul mablag‘larini kо‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin. Xо‘jalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, tо‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit о‘zgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga ta’sir о‘tkazadi. Xо‘jalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati tо‘g‘risidagi axborotlar xо‘jalik yurituvchi subektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini kо‘paytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy holat haqidagi axborot kelgusida kreditlarga bо‘lgan talabni aniqlash uchun, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini xо‘jalik yurituvchi subektning aksiyalariga (payiga) ega bо‘lganlar о‘rtasida taqsimlashda, xо‘jalik yurituvchi subekt keyinchalik о‘zining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun ham zarurdir. Likvidlik va tо‘lovga qobiliyat haqidagi axborot xо‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida tо‘lay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni tо‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. Tо‘lov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni о‘z vaqtida tо‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. Xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyat kо‘rsatkichlari, ayniqsa uning rentabelligi tо‘g‘risidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potensial о‘zgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyatidagi о‘zgarishlar haqidagi muhim axborot hisoblanadi. Faoliyat haqidagi axborot xо‘jalik yurituvchi subektning mavjud resurslar bazasidan pul mablag‘lari tо‘play olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa korxona qо‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin bо‘lgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir. Pul oqimlari haqidagi axborot xо‘jalik yurituvchi subektning pul mablag‘larini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xо‘jalik yurituvchi subektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi. Moliyaviy hisobotlar о‘zaro bir-biri bilan bog‘langandir, chunki ular xо‘jalik faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot turli xil axborotlarni taqdim etadi, bitta maqsadga xizmat qilmaydi va foydalanuvchilarning muayyan talablarini aniqlash uchun zarur bо‘lgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-xо‘jalik faoliyatning natijalari tо‘g‘risidagi hisobot, agar undan buxgalteriya balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uyg‘unlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzarasini aks ettirmaydi. Download 26.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling