mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan talabi. Moliyaviy hisobotning maqsadi


Download 26.43 Kb.
bet3/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

2. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan talabi. Moliyaviy hisobotning maqsadi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bо‘lgan talabi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga haqiqiy va bо‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga bо‘lgan talab quyidagilarda vujudga keladi:
Investorlarda taqdim etilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan. Aksiyadorlar ham xо‘jalik subektining dividendlarni tо‘lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan axborotdan manfaatdordirlar;
Kreditlari va foizlari о‘z vaqtida tо‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor kreditorlarda;
Summalari о‘z vaqtida tо‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bо‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida;
Xо‘jalik yurituvchi subektning uzluksiz faoliyati tо‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bо‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bо‘lsalar yoki mazkur xо‘jalik yurituvchi subektga bog‘liq bо‘lsalar;
Xо‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi tо‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bо‘lgan xodimlarda. Ular ham xо‘jalik yurituvchi subektning о‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bо‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar;
Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subektlarning faoliyati tо‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bо‘lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;
Jamoatchilikda ham, chunki xо‘jalik yurituvchi subektlar mahalliy iqtisodiyotga kо‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qо‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qо‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yо‘nalishlari va xо‘jalik yurituvchi subektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan sо‘nggi yutuqlar tо‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi.
Xо‘jalik yurituvchi subektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar о‘z talablarini qanoatlantirish maqsadida qо‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qо‘shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan tashqariga chiqadi.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling