mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Download 26.43 Kb.
bet6/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Kо‘rsatkichlarning qiyosiyligi
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bо‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bо‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xо‘jalik yurituvchi subekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha о‘zgarishlardan va shunday о‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bо‘lishlari kerak.
Moliyaviy hisobotning betarafliligi
Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchli bо‘lishi uchun g‘arazlilikdan mustaqil bо‘lishi kerak.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bо‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar daromadlar va xarajatlarning ayrim turlari о‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bо‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos bо‘lishini nazarda tutadi.
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Tushunarlilik
Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli bо‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik
Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning talablarini qanoatlantirishi va ularga operatsion, moliyaviy va xо‘jalik faoliyati hodisalariga baho berishda yordamlashishi uchun ahamiyatli bо‘lishi kerak.
Muhimlik
Agar axborotning kiritmaslik yoki notо‘g‘ri kо‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. Axborotning ahamiyatliliga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir о‘tkazishi mumkin.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling