mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja
Aktivlar — subekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Majburiyatlar
Download 26.43 Kb.
|
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital
- Moliyaviy natijalar
Aktivlar — subekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Majburiyatlar — shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul tо‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan о‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir; Xususiy kapital — subektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir; Rezervlar — kelgusida muayyan xarajatlarga yо‘naltirilishi mumkin bо‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir; Daromadlar — hisobot davrida aktivlarning kо‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir; Xarajatlar — hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning kо‘payishidir; Moliyaviy natijalar — xо‘jalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir. Aktivlar Aktivlar — xо‘jalik subektining qiymat bahosiga ega bо‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir. Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xо‘jalik yurituvchi subektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qо‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xо‘jalik yurituvchi subekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin. Xо‘jalik yurituvchi subektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Xо‘jalik yurituvchi subektlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega bо‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni kо‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xо‘jalik yurituvchi subekt hukumatdan olgan kо‘chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar о‘zidan о‘zi aktivlarning paydo bо‘lishiga olib kelmaydi. . Xо‘jalik yurituvchi subekt aktivlaridan mulkni boshqarish, tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki xizmatlar kо‘rsatilishi uchun foydalanadi. Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy naf xо‘jalik yurituvchi subekt tomonidan har xil yо‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivdan: -Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi; -Boshqa aktivlarga almashtirilishi; -Majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi; -Xо‘jalik yurituvchi subektning egalari о‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari fizik shaklga ega. Biroq, fizik shakl aktivning mavjud bо‘lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktiv hisoblanadi, agar xо‘jalik yurituvchi subekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf olishni kutayotgan bо‘lsa. Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‘liq. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, agar xо‘jalik yurituvchi subekt ana shu mulkdan olinishi kerak bо‘lgan foydani nazorat qilsa. Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish о‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bо‘yicha tо‘g‘ri kelmaydi. Xо‘jalik yurituvchi subekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar kelgusi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obektni aktiv deb hisoblash uchun asos bо‘lmaydi. Masalan, xо‘jalik yurituvchi subektga tekinga berilgan obektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi. Download 26.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling