mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Download 26.43 Kb.
bet12/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Majburiyatlarni aks ettirish
Majburiyatlar о‘zida iqtisodiy foydani ifodalovchi resurslar chiqimi ehtimoli mavjud bо‘lganida buxgalteriya balansida tan olinadi, shuningdek ular majburiyatlarni qabul qilish natijasi hisoblanadi.
Daromadni aks ettirish
Aktivlarning kо‘payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy foydaning о‘lchangan kо‘payishi paydo bо‘lganda, daromad moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu esa daromadni aks ettirish aktivlarning kо‘payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi (masalan, tovarlar va xizmatlarni sotishda yuzaga keladigan aktivlardagi sof kо‘payish yoki kreditor qarzdan voz kechishi natijasida majburiyatlarning kamayishi).
Xarajatlarni aks ettirish
Xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning kо‘payishi bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy fondining о‘lchangan kamayishi paydo bо‘lganda moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi va bu ishonchli tarzda aniqlanishi mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi kо‘payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi.
Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash
Baholash — aktivlar va majburiyatlar tan olinadigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul о‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar xarid qilish vaqtida erishilgan tomonlarning о‘zaro kelishuviga kо‘ra belgilangan joriy qiymati bо‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar tо‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bо‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi.
Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga о‘xshash aktiv endigina xarid qilingan bо‘lgandagi holatda tо‘lanishi kerak bо‘lgan pul mablag‘lari summasi bо‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni tо‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bо‘lgan pul mablag‘lari summasi bо‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni tо‘lash qiymati bо‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni tо‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling