mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( soat) Reja


Download 26.43 Kb.
bet10/13
Sana06.11.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1751480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MHA 1-2 mavzu hemis uchun (1)

Xususiy kapital
Xususiy kapital ustav, qо‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bо‘ladi.
Zarur hollarda ustav, qо‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir.
Rezervlar
Xо‘jalik yurituvchi subektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qо‘shimcha himoya qilishni ta’minlash uchun rezevlarni tashkil etish zarur. Rezervlarni shakllanishi va miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Rezervlarni tashkil etish qonunchilik hujjatlarida yoki xо‘jalik yurituvchi subektning ustavida (soliq qonunchilik hujjatlarini buzmagan holda) nazarda tutiladi.
Daromadlar
Yalpi daromad xо‘jalik yurituvchi subektning asosiy va asosiy bо‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarini о‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni realizatsiyasidan, shuningdek mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xо‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyatiga kelib chiqib renta kо‘rinishida olinishi mumkin.
Xо‘jalik yurituvchi subekt asosiy bо‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni о‘z ichiga oladi va konseptual asosning alohida tarkibiy elementi deb hisoblanmaydi.
Asosiy bо‘lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlarga misol bо‘lib birjada aylanadigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda tan olinsa, alohida kо‘rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bо‘lishi mumkin.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) — soliq qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
Xarajatlar
Xarajatlar atamasi mulkni boshqarish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilishi shaklida bо‘ladi.
Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va о‘z tabiatiga kо‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida elementi sifatida qaralmaydi.
Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda kо‘rsatiladigan bо‘lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bо‘lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida kо‘rsatiladi.

Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling