Mavzu: Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi


Quduqlarni ishlatish grafigi to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi


Download 262.5 Kb.
bet6/11
Sana04.04.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1326003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
нефткон6 (2)

Quduqlarni ishlatish grafigi to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi. Ular neft yoki gaz qazib chiqarish, qatlam va quduq tubi bosimi, suvlanganlik, gaz omili va boshqa ko`rsatkichlarni vaqt maboynida o`zgarishini o`zida nomoyon qiladi. Bitta chizmaga quduqni tahlili uchun zarur barcha ma’lumotlar egri chiziqlar bilan tushiriladi.
  • Bitta chizmada tushirilgan egri chiziqlarni birgalikda ko`rib chiqishda bir ko`rsatkichni ikkinchisiga bog`liq holda o`zgarishini aniqlash mumkin.
    • Uyumlarni ishlatishni boshqarish usullari
    • Uyumlarni ishlatishni nazorat qilish har bir qatlam yoki qatlamning alohida uchastkalari zaxiralarini ishlatish darajasi, uyumni suvlanish xaraktyeri va SNCh ning siljishi hamda amalga oshiriladigan ishlatish tizimi natijasida uyumlarda bo`ladigan barcha jarayonlarni o`rganish imkonini beradi.
    • Bularning barchasi qatlamdan bir tekis neft olish uchun ishlatishni boshqarish bo`yicha o`z vaqtida choralar qabul qilishga imkon yaratadi. Qatlamlarni bir tekis ishlatishni ta’minlash uchun qatlamlar yoki qatlamlarning qismlari bo`ylab alohida suv haydash, kam o`tkazuvchan qatlamlarni haydovchi quduqlarda gidravlik yorish yoki qum-suyuqlik aralashmali (peskostruynaya) pyerforatsiyalash, turli suv haydash usullarini qo`llash, qatlamlarni ajratib ishlatish, qo`shimcha qazib chiqarish quduqlarini burg`ulash va boshqarish tavsiya etiladi.
    • Президентнинг 2017 йил 3 ноябрдаги ПҚ-3372 қарори доирасида амалга оширилган геология-қидирув ишлар натижасида, 2017-2018 йиллар ҳамда жорий йилнинг 9 ойи мобайнида 16 та нефть ва газ конлари очилди ва ер ости углеводород захиралари 171 млн. тонна шартли ёнилғи ҳажмида ўстирилди.
    • Маълумот учун: 16та кондан, 4таси Устюрт минтақасида (Бешқала, Қуйи Сургил, Кушкаир, Оралиқ), 2таси Фарғона минтақасида (Учтепа, Чакар), 10таси Бухоро-Хива минтақасида (Топичаксой, Марварид, Шортак, Чордарбаза, Тўмарис, Андакли, Жанубий Кулбешкак, Ёрмоқ, Дўлтатепа, Шоркум).
    • Жорий йил якуни билан ер ости углеводород захираларини 53 млн. тонна шартли ёнилғи ҳажмида ўстириш режалаштирган, бу борада бугунги кунда геология қидирув ишлари Устюрт минтақасининг марказий қисмида (Алпомиш, Ултан, Арслон ва б.қ), Бухоро-Хива минтақасининг ғарбий қисмида (Тўмарис, Андакли, Жанубий Кулбешкак, Шарқий Хатар ва б.ш), Фарғона минтақасининг жанубий қисмида (Учтепа, Чакар, Қуйи Қашқарқир ва б.ш) жадал равишда олиб борилмоқда.
    • Маълумотда айтилишича, 9 ой мобайнида 5та янги кон очилди (Кушкаир, Оралиқ, Чакар, Дўлтатепа, Шортак) ва ер ости углеводород захиралари 31 млн. тонна шартли ёнилғи ҳажмида ўстирилди.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling