Mavzu: Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi


Download 262.5 Kb.
bet1/11
Sana04.04.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1326003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
нефткон6 (2)

  • Uyumni ishlatish deb, quduqlarni joylashtirish, ularning sonini va ishlatishga tushirish tartibini belgilash, ularning ish rejimini va qatlam kuchi balansini o‘rnatish orqali qatlamdagi suyuqlik va gazlarni oluvchi quduqlarga kelishini boshqarishga aytiladi. Uyumni ishlatish vaqtidagi sharoitlar mutanosibligi ishlatish tizimini belgilaydi.
  • Ishlatish tizimi quduqlar joylashishi, ularning soni va ularni ishlatishga tushirish tartibi va qatlamga ta’sir qilish yo‘llari orqali bir-biridan farq qiladi.
  • Quduqlar joylashishiga qarab tizim bir tartibli va notekis turlarga bo‘linadi.
  • Konlarning ishlash usullari juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, qatlamlardan neft, gaz va kondensat qazib chiqarish sur’atlari, quduqlarni konda joylashtirish, ularni ishlatish texnologik rejimlari, uyumga hamda quduq tubiga ta’sir etish usullari va shu kabi texnik va texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ishlash usullarini hisoblayotganda qatlamda mavjud bo‘lgan tabiiy energiyalarning qay biri ta’sir etayotganligi, sun’iy ta’sir etuvchi kuchlarni qo‘llash yoki qo‘llamaslikni nazarda tutish kerak.
  • Neft uyumlarini ishlatish jarayoni barcha texnologik ko`rsatgichlarning to`xtovsiz o`zgarishi bilan tavsiflanadi:
  • neft qazib chiqarish darajasi, qazib chiqarish quduqlari fondi, qatlam bosimi, haydalayotgan suvning hajmi va boshqalar. Bunda har bir uyum ishlatishning butun muddati jarayonida bir nechta bosqichni o`tadi. Bosqichlar qatlamning geologik tuzilishi, neftning qovushqoqligi va ishlatish sharoitlariga qarab o`zining texnologik va texnik – iqtisodiy ko`rsatgichlarini o`zgarish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
  • Neft konlarini ishlatish jarayoni to`rtta bosqichga bo`linadi.
  • I bosqich - ishlatish ob’yektini o`zlashtirish - neft qazib chiqarishni o`sishi va kam suvlanganligi bilan tavsiflanadi. Birinchi bosqichda butun asosiy quduqlar fondi burg`ulanadi.

  • Download 262.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling