Mavzu: Plastinkajabralilar va Boshoyoqli molyuskalar (cephalopoda) sinfi


Download 362.1 Kb.
bet5/7
Sana22.11.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1794446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-7

1- bosh, 2 - сапа,
3 - suzg'ich, 4 - mantiya cheti,
5 - mantiya bo'shlig'iga kirish joyi,
6 - voronka, 7 - tutuvchi paypaslagichi,
8 - kalta paypaslagichlari,
9 - so‘cg‘ichlar. 10 -Og‘iz,
11- ko‘z.

Nerv sistemasi - bir juft bosh nerv tuguni, 1 juft ichki organlar nerv tuguni va juft oyoq nerv tugunidan tarkib topgan. Sezuv organlari yaxshi rivojlanmagan; ko’zi yo’q, muvozanat organi oyoqning uchida joylashgan. Oziqlanishi, rivojlanishi, otalanishi. Anadontaning mantiya bo’shlig’i orqali doim suv o’tib turadi. Jabra varaqalaridagi kiprikli hujayralarning harakati, mantiya bo’shlig’i hajmining o’zgarib turishi suv oqimini mo`ttasil ta’minlaydi. Anadonta suv bilan kirgan mikrob, chirindi va juda mayda hayvonlarni sizib (filtrlab) qolib, shular bilan oziqlanadi. Anadontani mazkur xususiyatiga asoslanib, so’nggi vaqtlarda undan ifloslangan suvni tozalashda foydalana boshlandi. Suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Anadontalarning hammasi deyarli ayrim jinsli bo’lib, urg’ochisi yetilgan tuxumlarni jabra varaqalari oralig’iga qo’yadi Spermatozoidlar suv bilan kirib tuxumlarni otalantiradi. Rivojlangan tuxumlardan gloxidiya deb nomlanuvchi mayda 2 pallali lichinkalar yetishadi.

Mavzuning maqsadi va vazifasi: Boshoyoqli molyuskalarning chig`anog`i rеduktsiyaga uchraganligi, ularning tashqi tuzilishi, tanasining mantiya bilan o`ralganligi, ichki tuzilishi. Boshoyoqlilarnnig ekologiyasi va axamiyati. Bu mollyuskalarning oyog’i boshida joylashgan bo’lib, 8 yoki 10 ta oyog’i bor. Mazkur sinfning avlodlari harakatchan, yirtqich hayvonlar bo’lib, dengiz va okeanlarning sohilidan tortib, to 5-8 ming m chuqurlikkacha bo’lgan yerlarda keng tarqalgan. Oyoqlarining ichki tomonida bir necha qator so’rg’ichlar (yopishish organlari) bo’lib, bular ovni ushlashda katta yordam beradi. Sezuv organlari juda yaxshi rivojlandan. Ko`zi katta. Bosh oyoqlilarning nerv sistemasi markazlashib “miyaga aylangan”. “Miya” maxsus tog`ay qobig`i bilan himoyalangan. Umurtqasizlarda tog`ay to`qimasi faqat shularda rivojlangan. Ayrim jinsli. Lichinkasiz rivojlanadi.


Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling