Mavzu: Plastinkajabralilar va Boshoyoqli molyuskalar (cephalopoda) sinfi
Download 362.1 Kb.
|
6-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezuv organlari
- Ko`payishi
- E`tiboringiz uchun rahmat!
Hazm organlari og`iz bo`shlig`i (halqum), qizilo`ngach, oshqozon, ko`richak va anal teshigi bilan tugallanuvchi orqa ichakdan tuzilgan. Og`iz bo`shlig`idagi katta muskulli til – ko`p tishli radula – “qirg`ich” bilan qurollangan. Jag`lar va radula ovqatni yaxshi maydalashga yordam beradi. Qizilo`ngach “miya” ning o`rtasidan o`tib, oshqozonga ochiladi. So`lak bezlaridan tashqari, jigar va oshqozon osti bezlari bor. Bularda ovqat tez hazm bo`ladi. Yurak – ikkita oldingi bo`lmacha va bitta qorinchadan tuzilib, bunga jabralarda oksidlangan qon tomirlar orqali tanaga tarqaydi. Qon aylanish sistemasi “yopiq”. Nerv tugunlari markazlashib, “bosh miya” hosil etadi. U maxsus tog’ay qobiq bilan o`ralgan (bundan boshqa tog`ay oyoqlarda va mantiya bo`shlig`idan “yopqich” larda rivojlangan).Argonavt, A - urg‘ochisi chig'anog'i ichida (kichraytirilgan). В - erkagi (kattalashtirilgan): 1-chig‘anog‘i, 2-qoiitiing juda kengaygan qismi (cbig'anog'mi yopib turibdi), 3 - gektokotil, 4 - ko‘z, 5 - voronka.Sezuv organlari nihoyatda yaxshi rivojlangan. Ko`z olmalari sut emizuvchilarnikiga, hatto odamning ko`ziga o`xshab tuzilgan. Yorug`lik (nur) ta`siri o`zgarganda ko`z olmasi ham o`zgarishi (akkomodatsiya) tufayli juda yaxshi ko`ra oladi. Og`iz va “til” dan tashqari “qo`llar” orqali ham mazani seza oladi. Hid bilish qobiliyati bor. Bir qancha turlari rangini o`zgartira oladi. Ko`payishi boshqa sinf mollyuskalaridan katta farq qiladi. Ko`payish davrida erkaklari yirik (0,3-120 sm gacha kattalikda) spermatafora tayyorlab, qo`shilish vaqtida uni urg`ochisining mantiya bo`shlig`iga uzatadi. Ba`zi okean sakkiz oyoqlilarida va spermatafora joylashgan oyoq (“gektoqotella”) uzilib, mustaqil suzib yuradi va urg`ochini uchratgach, uning mantiya bo`shlig`iga kirib, spermataforani “topshiradi”. Urg`ochilari bir-biriga ilashgan yirik tuxumlarini o`z mantiya bo`shlig`ida otalantirgach dengizdagi biror o`simlik yoki o`troq hayvon (bulut) tanasiga ilashtirib qo`yadi, ba`zilari o`z tuxumlarini olib yuradi. Rivojlanishi lichinkasiz.E`tiboringiz uchun rahmat!Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling