Mavzu: Plastinkajabralilar va Boshoyoqli molyuskalar (cephalopoda) sinfi


Download 362.1 Kb.
bet2/7
Sana22.11.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1794446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-7

6- mantiyaning tashqi epitcliysi.

Dengiz sohilidagi inshootlarning yog`ochlarini kovlab yashovchi Kema qurtining tanasi chuvalchangsimon o`zgargan bo`lib, uning bosh tomonidagi chig`anoq qoldig`i yog`ochni kavlovchi parma vazifasini bajaradi. Bu mollyuska dengiz inshootlariga va yog`och barjalariga katta zarar yetkazadi. Sohildagi yumshoqroq – ohaktosh jinslarini kovlab kirib hayot kechiruvchi toshteshar – ohaktoshni erituvchi modda ishlab chiqaradi; uning qattiq chig’anoqlari esa tosh parma vazifasini bajaradi. Oziq sifatida ko`plab ishlatuvchi ustritsa (so`nggi yillarda bularni maxsus ajratilgan sayoz ko`rfazlarda ko`paytirilmoqda) ning pastki yopishuvchi chig`anoq pallasi yassi bo`lib, ustki – g`udir pallasi qavartmalidir.


Baqachanoq (Anadonta)ning ichki tuzilishi.
1- mantiya chizig'i, 2 - oldingi yopuvchi muskullar, 3 - og'iz,
4- oyoq, 5 - og'iz paypaslagich,
6- ichki chap yarim jabra.
7- tashqi chap varim jabra, 8-o'ng mantiya, 9 - kirish sifoni,
10- orqa icfiak, 11- perikardiy.

Marvarid – kimyoviy tarkibi jihatdan sadaf CaCO3 kristallaridan farq qilmaydi. U mantiya pardasi bilan chi`ganoqning ichki (sadaf) qavati oralig`iga biror mayda zarra yoki parazit kirib qolishi va mazkur atrofida sadaf kristallarining o`ralishi natijasida hosil bo`ladi. Binobarin, ko`pincha yumaloq (mo`nchoq shakldagi) marvarid – sadaf kabi tovlanadi. Yuqorida aytilgan sadafdorlarning ba`zilarida 2-3 tada to 20-230 gacha marvarid hosil bo`lishi mumkin. Biroq ba`zilarida marvarid bo`lmasligi mumkin. Ayrim hollarda 10-15 sm kattalikda va 1-1,5 kg og`irlikdagi “marvaridlar” ham uchrab turadi. Bundan bir necha yillar muqaddam Yaponiya zoologlari maxsus ko`rfazlarda sadafdor tanasida marvarid “o`stirish” usulini ixtiro etishdi. Buning uchun dengizdan ovlangan sadafdorning mantiya va chi`ganoqaro bo`shlig`iga maxsus modda kiritilib, dengizga tashlandi. 5-6 yil davomida mazkur sadafdorlar ovlanib, ulardan yetishgan marvarid ajratib olinadi.



Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling