Ikki pallali mollyuskalarning tuzilishi sxemasi.
1 - og'iz, 2 - oldingi yopuvchi muskul, 3- serebroplcviaigangliy,
4 - oshqozon,
5— jigar, 6 - oldingi aorta,
7- buyrakning tashqi teshigi,
8- yurak oldi bo'lmasiga ochiladigan buyrak,
9 - yurak,
10 - perikardiy, 11 - keyingi aorta, 12 - keyingi ichak,
13- keyingi yopuvchi muskul,
14- anal teshik, 15 - vistscral- pariyetal gangliy,
16 - jabralar,
17 -jinsiy bez teshigi, 18-o'rta iehak, 19-jinsiy bez, 20 - pedal gamiliy.
Dengizda yashovchi ikki pallalilar ko`pincha ayrim jinsli bo`lib, erkin yashovchi troxoforasimon lichinka hosil etib ko`payadi. Keyinchalik troxofora – veliger lichinkaga aylangach, uning ikki yon tomonida ikki pallali kichik yupqa chig`anoq hosil bo`ladi. So`ngra veliger biror narsaga yopishib, asta-sekin voyaga yetadi. Mazkur hodisa, ya`ni ayrim o`troq ikki pallali mollyuskalarda harakatchan traxofora va veliger lichinkaning bo`lishi bu hayvonlar avlodlarining turli dengiz va okeanlarga tarqalishini muvofiqlashtiriladi. Aslida dengizlardan tarqalib, hozirgi paytda katta suv omborlarida ko`p tarqalgan dreysena nihoyatda ko`plab ko`payuvchi ikki pallalilardan bo`lib, hozirgi paytda suv inshootlariga zarar yetkazadi. Ikki pallalilar (xususan dengizda yashovchi sadafdorlar) katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Baqachanoqning gloxidiy lichinkasi
1- chig’anoq pallalari,
2 - chig'anoq lishchatari,
3 - chig‘anoqni yopuvchi nsuskullar,
4 - sczgir tukchalar.
2. Oddiy sadafdor (anadonta) shimoliy yarim sharning sekin oqar daryolari, ba`zi sayoz ko`llarida suv tubida, qum yoki balchiqqa yarim botib, kam harakat holda yashaydi. U O`zbekistonda Sirdaryo yoki Sirdaryoning o`rta o`zanidagi ba`zi sayoz ko`llar yoki sekin oqar chuchuk – zakan (tashlama kollekor va katta zovurlar) da uchraydi. Sadafdor – ancha yirik ikki pallali. Uning tuxumsimon yassi cho`ziq tanasi 15-20 sm kattalikda. Chig`anog`ining bosh tomoni to`mtoqroq, dum tomoni esa suyrilashgan. Harakatdagi tirik sadafdorning oldingi bosh tomoni – chig`anoq pallalarining qorin tomonida qizg`ish ponasimon muskulli oyog`ining uchi ko`rinib turadi. U mazkur oyoq vositasida qum-balchiq yorib, juda sekin harakat qiladi. Oziq va kislorod yetarli hollarda esa uzoq vaqt harakatsiz qolishi mumkin. Chig`anoqlarning dum tomonida mantiya o`simtalaridan hosil bo`lgan ikkita naycha – sifonlar ko`zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |