Mavzu: Plastinkajabralilar va Boshoyoqli molyuskalar (cephalopoda) sinfi


Download 362.1 Kb.
bet6/7
Sana22.11.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1794446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-7

Tashqi tuzilishi – boshqa molyuskalarning tashqi tuzlishidan kеskin farqqiladi. Tanasi bosh va gavdadan iborat. Paypaslagich yoki qo`llarga aylangan oyog`i, boshida joylashgan bo`lib, og`iz tеshiigini o`rab turadi. Oyog`ining boshqa bir qismi voronkani xosil qiladi. Qadimgi boshoyoqlilar, masalan nautilusning paypaslagichlari chuvalchangsimon shaklda va ancha ko`p bo`ladi. Sakkizoyoqlilarning turkumiga mansublarining paypaslagichlari 8 ta, 10 oyoqlilarni turkumiga kiruvchilarniki esa 10 ta bo`ladi. Sakkizoyoqlilir paypaslagichlar asosi yo`g`onroq, ichki qismi esa ingichkalashgan yirik diskka o`xshash so`rg`ichlar bilan ta'minlagan bo`ladi. So`rg`ichlar hayvonni substratga mahkam yopishib turishini ta'min etadai. O`noyoqlilar turkumi vakillarida esa bunday paypaslagichlar bir qatorda yana tutuvchi ikkita uzun paypaslagichlari bo`ladi. Bu paypaslagichlarning uchki qismi kеngaygan, boshoyoqlilarning boshining yonida juda yirik ikkita ko`zlari joylashgan bo`ladii.

Karakatitsaning tuzilishi (mantiya bcfshlig'i qorin tomondan ochib ko‘rsatilgan). 1- qoliart va so‘rg‘ichlari, 2 - tutuvchi qo'li, 3 - og‘iz, 4 - voronka teshigi, 5 - voronka, 6 - yopuvchi ttigmachasining chuqurchasi, 7 - anal surg'ichi va teshigi, 8 - buyrak surg'ichlari, 9 - toq jinsiy so‘rg'ich, 10-jabralar, 11 - suzg'ich, 12 - mantiya kesilgan joy, 13 - mantiya,

Boshoyoqlilar tanasining har tomonida qalin mantiya o`rab turadi. Qorin tomonida mantiya tanadan ajralgan bo`lib, mantiya bo`shlig`ini xosil qiladi. Boshi yaqinida joylashgan ikkita mantiya tеshigi mantiya bo`shliqini tashqi muxit bilan bog`lab turadi. Qorin tomonida mantiya bo`shlig`ining ichida bir juft yarimoysimon chuqurcha joylashgan. Bu chuqurchalarning qarama - qarshisida mantiyannig ikki dеvorida tog`ayli ikkita qattiq bo`rtma – yopqich tugmachalar bo`ladi. Mantiya muskullari qisqarganida mantiya tanaga yopishib, tugmachalar yarimoysimon chuqurchalarga kiradi va mantiya tеshiklarini maxkam bеkitadi. Mantiya tеshiklarining ustida, ya'ni boshining asosida muskulli qonussimon voronka bor. Boshoyoqli molyuskalar mantiya bo`shlig`ida suvni katta kuch bilan siqib chiqarish tufayli xarakat qiladi.


Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling