Mavzu: Plastinkajabralilar va Boshoyoqli molyuskalar (cephalopoda) sinfi


Nautilusning tuzilishi (chig‘anog‘i ochib ko'rsatilgan)


Download 362.1 Kb.
bet4/7
Sana22.11.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1794446
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-7

Nautilusning tuzilishi (chig‘anog‘i ochib ko'rsatilgan).


1 - bosh yopinchig'i,
2 - paypaslagich,
3- voronka,
4 - ko‘z,
5 - mantiya,
6 - ichki xalta,
7 -kameralar,
8 -kameralar oralig‘i to` siq
9 - sifon,
10 - cbig'anoq devori

Chig`anoq pallalari yelka tomonidan hosil bo`lgan maxsus naysimon – qayishqoq organik modda megamentlar orqali bir-biri bilan mahkam tutashgan. Pallalarning oldingi (“bosh”) va orqa qismida ichki tomonidan joylashgan kuchli yopqich muskullar – ularning yopilishiga xizmat qiladi. Mazkur muskullar bo`shashgan (cho`zilgan) vaqtdagina chig`anoqlar ochilishi va oyoq harakatlanishi mumkin. Chig`anoq pallalari uning ichki qismiga tutashgan katta-oldingi va orqa yopqich muskullar orqali yopiladi. Qorin tomonida katta muskulli ponasimon oyoq, mantiya pardasi bilan tanasining oralig`ida (har ikki tomonda ikkitadan) jabralar joylashgan. Mantiya bo’shlig’ining oldingi (ust) tomonida og’iz teshigi, uning yon tomonlarida esa 2 juft og’iz oldi o’simtalar (“paypaslagichlar”) joylashgan. Kirish sifonidan o’tgan suv bilan kirgan oziq zarralarini mazkur paypaslagichlar ushlab qolib og’izga o’tkazadi.

Qon aylanish sistemasi - yelka tomondagi ikkilamchi tana bo’shlig’i, yurak oldi bo’shlig’idagi yurak va to’qimalar hamda jabralar joylashgan qon tomirlardan tashkil topgan. Jabralarda oksidlangan qon 2 ta yurak bo’lmalariga quyilib, undan yurak qorinchasiga o’tadi va tomir orqali to’qimalaga tarqaladi. Yurak oldi qismiga ochilgan 1 ta buyrak naychasining yo’li mantiya bo’shlig’iga ochiladi. U mazkur bo’shliqdan siydik ajratib chiqaradi. Ayrim jinsli. Jinsiy organlar (urug’don yoki tuxumdoni) uzum boshga o’xshab tuzilgan 1 juft organlar bo’lib, bular ichak qatlamlarining oraliq qismida joylashgan. Bularning 1 juft yo’llari mantiya bo’shlig’iga ochilgan.

Tinch okean kalmari Ommastrephes sioanei.



Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling