Mavzu: qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar
Dt «Pul mablag’lari» 1000000 Kt
Download 101.67 Kb.
|
Kurs ishi mavzu qisqa va
Dt «Pul mablag’lari» 1000000
Kt «Тo’lanadigan obligatsiyalar (uzoq muddatli)» 1000000 Birinchi yarim yillik bo’yicha foizlarning hisoblanishi: Foiz summasi q Obligatsiyaning nominal qiymati Foiz stavkasi Harakat muddati 1000000 0.12 1G’2 yilda q 60000 so’m
Agar obligatsiyalarning bozor va belgilangan foiz stavkalari teng bo’lsa, unda obligatsiyalar nominal qiymati bo’yicha sotiladi. Bu holatda foizlar to’lovi shu muddat ichida tavakkalchiligi yuqori bo’lgan obligatsiyalarning bozor foiz stavkasinikiga teng bo’lgan miqdorda daromad keltiradi. Biroq, ko’pincha bozor va belgilangan foiz stavkalari teng qiymatli bo’lmaydi. Bozor stavkasi va obliga-tsiyalarning emissiya qiymatidagi o’zgarishlar o’zaro bog’liq. Agar bozor stavkasi (12%) belgilangan stavkadan (10%) ortiq bo’lsa, unda investorga bozor stavkasiga teng bo’lgan daromad keltirishi uchun obligatsiya emissiyasining bahosi nominal qiymatidan oshmasligi kerak. Investorlar 10 % daromad keltiruvchi obligatsiya uchun nominal qiymatda haq to’lashni xohlamaydilar, chunki xuddi shunday boshqa qarz qog’ozlari 12% daromad keltiradi. Agar bozor foiz stavkasi belgilangan stavkadan ortiq bo’lsa, obligatsiyalar chegirma bilan (nominal qiymatidan past bahoda) sotiladi.
Demak, kompaniya xaridorga bozor stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda daro-mad keltirishini ta’minlash uchun obligatsiyalarni chegirma bilan sotadi. Chegirma summasini topish uchun pulning vaqtdagi qiymatini aniqlash jadvallaridan foydalanamiz. Obligatsiya bo’yicha asosiy qarzning joriy qiymati 1000000 x (PV 10%, 5) = 1000000 x 0,62092=620920 Obligatsiya bo’yicha to’lovlarning joriy qiymati 1000000 x (0,09)(PVA 10 %, 5) = 1000000 x (0,09)(3,79079)= 341171 Obligatsiya bo’yicha qarzning bozor bahosi 962091 Obligatsiya qiymatidan chegirma (1000000 – 962091) 37909 Obligatsiyalarni chegirma bilan sotilishining aks ettirilishi: Download 101.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling