Mavzu: qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar
Dt «Kafolatli xizmat bo’yicha zahira» 50000 Kt
Download 101.67 Kb.
|
Kurs ishi mavzu qisqa va
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari.
Dt «Kafolatli xizmat bo’yicha zahira» 50000
Kt «Тovarlar» 50000 Hisobdor shaxslarga qarzdorlik bo’yicha hisob-kitoblar Bunday qarzdorlik korxona tomonidan xodimlarga ma’muriy-xo’jalik xiz-mat safarlari uchun berilgan bo’nak summalari bilan haqiqiy sarflangan xarajat-larso’mmalari o’rtasida yuzaga kelgan farq natijasida kelib chiqadi. Bo’nak puli olmay turib, xodimlar tomonidan tegishli maqsadlarda mablag’lar sarflanishi natijasida ham qarzdorlik paydo bo’lishi mumkin. Hisobdor shaxslar belgilangan muddatda haqiqiy sarflangan summalar yuzasidan hisobot berishlari kerak. Ular o’z hisobotlariga sarflangan summalarni isbotlovchi hujjatlarni ilova kilish-lari lozim. Haqikatda sarflangan summa hisobot uchun berilgan bo’nak summasidan oshsa korxonani hisobot beruvchi shaxslar oldida qarzdorligi yuzaga keladi va ushbu ortiqcha summa «Hisobdor shaxslar oldidagi qarzdorlik» deb nomlangan hisobvaraqning kredit tomonida qayd qilinadi. 11-misol. «XYZ» kompaniyasi bosh muhandisi ishlab chiqarish maqsadlarida Тoshkent shahriga xizmat safariga borib kelish uchun kassadan 35000 so’m bo’nak oldi. Хizmat safari tugagach, bosh muhandis tegishli hujjatlar bilan 50000 so’mlik xarajatni o’z ichiga olgan hisobotni topshirdi. Kompaniya rahbari ushbu hara-jatlarni to’lig’icha qoplab berishga rozilik bildirib hisobotni imzoladi. Bu xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Хodimga bo’nak summasi berilganda Dt «Хizmat safari bo’yicha berilgan bo’naklar» 35000 Kt «Kassa» 35000
Хodim tomonidan topshirilgan hisobot inobatga olinganda Dt «Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari» 50000 Kt «Хizmat safari bo’yicha berilgan bo’naklar» 35000 Kt «Hisobdor shaxslar oldidagi qarzdorlik» 15000 5.Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari. Тo’lanish muddati bir yil yoki bir operatsion tsikldan ko’p bo’lgan majbu-riyatlar uzoq muddatli majburiyatlar sifatida tan olinadi. Ularning tarkibi xuddi joriy majburiyatlarnikiga o’xshash bo’ladi. Lekin bunday majburiyatlarni hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Bu xususiyatlarni ko’rib chiqish-ni uzoq muddatli majburiyatlar tarkibida alohida o’rin tutuvchi «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar» bilan bog’liq muomalalardan boshlaymiz. Bular mahalliy va xorijiy hamkorlardan nasiyaga olingan asosiy vo-sita, xom ashyo va materiallar, foydalanilgan xizmatlar natijasida yuzaga kelgan va to’lanish muddati bir yil yoki bir operatsion tsikldan ortiq bo’lgan majburiyatlardir. 12-misol. «XYZ» kompaniyasi 3 yil ichida bir xil qismlarda to’lab berish sharti bilan xorijiy hamkoridan 750000 so’mlik xom ashyo sotib oldi. Shunga ko’ra bu majburiyatning hisobot yiliga tegishli qismi joriy majburiyatlar, qolgan yillarga tegishli qismi esa uzoq muddatli majburiyatlar tarkibida hisobga oli-nadi. Download 101.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling