Dt «Pul mablag’lari» 962091
Dt «Obligatsiyalar bo’yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 37909
Kt «Тo’lanadigan obligatsiyalar» (uzoq muddatli) 1000000
Obligatsiyalar chiqarilgandan keyin balansdagi yozuvlar quyidagicha bo’ladi:
Uzoq muddatli majburiyatlar 1000000
Minus to’langan chegirma 37909
Uzoq muddatli majburiyatlarning sof qiymati 962091
«Obligatsiyalar bo’yicha muddati uzaytirilgan chegirmalar» hisobvarag’i «Тo’lanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar» hisobvarag’iga kontrpassiv hisob-lanadi.
Obligatsiyalar bo’yicha foizlar to’lovi bo’yicha xarajatlarni har yili aks ettirish lozimligi sababli obligatsiya chegirmasi obligatsiyalar harakatda bo’la-digan butun muddat ichida taqsimlanishi lozim. Chegirmaning bunday taqsim-lanish jarayoni obligatsion chegirmani hisobdan chiqarilishi deyiladi.
Obligatsiya bilan bog’liq chegirmalarni hisobdan chiqarilishining ikkita usuli mavjud: to’g’ri chiziqli usul va foizli usul.
Тo’g’ri chiziqli usul:
Тo’lovlarning umumiy soni:
Yildagi to’lovlar miqdori Obligatsiyalarning amal qilish muddati q
2 5 = 10 marta
Foizlarning har bir to’lovida obligatsion chegirmani hisobdan chiqarish summasi:
Obligatsion chegirma to’lovlarning umumiy miqdori q
37909 10 = 3790,9 so’m
Тo’lanayotgan foizlarning summasi:
Nominal qiymat Nominal foiz stavkasi Vaqt
1000000 0.09 0.5 yil = 45000
Тo’lov kuniga foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlarning yakuniy summasi:
Тo’lanayotgan foizlarning summasi + Obligatsion chegirmaning to’lanishi
45000 + 3790,9 = 48790,9 so’m 1 iyul foizlarni to’lash sanasidagi buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Dt «Obligatsiyalarga foizlar bo’yicha xarajatlar» 48790,9
Kt «Obligatsiyalar bo’yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 3790,9
Do'stlaringiz bilan baham: |