Mavzu: sssrda harbiy razvedka tizimi
Download 0.62 Mb.
|
Qamchinbekov Asadbek.
1965 yilda Polyakov SSSRning Birmadagi (hozirgi Myanma) elchixonasiga harbiy attashe sifatida yuboriladi va bu yerda GRU rezidensiyasi rahbari sifatida ish boshlaydi. U FQB agenti Jon Mori orqali amerikaliklarga Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi GRU agentlari tarmog‘i, barcha noqonuniy muhojirlarning ismlari va familiyalari, bu yerdagi KGB zobitlari haqidagi qimmatli ma'lumotlarni yetkazdi. Polyakov tomonidan uzatilgan materiallar oqimi shunchalik katta ediki, MRB hatto ularni qayta ishlash uchun maxsus bo‘lim ham yaratadi. MRB ham agent «Burbon»ning muhim ahamiyat kasb etishini tushungan holda uni muntazam ravishda maxfiy ma'lumotlar bilan ta'minlab turadi. Xususan, Polyakov GRUga xabar yetkazib turishi uchun amerikalik soxta diplomatlar ham yaratiladi. Polyakovning GRUdagi karerasi qanchalik tez rivojlansa, u Amerikaga shunchalik ko‘p foyda keltira boshlaydi. Polyakovning ishi muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun «keraksiz» amerikalik agentlar qurbon qilinadi. Ba'zi manbalarga ko‘ra, bu xizmatlari uchun u AQShdan «atigi» 100 ming dollar pul olgan va ularni KGBdagi rahbarlariga sovg‘a-salom olishga sarflaganBirmadagi faoliyati unga Moskvada yaxshigina shuhrat keltirdi va 1969 yil avgustda Moskvaga qaytgach, XXRda razvedka ishlarini tashkil etish va noqonuniy muhojirlarni ushbu mamlakatga o‘tkazish uchun tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yo‘nalish boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Keyinroq esa bu yo‘nalishning rahbari bo‘lgan. Bu lavozimda u juda qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ladi: SSSR va Xitoy tashqi ishlar vazirliklarining uchrashuvlari haqidagi bayonnomalarni o‘rganib chiqib, haqiqatan ham ikki davlatning harbiy va iqtisodiy munosabatlari keskinlasha boshlagani haqidagi eng qimmatli ma'lumotlarni MRBga yuboradi. Bu ma'lumotlar esa Qo‘shma Shtatlarga katta diplomatik o‘yin boshlash va 1972 yilda Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilash tomon qadam tashlashga imkon beradi.Polyakov 1973 yilda Hindistonga rezident sifatida yuboriladi, 1974 yilda unga general-mayor unvoni berilgan. 1976 yil oktabr oyida u Moskvaga qaytib, harbiy-diplomatik akademiyaga rahbar etib tayinlanadi. U akademiya bitiruvchilarining shaxsiy fayllaridan nusxa ko‘chiradi va suratlar bilan amerikaliklarga yuboradi. Shu tariqa, Polyakov SSSR harbiy razvedkasining bo‘lajak xodimlari haqida ular hali ishga kirishmasidan oldin Markaziy razvedka boshqarmasiga yetkazadi. Keyinchalik ko‘plab rus nashrlarida aynan shu ishi «eng jirkanchi» sifatida tavsiflangan. 1979 yil dekabr oyi o‘rtalarida u yana Hindistonga, SSSR elchixonasidagi harbiy attashe lavozimini egallash uchun jo‘nab ketadi, ammo 1980 yilda sog‘lig‘idagi muammolar sabab nafaqaga chiqib, GRUning kadrlar bo‘limida shartnoma asosida ishlay boshlaydi va 6 yil davomida sovet razvedkasining mingdan ortiq xodimi ism-familiyalari, manzillari, parollar, qanday ish bo‘yicha qayerga jo‘natilgani yozilgan shaxsiy ishlaridan ko‘chirmalarni MRBga yetkazib beradi.Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling