Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni


Download 0.85 Mb.
bet4/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1368519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI

Reyting nazorat tizimi asosida sinov, talab va me’yorlarini bajarish. Nazariy bilim bo‘yicha, dastur hajmida amaliy mashg‘ulot bo‘yicha: asosiy o‘yin usullari-to‘pni uzatish, qabul qilib olish, to‘pni to‘g‘ridan o‘yinga kiritishni, to‘g‘ridan hujumkorlik zarbasi bajarish. Tennis o‘yin qoidasiga amal qilingan holda ikki tomonlama o‘quv o‘yinini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish. hakamlik musobaqasi bo‘yicha birinchi va ikkinchi hakamlik vazifalarini bajarish. O‘quv amaliyoti bo‘yicha-dastur hajmida o‘yin texnikasi bo‘yicha quyidagi talab va me’yorlarni bajarish: joy (zona) larga bir martadan aniq, hohlagan usul bilan tыpni to‘rdan oshirib o‘yinga kiritish. Urinish soni hisobga olinadi: 3-urinish uchun «a’lo», 2-urinish «yaxshi», 1-urinish «qoniqarli». Devor yonida turib 10 marta undan qaytgan to‘pni qabul qilib olish 10 urinish «a’lo», 7 «yaxshi», 5 «qoniqarli», hujumkorlik zarbasi (maydonning o‘ng va chap yarim qismiga ikki urinishdan); 4
«a’lo», 3 «yaxshi», 1 «qoniqarli».

1.2. Stol tennisi o‘yini qoidalari.


Stol, to‘r (setka), kaptok (sharik) haqida ma’lumot
Ko‘pchilik mutaxasislar tennis stolining yashil rangini boshqa ranglarga nisbatan qulay deb hisoblashadi. Haqiqatdan ham yashil rang ko‘z uchun ham yaxshi, hamda yashil stol fonida oq, sariq rangli sharlar aniq ajralib ko‘rinadi. Zallarda o‘yin maydoni uchun kamida har bir stol uchun bo‘yi 14 m, eni 7 m li joy ajratilish kerak. Har bir o‘yin maydonlarini 0,75 m lik to‘q yashil qoplamali barerlar bilan o‘rab qo‘uyilishi shart. O‘yin maydoni qattiq, tekis va sirpanmaydigan qoplamali bo‘lishi lozim. Stollarni shunday joylashtirish lozimki, yorug‘lik o‘yinchining ko‘ziga ta’sir qilmasligi kerak. Stolning qimirlamay turishi muhum ahamiyatga ega. Stolning to‘g‘ri burchakli uzunligi
274 sm, eni 152,5 sm, balandligi 76,4 sm, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun esa balandlik 60-70 sm bo‘lishi mumkin. Stolning yuza qismi gorizantal joylashib, ravon tekis va 30 sm balandlikdan tushgan to‘p 23 sm gacha sakrashi kerak. Stolning chetlariga 2 sm qalinlikda chiziq tortib, o‘rtasida paralel yon chiziqlar bir xil oraliq masofada 0,3 sm li o‘rta chiziq tortiladi. Hamma chiziqlar oq rangda bo‘lishi kerak.
Qulay bo‘lishi uchun stol yig‘iladigan bo‘lishi, stolning koptogi setka liniyasidan ikkita teng bo‘lingan bo‘lishi kerak. Setka paralel iplar yordamida stolning qisqa tomonlariga tarang tortilada. O‘yin jamlamasiga (komplektiga) tur, ip ushlab turuvchi tirgaklar, raketka va sharlar kiradi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling