Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni


Download 0.85 Mb.
bet1/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1368519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI

MAVZU: STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI


MUNDARIA:


KIRISH........................................................................................................................3
I BOB. STOL TENNISI O’YININING KELIB CHIQISHINING NAZARIY ASOSLARI..................................................................................................................5

    1. Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi...........................5

    2. Stol tennisi o‘yini qoidalari........................................................................11

II BOB. STOL TENNISI O‘YININI TEXNIKASI VA TAKTIKASINING TASNIFI...................................................................................................................19


    1. Stol tennis o’yini texnikasi.........................................................................19

    2. Stol tennis o’yini taktikasi..........................................................................24

XULOSA....................................................................................................................28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................29


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport. Sportni rivojlantirish davlat hujjatlari. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi. O‘zbek sportining yutuqlari. Stol tennis o‘yini. Stol tennis o‘yinining rivojlanish tarixi. O‘zbekistonda stol tennis o‘yini texnikasi va taktikasi. Stol tennis o‘yini texnikasi va taktikasi. Stol tennis o‘yini texnikasi harakatlanish va to‘pni boshqarish texnikasi, harakatlar bilan to‘pni boshqarishni uzviy bog‘liqligi to‘pni boshqarishda oyoq va qo‘l harakatlarida gavdani to‘g‘ri tutish. Tennis o‘yini taktikasi, to‘psiz va to‘p bilan harakatlanish himoya va hujum vaqtida joyni to‘g‘ri tanlash va almashtirish, yakka va guruh bo‘lib. Birinchi manbalar ya’ni adabiyotlar bilan ishlash: darsning qisqacha bayonini yozish, jismoniy tarbiya darslarida, sport to‘garaklarida, musobaqalarni ayrim mavzularini yozib olish, umumlashtirish ya’ni jamlash olingan ma’lumotlarni to‘plash, tahlil etish va hakozo. Muhokama etish, hujjatlarni o‘rgatish va o‘tkazish usularini o‘rgatish.Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019- yil 13-fevralda tasdiqlangan 2019- 2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5368-son Farmoni.1 Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish aholini barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘loqonli va samarali foydalanishni taminlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida ustuvor yo‘nalish va vazifa etib belgilandi.Sport bayramlari, musobaqalar va jismoniy mashg‘ulotlarning darsdan tashqari formalari uchun salomatlikni mustahkamlash, ish qobiliyatini saqlab qolish va yuksaltirish, badanni chiniqtirish va davolash, jismoniy hamda iroda sifatlarini tarbiyalash, shuningdek ma’lum harakatlarga o‘rgatish maqsadidagi faoliyatni mustaqil ravishda tashkil etish xarakterlidir.
Hozirgi kun sportchilarini tayyorlash sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish – jismoniy tayyorgarligi, tanlangan sport turi bo’yicha texnik va taktik tayyorgarliklarini hamda ularga oid nazariy bilimlarining darajasini to’xtovsiz kengaytirish, ma’naviyati, ruhiy sifatlarini tarbiyalashni doimiy nazoratda tutish talabini qo’yadi. Sportchini faqat yuqori natijaga har qanaday yo’l bilan erishishga undash, tayyorlashning oqibati salbiy xotima bilan tugashi o’zining isbotiga ega.
Shug’ullanuvchining umumiy va maxsus tayyorgarligi keng ko’lamli pedagogik jarayonni o’zida mujassamlashtiradi. Sport trenirovkasining mazmuniga shunday yo’nalish berish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari talablariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo’lmasada shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi samarali vositalardan biridir. 2

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling