Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni


Download 0.85 Mb.
bet6/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1368519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI

RAKETKALAR HAQIDA.


Raketkani ushlashning ikki usuli bor. Yevropacha (gorizontal) va Osiyocha (vertikal yoki pero) usulida ushlash.

Ko‘rsatkich barmoqning raketkaning o‘yin yuzasida joylashuviga qarab bir necha ushlash usullari bor.



Qattiq (mahkam) ushlash: barmoqlar raketka ushlagichini o‘rab olib, bosh barmoq o‘yin yuzasini ushlab turadi, ko‘rsatgich barmoq yon qismiga tegib, turadi.
Yumshoq (sekin) ushlash: bu usul ko‘p tarqalgan, barmoqlar raketka qo‘lini o‘rab olib ko‘rsatgich barmoq erkin holda yuza qismida.
Gorizontal ushlashning ustunligi shundaki, u o‘yinda chapdan va o‘ngdan qimirlamasdan turib o‘ynash mumkin, hujumkor va himoyaviy zarbalar berish mumkin. Lekin gorizontal ushlash usulida zarba berish vaqtida texnik usullarni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Keyingi vaqtda Uzok Sharq mamlakatlarida, Osiyoliklar
“pero” usulida ushlashadigan bo‘lishdi.“Pero” usulida ushlashning ikki varianti
Bu usu l ham ikki variantda: bosh va ko‘rsatkich bormoqlarning joylashuviga qarab farqlanadi. 8-9-10-11-12-rasmlar





Uzingazga ma’qul ushlash turini tezroq egallash uchun tinimsiz mashq qilish kerak. Masalan, to‘pni devordan qaytarish, raketkani bir oldi, bir orqa tomoni bilan qaytarish, o‘rtog‘ingiz bian raketkada voleybol o‘ynash kerak. Raketka har xil kattalikda, shaklda, og‘irlikda bo‘lishi mumkin. Ammo uning asosiy qismi taxtadan, tekis, qattiq va har xil qalinlikda bo‘lishi umkin. Raketkalar shakliga qarab doiraviy va oval shaklda bo‘ladi



Yevropalik o‘yinchilar oval shakldagi raketkalarni afzal ko‘rishsa, xitoyliklarga aylana shakldagisi, yaponlarga esa-to‘rtburchak shakldagisi yoqadi. Raketkalarning ushlagichlarining diametri va uzunligi qoidalarda cheklanmagan. Ushlagichning shakli va hajmi katta ahamiyatga ega. Har bir o‘yinchi o‘ziga mos raketkadan foydalanishi lozim, chunki hammaning qo‘li, kafti, barmoqlari har xil. Raketkalarga yopishtirilgan rezina qoplamalar ikkala tomonidan ham bir xil qoplanishi lozim, u o‘yin yuzasini to‘liq egallashi kerak. Rezina qoplamalarining maksimal qalinligi 2,5 mm qavariq va bo‘rtik qoplamalar 4 mm. Qoida bo‘yicha bo‘rtiklar soni 1 sm 2 da 10- 50 tagacha bo‘ladi. Raketkaning yon tomonidan qoplamalar qavati aniq ko‘rinishi kerak. Qoplamalar tomonidan ikki xil rangda bo‘lishi kerak. Agar o‘yinchi raketkaning faqat bir tomoni bilan o‘ynasa, ikkinchi tomoni ajralib turuvchi to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ishlatilmaydigan zarba bersa ochko yo‘qotiladi. Qoplamalar ko‘p o‘ynalgandan keyin yaroqsiz holga kelib qoladi. Yaroqsiz holga kelgaidan keyin yangisiga o‘zgartiriladi. Hozirgi kunda asosan Yevropa mamlakatlarida zamonaviy stol tennisi o‘yini bilan qanday mashg‘ulotlar olib borishni ko‘rib chiqamiz




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling