Stol tennisi mutaxassislarini fikricha sharning aylanib uchishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan yagona sport turi. Aylanishning yon, yuqori, quyi turlari mavjud. Tajribada aralash aylanish ko‘p uchraydi. Tajribali o‘yinchilar sharga aylanish bilan birga kuch ham berishadi.Sportchilar bu usuldan qanchalik mohirona foydalansa shunchalik uning o‘yini xilma-xillikni tashkil kiladi. Aylanib kelgan shar raqibni shoshirib qo‘yadi, aniq zarba berishni qiyinlashtiradi raqibning taktik niyatlarini
chippakka chiqaradi Aylanib uchib kelgan sharni olish uchun tinimsiz mashq qilish, qyinda esa diqqat bilan raketkadagi zarbani sezish kerak. Aylanish darajasini sharning yo‘nalishiga qarab belgilanadi
Chapdan nakat Ungdan nakat
Ungdan kesish Chapdan kesish
Uzatishlar (padachi)
Uzatish-bu raketka yordamida to‘pni o‘yinga kiritish demakdir. Uzatish vaqtida raketka tutgan qo‘l va shar ushlagan qo‘l stol yuzasidan balandda bo‘lishi kerak, uzatuvchi sharni aylantirmasdan yuqoriga otishi kerak. Sharni o‘yinga kiritishda sharni kaftning o‘rtasiga qo‘yib gavda bilan yashirmasdan, sharni aylantirmasdan yuqoriga otib qo‘lni tezlik bilan olib sharni o‘yinga kiritish kerak Zarbadan so‘ng shar uzatuvchi tomonidagi stol yuzasidan sakrab, tur ustidan uchib o‘tib, raqib tomoniga tushishi kerak. S h a r g a z a r b a berish. Zarba uch fazadan iborat: qo‘l siltash, zarba berish va uni tugatish (zarbani).
Tajribali o‘yinchilar uzatishning har bir usulida har xil holatda turishadi. Sharni yuqoridan aylantirib uzatganda o‘yinchi o‘yinni boshlamoqchi bo‘lgan stol burchagiga yaqinroq turadi. Raqibni chalg‘itish uchun boshqa pozitsiyadan turib ham uzatish mumkin. Yuqoridan berilgan zarbalar dioganalligi uzoq burchakka jo‘natiladi, Ushbu vaziyatda sharning aylanishi va tezligi yuqori bo‘lib uni qabul qilish qiyin bo‘ladi. Yuqori malakali (professional) o‘yinchilar kuniga 40-60 minut uzatish usullari ustida ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |