Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni
Download 0.85 Mb.
|
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyachiga qarshi hujumchining o‘yini
Yakka o‘yinlarHimoyachi o‘yinchining hujumchiga qarshi o‘yini. Himoyada o‘ynovchining maqsadi shoshilmasdan hujum qilish sharni to‘g‘riga uzatish, qiyin sharni qarshi tomon stol burchagiga yoki o‘rtasiga tashlab hujumni yakunlashdir. Ko‘pincha uzatishni (padachi) har xil chalg‘ituvchi usullar qo‘llab qo‘lda raketkani almashtirib harakat bajarib, qisqa uzatish (padachi) lar berib, kuchli yon tomonlama sharni aylantirib yuborib padachi berib o‘ynash kerak. Himoyachi doim raqibining kuchli zarbalarini qaytarishga shay turishi, to‘satdan kutilmaganda qarshi (kontr) zarbalar qilishi, ochiq burchakka tashlab qo‘yishi mumkin. Hujumchini stol atrofida keskin harakatlantirib turib, ochilgan burchakka sharni tez tashlab qo‘yish kerak. Bunnng uchun sharni burchakka qirqib tashlash lozim bo‘ladi. Tajribali o‘yinchi “podrezka” kesish usuli bilan stolning hohlagan joyiga tashlashi mumkin. Himoyachiga qarshi hujumchining o‘yini. Hujumchi o‘yinchi hal qiluvchi zarbaga suyanib o‘ynaydi lekin kuchli zarba berishdan oldin unga yaxshi tayyorlanish kerak. Zarbaga tayyorlanib hisobga ahamiyat bermagan holda, uni qurqmasdan bajarish kerak. Himoyachi bo‘lgan o‘yinchini yutush uchun xujumchi reja asosida o‘ynashi lozim. Zarbi kuchsiz bo‘lgan nakatlar bajarib sharni stolning bo‘sh joylariga himoyachining ochiq kolayotgan burchaklariga yo‘naltirib uni to‘pni berishga majburlash va qulay vaziyatda zarba berish kerak. Himoyada o‘ynagan tennischi o‘ziga to‘g‘ri kelgan sharni yaxshi ololmaydi, burchaglarga qiyshaytirib to‘p tashlab so‘ngra markazga uzoqdan zarba berish mumkin. Agar raqib sekin o‘ynasa unga qisqa uzatish (padachi) lar berish kerak, «top spin» usulini qo‘llab o‘ynashi mumkin. Raqib sizning sharlaringizni mahorat bilan qaytarayversa uni stolga yaqinroq o‘ynashga majbur qilib, keyin birdaniga keskin zarba berib raqib qulay pozitsiyasini tashlab ketishga majbur bo‘lsin. Bir qisqa, bir uzun padachi berib uni holdan toydirish mumkin, burchaklarga tez- tez almashtirib shar tashlab, keyin qulay vaziyatda o‘rtaga zarba berib ochko olishga harakat qiling. Hujumchining padachilari qisqa bo‘lishi lozim va birdaniga hujum qilib turishi kerak, agar raqib stolga yaqin kelib qolsa tezda to‘pni chapga uzun uzatish mumkin, so‘ngra «top spin» usulini qo‘llang. O‘ngdan qiypshq zarba o‘ng burchakka tashlansa, raqib o‘ngga o‘tib o‘ynaydi, ikkinchi marta berilgan zarba chapga berilsa raqibni noqulay vaziyatga tushishga majbur qiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling