Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni


Download 0.85 Mb.
bet12/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1368519
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI

Hujumchining hujumchiga qarshi o‘yini. Ushbu holatlarda ustunlika erishish g‘alabani ta’minlovchi ahamiyat kasb etadi. O‘yinchi zarba berishdan oldin ustuvorlikni, ildamlikni egallashga harakat qilish kerak. Bir xilda zarba berib o‘ynovchi raqiblar tempni egallashi kerak, uzatish va olish usullarini almashtirib turish lozim. Tez berilgan «nakat» larni yuqoridan aylantirib uzatishni kuchaytirib zarbalar bermoq lozim. Raqib «podrezka» bersa, «top spin» beriladi.

  • Juftlik o‘yinlari. Ushbu o‘yinda g‘alaba, umumiy o‘yin uslubidan tashqari maydonda texnik harakatlanishni sherigingizdan a’lo darajada bajarishingizga bog‘lig‘. O‘yin yutugg‘i o‘yinchilar tanlashga va ularni tajribasiga bog‘liq. Ularni tanlashda ularning birgalikda o‘yin olib borish usuli va yaxshi harakatlana olshga e’tibor berish kerak. Sheriklar hujum qilish va kontrataka qilishni yaxshi bilishlari kerak. Agar ikkalasi ham o‘ng tomondan zarba berishga o‘rgangan bo‘lsa yaxshi o‘yin chiqmaydi. Sheriklardan biri chap qo‘l bilan yaxshi o‘ynay olsa, bu juftlikni kuchaytiradi. O‘yin vaqtida sharni stolning shunday joylariga zarba berib turish lozimki, raqiblar bir birlariga xalaqit berib qolishsin. Buning uchun sharni har xil burchaklarga tashlash kerak natijada raqiblar ikkala tomonga ajralib qoladi, bunday vaqtlarda sharni markazga tezda aniq va qattiq urish lozim. O‘yin vaqtida bir necha marta taktikani-almashtirib turish kerak.

    O‘yin taktikasiga quyidagilar kiradi:- bir yo‘nalishda takroriy zarbalar, bular raqibni bir burchakda ikkalasini ham birga bo‘lishga majbur qiladi va boshqa burchak ochiq qolib ketadi.

    • Shar uzatilgan yoki qaytarilgan joyga yana sharni qayta uzatsa, raqiblar joylarini almashtira olmay qolishadi va natijada raqiblarni bir joyda chalg‘itib ushlab turish mumkin.

    • O‘yin vaqtida bir biringizga xatosi uchun tanbeh bermaslik.

    • O‘yin mobaynida qilingan xatolarni o‘yindan so‘ng tahlil qilish va uni yana takrorlamaslik choralarini izlash kerak.


    Download 0.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling