Mavzu: stol tennisning rivojlanishi va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni
Download 0.85 Mb.
|
STOL TENNISNING RIVOJLANISHI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN O’RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ynashni o‘rganamiz
- O‘yin taktikasi
Yuqori aylanishli zarba (nakat)- sharning yuqori qismiga pastdan yuqoriga qarab uriladi. To‘p uchish yo‘nalish bo‘yicha aylanadi
“Top spin” zarbasi -(o‘ta tez aylanuvchi shar) yoki «Tokioning shayton to‘pi» ham deb ataladi. Bu zarba to‘pga 20-30 sm qolganda zamax berib juda tez raketkani pastdan yuqoriga siltash Smesh zarbasi-shar juda yuqoriga ko‘tarilib ketgan vaqtda, shar o‘yinchining ko‘zlarining to‘g‘risiga kelgan vaqtda yuqoridan pastga qarab qattiq uriladi. O‘ynashni o‘rganamizO‘yin qoidalarini o‘rganib olganingizdan keyin raketkani ushlash, tik turish (stoyka) larda harakatlanishlarni mashq qilamiz. Sharni otib ilib olish. Bir necha bor takrorlangandan keyin 2-3 ta shar bilan almashtirib (janglirovat) olamiz. Raketka bilan to‘pni tashlash, avval turgan joyda, keyin harakatlanib turib. Zarbalarni (podrezka, nakat va x.k) imitatsiya kilish. Sakrab otilib harakatlanishlar. Texnik usullarni talchok usulida zarbadan boshlash kerak. Harakatni avvaliga sharsiz o‘ynab so‘ng sherik bilan shar tashlab mashq qilinadi. Qadam tashlab harakatlanib o‘yinni o‘rganib bo‘lib, yon, chap va o‘ng tomondan zarba berish usullari, sharni aylantirib tashlash usullarini mashq qilamiz. O‘yin taktikasiTexnik va taktik tayyorgarlik bir biri bilan mahkam bog‘langan. O‘yin texnik usullarining hammasini bilsagina kerakli vaziyatda kerak bo‘lgan o‘yin taktikasini to‘g‘ri aniqlay oladi. Zamonavny o‘yin taktikasi tez sur’atda o‘yin olib borishdan iboratdir. O‘yinda ustunlikni zgallab olish va raqibdan ustuvor o‘ynash o‘yinning asosiy maqsadlaridan biridir. Ammo yuqori o‘yin sur’ati, o‘yin tezligi ko‘pincha aniq zarbalar bilan birga qo‘llanilishi lozim. Bu qiyin, lekin shunga intilish zarur. O‘yin mobaynida suratni (temp) almashtirib turish ham muhimdir. Asosiy taktik harakatlar umumiy taktik rejani belgilaydi. Taktik reja bilan o‘ynovchi tennischining harakatlari ko‘proq maqsadga intiluvchi va tartibli bo‘ladi. Albatta, notanish raqib bilan uchrashganda oldindan qaysi taktikani qo‘llab o‘ynashni bilish qiyin, lekin raqib bilan ilgari uchrashgan bo‘lsa, albatta uning o‘yin taktikasini mukammal o‘rganish zarur. Har bir o‘yindan oldin tennischi o‘z oldiga aniq bir taktik reja (plan) tuzib olish kerak. Bu vaziyatda unga bo‘lajak raqibini oldindan kuzatish, uning kuchi va salbiy bo‘sh tomonlarini o‘rganish yordam beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling