Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja
Download 81.74 Kb.
|
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- DESMURGIYA (transport immobilizatsiyaning asoslari va prinsiplari) Desmurgiya
Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja: Demurgiya, transport immobilizatsiyasining asoslari va prinsiplari. Bintli bog’lamlarning turlari. DESMURGIYA (transport immobilizatsiyaning asoslari va prinsiplari) Desmurgiya (yunoncha desmos – bog‘lam, bog‘lanish, ergon – ish, faoliyat) – jarohatlarni bog‘lashda qo‘llaniladigan qoidalar to‘g‘risidagi ta’limot. Gippokrat yashagan miloddan avvalgi IV–V asrlarda ham har xil tuzlar, vinolar va malhamlar bilan yaralarni bog‘lash usullari qo‘llanilgan. IX–XI asrlardagi arab manbalarida ham gipslash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bor. Ularda yozilishicha, oyoq-qo‘llar singanda gips bo‘tqasiga botirib gipslangan. Antiseptika tatbiq etilgungacha bo‘lgan davrda yaraga lattadan titib olingan iplardan bog‘lam qo‘yilib, u ip-gazlama material yordamida bog‘lab qo‘yilgan. Dokali bintlarning paydo bo‘lishi bilan desmurgiya sohasida katta olg‘a siljish (progress) bo‘lgan. Jarohatga yoki tananing qaysidir qismiga uni davolash maqsadida qo‘yiladigan narsalarning barchasi «bog‘ich» termini hisoblanadi. Bog‘ichni jarohatda ushlab turish va uni mahkamlash bog‘lash deyiladi. Boshqacha aytganda, bog‘lash bog‘ichni mahkamlashdir. Bog‘lov materiallarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi: Tibbiy doka (tela medicinalis) – oqartirilgan, yog‘sizlantirilgan paxtadan qilingan gazmol. Dokadan bintlar, individual paketlar, sharchalar, tamponlar, salfetkalar va boshqalar tayyorlanadi. Bintlarning uzunligi 5 m dan 7 m gacha, kengligi 3 sm dan 16 sm gacha bo‘ladi. Aseptik bog‘lovlarning yaralarga va kuygan yuzalarga ishlatiladigan turlari farqlanadi. Sanoatda bog‘lovlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: 1) katta aseptik bog‘lov. U 65x43 sm li o‘lchamga ega bo‘lib, momiqdokali yostiqcha. Unga mahkamlovchi tasmalar taqilgan bo‘ladi; 2) kichik aseptik bog‘lov. 56x29 sm li o‘lchamga ega bo‘lgan momiqdokali yostiqcha va 0,14x7 sm li doka bintdan iborat bo‘ladi; 3) momiq-dokali yostiqchalar. Ikki xilda ishlab chiqariladi: kattasi 32x29 sm li paketchasida 5 donadan, kichigi 17,5x16 sm paketchasida 10 donadan bo‘ladi. Bu yostiqchalarda bir qavat momiq ikki qavat doka orasiga solingan bo‘ladi. Bu yostiqchalar jarohatlarni va kuygan yuzalarni yopish uchun ishlatilishi mumkin; 4) steril dokali salfetkalar. Bevosita jarohat yuzasiga qo‘yish uchun ishlatiladi. Ikki xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Kattasi 70x68 sm li paketda 10 tadan, kichkinasi 16x14 sm li paketda 20 tadan bo‘ladi. Dokali salfetkalardan tashqari, travmatik kuygan yuzalarni bog‘lashga mo‘ljallangan viskoza to‘qimali salfetkalar ham ishlab chiqariladi; 5) ro‘molli bog‘lov, to‘g‘ri burchakli teng yonli uchburchak, o‘lchami 140x150 sm. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling