Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja
Download 81.74 Kb.
|
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.
Shinalarni qo‘yish qoidalari
1. Jarohatlangan sohaga qo‘shimcha ikki bo‘g‘imni (yuqorigi va pastki) qo‘shib ishonchli immobilizatsiya qilish, son va yelka singanda esa uchta bo‘g‘im harakatsizlantiriladi. 2. Jarohatlangan sohaga to‘g‘ri fiziologik holat berish. 3. Yopiq sinishlarda ushbu sohani o‘z o‘qi bo‘ylab biroz cho‘zib harakatsizlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 4. Ochiq sinishlarda jarohatdan chiqib turgan suyak bo‘lakchalarini olib tashlash yoki joyiga qaytarib to‘g‘rilash man etiladi. 5. Jarohatlangan shaxsning ustki va oyoq kiyimlarini yechish unga qo‘shimcha tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun, ayniqsa ochiq sinishlarda yechintirish maqsadga muvofiq emas. 6. Ochiq sinishlarda immobilizatsiya qilishdan oldin jarohatga aseptic bog‘lam qo‘yiladi, ushbu soha jarohatdan oldin qanday holatda turgan bo‘lsa, xuddi shunday holatda harakatsizlantiriladi, bunda yordamchi ko‘maklashadi. 7. Zarurati bo‘lmagan hollarda rezina jgut ishlatmaslik lozim. 8. Shinalarni yalang‘och tanaga qo‘yish man etiladi. Shinaga oldindan mato o‘raladi yoki kiyim ustidan qo‘yiladi. Shina qirg‘oqlari terini shikastlamasligi kerak. 9. Bo‘g‘imlar jarohatlanganda sohani cho‘zib harakatsiz-lantirish maqsadga muvofiq emas. 10. Shifoxonaga olib borish vaqtida jarohatlanganni zambilga o‘tkazishda shikastlangan sohani avaylab amalga oshirish kerak. 11. Shina jarohatlangan sohaga bint bilan mahkam o‘ralgan bo‘lishi lozim. Kramer shinasini qo‘l va oyoqlarga qo‘yish uch bosqichdan iborat. 1-bosqich – tana qismining shakliga shinani moslashtirish. 2-bosqich – shinaning ichki tomonini paxta bilan yopib, bint yordamida mahkamlash. 3-bosqich – shinani joylashtirish va umumiy qabul qilingan bog‘lash usuli yordamida mahkamlash. Diterixs shinasini qo‘yish 7 bosqichdan iborat: 1) shinaning panja ostki qismi oyoq panjasi ostiga «sakkizsimon» bog‘lam ko‘rinishida bintlar yordamida mahkamlanadi; 2) tashqi qismi (uzun qismi) qo‘ltiq ostidan panja ostki qismining metall quloqchasi orqali o‘tkazilib, undan 8–10 sm ortiqcha uzunlikda qo‘yiladi; 3) ichki qismi chot sohasidan panja ostki qismining metall quloqchasi orqali o‘tkazilgan holatda qo‘yiladi; 4) boldir sohasining osilib qolmasligi uchun, qo‘shimcha ravishda Kramer shinasidan foydalanish tavsiya etiladi; 5) suyaklarga tegib turgan joylarga paxtadan yoki porolondan qistirgichlar qo‘yiladi. 6) sirkular yo‘nalishda bint yordamida shina boldir, son, qorin va ko‘krak qafasiga mahkamlanadi; 7) tayoqchali buragich yordamida cho‘zish amalga oshiriladi. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling