Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja


Download 81.74 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1540534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.

BOG’LAMLARNING TURLARI

Bog‘lamlarni mahkamlashning juda ko‘p usullari mavjud.


1. Qimirlamaydigan bog‘lam – shikastlangan sohaning hara-katsizligi va tinchligini ta’minlab berishi kerak.
2. Cho‘zuvchi bog‘lam – shikastlangan sohaning cho‘zilishini ta’minlab berishi lozim.
3. Bosuvchi bog‘lam – tananing nosog‘ qismini bir tekisda bosib turadigan bog‘lam.
4. Antiseptik bog‘lam – o‘zidagi moddalari bilan bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
5. Himoya qiluvchi bog‘lam – jarohatning granulyatsiyalanish davrida qo‘llanilib, nozik granulyatsiya to‘qimasini qurib qolishdan va jarohatlanishdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
6. Okkulyuzion bog‘lam – jarohatga havo kirishiga to‘sqinlik qiladigan bog‘lam. U ochiq pnevmotoraksda qo‘llaniladi.


Yumshoq va qattiq bog‘lamlar

Yumshoq bog‘lamlarga yelimli, ro‘molli, sopqonsimon, bintli bog‘lamlar kiradi. Qattiq bog‘lamlarga shinali va gipsli bog‘lamlar kiradi.


Yelimli bog‘lamlar. Bog‘lamlarni teriga yopishtirish uchun kleol,
kolloidli, yopishqoq plastirdan foydalaniladi. Ustun tomonlariga quyidagilar kiradi: bog‘lam qo‘yishning oddiyligi, terini qitiqlamasligi sababli uni qayta-qayta ishlatish mumkin. Kamchilliklari: terining tukli joylarida ishlatib bo‘lmaydi, qo‘llansa, teridan ko‘chib ketadi.
Ro‘molli bog‘lamlar qo‘llanilishi jihatidan eng oddiy bog‘lam turidir. Bu bog‘lam turi qo‘lning turli shikastlanishlarida (panja, bilak va yelka jarohatlarida) uni harakatsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ro‘mol paxtali matodan qilingan uch burchak material bo‘lib, uning uzunroq tomoni – asosi, qarshisidagi burchagi – cho‘qqi, 2 ta burchagi – oxiri hisoblanadi. Ro‘molcha yordamida barmoqlarga, qo‘l va yelkalarga, sut beziga, yelka, tos-son bo‘g‘imiga, bosh va tovonlarga turli xil bog‘lamlarni qo‘yish mumkin (1-rasm).



1-rasm.

Agar qo‘lga ro‘molli bog‘lam qo‘yilsa, tirsak bo‘g‘imi 900 ga bukiladi. Ro‘molni jarohatlangan qo‘lning orqasiga shunday joylashtirish kerakki, uning asosi gavdaning o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri kelsin, cho‘qqisi esa jarohatlangan qo‘lning tirsagi tomon yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bunda ro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning bilagida yotsa, ikkinchi uchi tana bo‘ylab pastga osilib turadi. Pastga osilib turgan ro‘molning uchini ko‘tarib sog‘lom yelka orqali bo‘yining orqa tomoniga o‘tkaziladi va boshqa uchi bilan tugib bog‘lab qo‘yiladi. Ro‘molning cho‘qqisi uning oldingi qismiga ilgak tugma bilan mahkamlanadi.


Ro‘molli bog‘lamning boshqa varianti ham bor: ro‘mol shikastlangan qo‘lning orqasidan emas, oldidan o‘tkaziladi. Ro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning oldidan o‘tib bilakni o‘raydi va bo‘yinga ko‘tariladi, ikkinchi uchi sog‘lom qo‘lning qo‘ltiq ostidan o‘tib, orqadagi birinchi uchi bilan tutashadi. Ikkala uchi shikastlangan qo‘lning yelka ustida tugib mahkamlanadi. Cho‘qqisi ilgak tugma bilan mahkamlanadi. Bunday bog‘lam qo‘llanganda ro‘mol qo‘lni tanaga mahkam va zich fiksatsiyalaydi, qo‘lning tinch holatiga yaxshiroq erishiladi.
Kichik jarohat bog‘lamlarida ro‘molni galstuk ko‘rinishida buklash
kerak. Qo‘lni osiltirib, ro‘molning ikki uchi katta bog‘lam kabi tugib qo‘yiladi.
Tovondagi ro‘molli bog‘lam panja bog‘lamiga monand qo‘yiladi. Ro‘molning o‘rtasi oyoq ostiga qo‘yilib, cho‘qqisi barmoqlar orqasiga o‘tkaziladi, uchlari to‘piq yuqorisidan bog‘lanadi, cho‘qqisi bog‘langan uchlarning ostiga olib kelib qistiriladi. Boshga qo‘yishda ro‘molning asosi ensa tomonga yo‘naltirilib, cho‘qqisi peshonaga tushiriladi (yuzga ham), har uchala uchi peshonada bog‘lanib, cho‘qqisi qayirib bog‘langan uchlar tagiga qistirib mahkamlanadi.
Sopqonsimon bog‘lam – bunday bog‘lamlar asosan burun, dahan, ensa
va peshona sohasiga qo‘yiladi. Sopqonsimon bog‘lam deyilganda – o‘rtasi tutashgan va ikki tomoni uzunasiga kesilgan bint yoki boshqa matodan tayyorlangan bog‘lam tushuniladi. Ushbu bog‘lam qo‘yilganda, albatta, uning so‘ngi qismlari bir-biri bilan bog‘lanadi.
T-shaklidagi bog‘lamlar chot va orqa chiqarish teshigi sohasiga qo‘yiladi. U keng doka tasmadan tashkil topib, uning bir tomoniga gorizontal tasma (belbog‘) mahkamlanadi. Dokaning pastki uchi bir oz uzunlikda 2 ta tasmaga ajratib qirqiladi. Gorizontal tasma tana atrofida aylantirib bog‘lanadi, vertikal qismi orqa tomondan pastga tushirilib, chot qismidan o‘tib, qorinning oldingi tomonidan belbog‘ga bog‘lab qo‘yiladi.



Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling