Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja
Download 81.74 Kb.
|
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.
Bintli bog‘lamlarning turlari
Sirkular yoki aylanma bog‘lam shunday bog‘lamki, bunda bintning hamma aylanalari bir-birining ustiga tushadi va avvalgi aylanani to‘liq berkitadi. Bunday bog‘lamlar oyoq-qo‘llarga, peshona, bo‘yin va qoringa qo‘yiladi. Spiralsimon bog‘lam sirkular bog‘lamning bir ko‘rinishidir. Spiralsimon bog‘lamning 2 turi tafovutlanadi: yuqoriga ko‘tariluvchi, bunda bintlash pastdan yuqoriga va pastga tushadi; avvalgi aylanishning yarmini qoplab, yana yuqoridan pastga tushiriladi. O‘rmalovchi bog‘lam ham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib, unda bint aylanalari bir-biriga tegmaydi. Bunday bog‘lamlar jarohatga qo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida bintlashning boshlang‘ich davrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi. Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam degan nom uning shakli va bint yo‘llaridan olingan. U bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasiga bog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi. Boshoqsimon bog‘lam – sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri. Bintlar yo‘li boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi. Bunday bog‘lamlarni yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti sohalariga qo‘llash juda qulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum e’tirof etgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi, ya’ni quyidagi qoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yelkani soat mili yo‘nalishida, chap yelkani esa unga teskari yo‘nalishda bintlash kerak. Toshbaqasimon bog‘lam 2 xil bo‘ladi (2-rasm): qo‘shiluvchi va tarqaluvchi. Bu bog‘lamlar tirsak, tizza va boshqa bo‘g‘imlarni bog‘lash uchun tavsiya etiladi. 2-rasm. Tarqaluvchi bog‘lamlar quyidagi tarzda qo‘llaniladi. Birinchi aylanishi sirkular tarzda bo‘g‘imning o‘rtasidan o‘tadi. Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan birini berkitadi. Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki uchdan ikki qismini berkitadi. To‘rtinchi aylana ikkinchini, beshinchi aylana uchinchini takrorlaydi va h. k. Shunday qilib, toq sonli aylanalar toq aylanalarni, juft sonli aylanalar juft aylanalarni takrorlaydi, lekin toqlari undan pastda, juftlari avvalgisidan tobora yuqoriroqda joylashadi. Qo‘shiluvchi bog‘lam ham xuddi shu tartibda qo‘yiladi, lekin hamma narsa teskari tarzda bajariladi. Orqaga qaytadigan bog‘lamlar qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari (amputatsiyadan keyingi qolgan joy)ga, boshga va boshqa joylarga qo‘yiladi. Bunday bog‘lamlarni qo‘yish texnikasi quyidagicha: a) bir necha sirkular yo‘llar bilan bint mahkamlanadi; b) barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holda boshning (cho‘ltoqning) qarama-qarshi tomoniga olib boriladi, keyin sirkular aylanalar bilan bintning ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi; v) yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgi aylananing yarmini yoki uchdan ikki qismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘l ham sirkular aylana bilan mahkamlanadi. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling