Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja
Download 81.74 Kb.
|
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dezo bog‘lami
- Torakobraxial bog‘lam
Sut bezining bog‘lami
Bu bog‘lamdan sut bezining yallig‘lanishlarida, operatsiyadan so‘ng va boshqalarda uni ko‘tarib turish maqsadida foydalaniladi. Bintlash kasal sut bezidan boshlanadi. Birinchi yo‘l ko‘krak qafasining pastki qismidan sirkular ko‘rinishda 1–2 aylana mahkamlovchi bint o‘rami o‘tkaziladi. Ikkinchi yo‘l qo‘ltiqosti sohasidan tepaga qiyshaytirilib qarama-qarshi tomondagi yelka ustiga tortiladi. Bu yo‘llar ko‘krak bezi to‘liq berkilguncha almashib davom ettiriladi. Dezo bog‘lami Dezo bog‘lamini qo‘yishdan oldin qo‘ltiqosti chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi (5-rasm). Bilakni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak ostida bukib, qo‘l ko‘krakka olib kelinadi. Dezo bog‘lami 4 ta yo‘ldan tashkil topadi. Birinchi sirkular yo‘l bilan yelka ko‘krak qafasiga bintlanadi. Ikkinchi yo‘l sog‘lom qo‘ltiqosti chuqurchasidan shikastlangan tomondagi yelka ustiga yo‘naltiriladi, undan orqa tomonga o‘tkazilib pastga tushiriladi. Uchinchi yo‘l tirsak bo‘g‘imini aylanib o‘tib, bilakni ko‘tarib turadi, qiyshiq holda yuqoriga sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga ko‘tariladi, keyin ko‘krak qafasining orqa tekisligiga o‘tadi. To‘rtinchi yo‘l shikastlangan yelka ustiga yo‘naltirilib, undan tirsak bo‘g‘imiga, uni bilakning yuqori uchdan bir qismida aylanib o‘tib, ko‘krak qafasining orqa yuzasiga va sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga yo‘naltiriladi. Hamma 4 ta yo‘l to‘liq fiksatsiyani ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi. 5-rasm. Torakobraxial bog‘lam Bog‘lamning bu turi asosan yelka suyagining sinishlarida tavsiya etiladi. Bajarilish texnikasi bo‘yicha bu juda oddiy bog‘lam. Torakobraxial bog‘lamning 2 xil varianti bor. Birinchi variantda bintning ikki xil yo‘li bor. Birinchi yo‘l – yelkani ko‘krak qafasiga nisbatan ishonchli fiksatsiyalash uchun odatdagi bir necha aylanishli spiralsimon bog‘lash. Ikkinchi yo‘l birinchisining davomi bo‘lib, u kasal tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasidan orqaga o‘tib pastga tushadi, tirsakka uning orqasidan o‘tib, oldinga yo‘naltiriladi va bilaqdan bilak bo‘g‘imiga yaqin joydan o‘tib, sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasi orqali orqa tomonga o‘tadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar yelka va bilakning to‘liq immobilizatsiyasi ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi. Ikkinchi variantdagi birinchi yo‘l yuqoridagidek, ikkinchi yo‘l bilakni ko‘tarib turib, tepaga qarab qiyshiq tarzda sog‘lom yelka ustiga yo‘naladi. Bu bog‘lamlar o‘mrov, yelka, bilak suyaklarining sinishlarida, yelka va tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanishlarida immobilizasiya shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling