Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


 O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

4. O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo munosabatlarini 
erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi 
savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
O‘zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo 
aloqalariga ega. Tashqi savdo aylanmasi 1991-yildagi 2,1 rnlrd. dollardan 2021-
yilda 42,071 mlrd. dollarga yetdi, ya’ni 20,03 martaga oshdi. Ayni tashqi savdo 
balansida— 0,7 mlrd. dollarlik salbiy saldodan 8,8 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga 
erishildi. Bu esa iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 


22 
Tahlillar ko‘rsatishicha, 1990-2021-yillar davomida ekport va importni 
diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar 
natijasida mamlakatimiz eksportining tovar tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. 
Jumladan, mamlakat eksportining tarkibida paxta tolasi va energiya 
resurslarining ulushi 1990-yilda 59,7 %ga teng bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich 
2021-yilga kelib 7,7 %ga qadar qisqardi. Mashina va uskunalar, xizmatlar ulushi esa 
mos ravishda 1,7 % va 1,3 %dan 5,5 % va 16,2 %ga qadar oshdi (2.4.1-jadval)
3-jadval.
O‘zbekiston eksportining tovar tarkibi, jamiga nisbatan mln AQSH dollorida
8
1990-2021-yillarda respublikamiz importi tarkibida ham ijobiy siljishlar ro‘y 
berdi. Jumladan mamlakat imporiting tovar tarkibida mashina va asbob-
usunalarning ulushi 1990-yildagi 12,1 %dan 2021-yilda 33,5 %ga ortdi. Shu bilan 
birga bunday holat eksportimizning xomashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib 
turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib 
xizmat qiladi (2.4.2-jadval). 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling