Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro savdo, uning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Kurs ishi MAVZU: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar: TOSHKENT – 2023 1 Reja: 1. Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi. 2. Xalqaro savdoning yangi va o‘ta yangi nazariyalari. 3. Xalqaro savdoning turlari, rivojlanish bosqichlari va tartibga solish mexanizmi. 4. O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 2 KIRISH Xalqaro savdo-bu turli davlat-milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Xindiston asosan xalqaro savdoda ulushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma’lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish ta’lim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta’lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi(rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar 3.3 % mos ravishda). Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi.1980 va 2022- yillarda 3 rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish kuzatildi; Dunyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi; Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida osiyo mamlakatlari o‘suvchi rolni o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi, xuddi jahon ishlab chiqarish tezligi kabi va bu bildiradiki, xalqaro taklif zanjiri darajasi oshib bormoqda va qo‘shilgan qiymat juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling