10
Uchinchi bosqich. To‘yinish. Yangi tovarni ishlab chiqarish texnologiyasi
mukammal ko‘rinishga ketiriladi va tovarning narxini
pasaytirish maqsadida uni
ishlab chiqarishning bir qismi boshqa mamlakatlarga o‘tkaziladi. Arzonroq ishchi
kuchidan foydalanish hisobiga tovarning tannarxi pasayadi va korxona yuqori
daromad olishni davom ettiradi.
To‘rtinchi bosqich. Pasayish. Bu bosqichda tovarning narxi ko‘p jihatdan arzon
tabiiy resurslar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Shu sababli
nisbatan arzonroq mehnat resurslariga ega bo‘lgan mamlakat yangi tovarni
ishlab
chiqarish jarayonini to‘liq o‘z qo‘liga oladi va import qilishni boshlaydi.
Beshinchi bosqich. Ichki ishlab chiqarishdan voz kechish. Oldingi bosqichda
boshlangan jarayon rivojlanib boradi natijada taraqqiy
etgan mamlakatlardan
rivojlanayotgan mamlakatlarga uzatish to‘liq nihoyasiga yetkaziladi va taraqqiy
etgan mamlakatlar bu tovarni to‘liq xorijdan import qiladi.
Xalqaro savdo nazariyalariga bag‘ishlangan
ayrim nazariyalar klassik
maktabning xalqaro savdo konsepsiyasini to‘liq rad etishadi. Bu nazariyalar
tarkibidagi miqyos samarasi, tarmoq ichidagi savdo, monopol raqobat sharoitidagi
savdo kabi nazariyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Miqyos samarasi orqali ishlab
chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan, texnologik jihatdan
bir-biriga yaqin mamlakatlar o‘rtasidagi savdo tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: